Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.77K subscribers
9.64K photos
675 videos
138 files
2.95K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#ITSchool #Design #Contest

DIQQAT E'LON ‼️

🎨 Grafik dizayn yo'nalishi boʻyicha birinchi marotaba oʻtkazilayotgan "IT-School Design Contest" tanlovida ishtirok etishga taklif etamiz. 🎉

🔸Tanlovda faqatgina Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 9-10-11-sinf oʻquvchilari qatnashishi mumkin.

📌Tanlov shartlari:

1.Telegram bot orqali roʻyxatdan oʻting;
2.Mavzu va topshiriqni oling;
3.Oʻz ishingizni taqdim eting;

🔖Mavzu va topshiriq ro'yxatdan oʻtish boshlangan kundan 5 kun oʻtib eʼlon qilinadi. Vazifani topshirish uchun 72 soat vaqt beriladi. Tanlovning 1-bosqichi online tarzda oʻtkaziladi, final bosqichida esa oʻquvchilar topshirgan ishlari boʻyicha suhbatdan oʻtishadi.

📅 Roʻyxatdan oʻtish 15-fevraldan 20-fevralgacha davom etadi.

🎁 Shoshiling, qimmatbaho sovg'alar va IT-PARK kurslari vaucheriga ega bo'ling!

📌 Ro'yxatdan o'tish

--------------
IT-School Presidency
#ITSchool #Spelling_bee #Contest

DIQQAT E'LON⚡️

🐝Maktabimizda ilk marotaba tashkil qilinayotgan "Al-Khwarizmi Spelling Bee Contest"da ishtirok etishga taklif etamiz.🤩

🏢Tanlovda faqatgina Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 5-6-sinf o'quvchilarining qatnashish imkoniyatlari mavjud.

📈Spelling Bee Contest 1925-yildan beri Amerika maktablarida o'quvchilar o'rtasida o'tkazib kelinadi. Shuningdek, ushbu tanlov yosh ingliz tili o'rganuvchilarining xotirasini mustahkamlashda va ingliz tilidagi so'zlarni eslab qolishga yordam beradi.

Spelling Bee Contestda ishtirokchilardan ingliz tilidagi so'zlarning imlo jihatdan qanday yozilganini harfma-harf aytib berishlari so'raladi. Musobaqa ishtirokchilari lug'atlarda yozilgan so'zlarning imlosini yodlab olishlari va shunga mos ravishda aytib berishlari kerak.

📆 "Al-Khwarizmi Spelling Bee Contest" 24-fevral kuni 14:00 da maktab faollar zalida bo'lib o'tadi. Maktabimiz yosh o'quvchilariga omad tilab qolamiz.

⭕️

ВНИМАНИЕ ОБЪЯВЛЕНИЕ⚡️

🐝Приглашаем вас принять участие в «Al-Khwarizmi Spelling Bee Contest», организуемым впервые в нашей школе.🤩

🏢Участвовать в конкурсе могут только учащиеся 5-6 классов специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми.

📈Конкурс Spelling Bee проводится среди учащихся американских школ с 1925 года. Кроме того, эта викторина поможет юным изучающим английский язык укрепить свою память и запомнить английские слова.

В конкурсе Spelling Bee Contest участников просят произнести английские слова букву за буквой. Конкурсанты должны запомнить написание слов как это дано в словарях и произнести их грамматически правильно.

📆«Al-Khwarizmi Spelling Bee Contest» состоится 24 февраля в 14:00 в актовом зале. Желаем удачи юным ученикам и ученицам нашей школы.‌‌

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IT #School #Design #Contest

IT-SCHOOL DESIGN
CONTEST

🗿Antik davr va oʻrta asrlarda paydo boʻlgan grafik dizayn 19-asrda Gʻarbda alohida kasb sifatida paydo boʻldi va uning evolyutsiyasi 20-asrda tobora oʻsishiga imkon yaraldi. Bugungi kunda axborot almashinuvining jadal va ommaviy oʻsishini hisobga olgan holda, tajribali dizaynerlarga boʻlgan talab, ayniqsa, har qachongidan ham ortib bormoqda. Va bunga yangi texnologiyalarning rivojlanishi va ularni ishlab chiquvchi muhandislarning vakolatidan tashqari, inson omillariga eʼtibor berish zarurati sabab boʻlmoqda.

9-10-11-sinf oʻquvchilari o’rtasida ushbu yo'nalish boʻyicha ilk marotaba oʻtkazilayotgan "IT-School Design Contest" tanlovi bo’lib o’tdi.

Tanlovda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 9-10-11-sinf oʻquvchilari qatnashishdi.
Tanlov 2 bosqichda bo'lib,1-bosqich online tarzda oʻtkazilib, ishtirokchilarga vazifani bajarib topshirish uchun 72 soat vaqt ajratildi.
Final bosqichida esa oʻquvchilar topshirgan ishlari boʻyicha suhbatdan oʻtishdi.

Tanlov ishtirokchilarining ishlari ko’rib chiqilgach g'oliblar aniqlandi:
🥇-o'rin: Abdullayev Javohir
🥈-o'rin: Axmedov Asadbek
🥉-o'rin: Tursunov Abdurazzoq

🏆Tanlov g'oliblarini tabriklaymiz va kelajakda hayotning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalarini rivojlantirishga hissa qo'shadigan soha vakillari bo’lishini tilab qolamiz❗️

🟣🟣🟣

IT-SCHOOL DESIGN CONTEST

🗿Зародившись в античности и средневековье, графический дизайн стал отдельной профессией на Западе в 19 веке, и его эволюция продолжилась в 20 веке. Учитывая быстрый и массовый рост обмена информацией сегодня, спрос на опытных дизайнеров особенно высок, как никогда. И вызвано это развитием новых технологий и необходимостью уделять внимание человеческому фактору, помимо компетенции инженеров, которые их разрабатывают.

Среди учащихся 9-10-11 классов впервые провели "IT-School Design Contest".

В конкурсе приняли участие учащиеся 9-10-11 классов специализированной школы имени Мухаммада ал-Хоразми.
Соревнование состояло из 2-х этапов, 1-й этап проходил онлайн, на выполнение задания участникам отводилось 72 часа.
На заключительном этапе школьники рассказали об их портфолио.

После просмотра работ конкурсантов были определены победители:
🥇 место: Абдуллаев Жовохир
🥈 место: Ахмедов Асадбек
🥉 место: Турсунов Абдураззок

🏆Поздравляем победителей конкурса и желаем им и впредь быть представителями отрасли, вносящими вклад в развитие социально-экономической и культурной сфер жизни!❗️

✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#DT   #contest   #announcement   #awesome   #algorithm #developers   #team  

CONTEST #1

❗️❗️❗️ Barcha dasturlash sohasi qiziquvchilari ! Biz "Developers Team" tashkilotchilari ajoyib loyihalarni maktab bo'yicha tashkillashtrishni davom ettirgan holda DT Contest #1 o'tkazilishini e'lon qilamiz. 🚀🚀

👨‍💻 Siz innovatsiyalarga qiziqishi katta, texnologiyalar sohasida biron yangilik qilishni o'ylab yurgan va dasturlash sohasiga ilk qadamlarini qo'ygan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabining 7-8-9- sinf o'quvchi yoshlaridan birimisiz? Unda bu musobaqa siz uchun! 🤩🤩

🏆 DT Contest #1 - bu siz uchun haqiqiy muammolarning innovatsion yechimlarini ishlab chiqish orqali o'z mahoratingiz va ijodingizni namoyish etish, shuningdek, dasturlash sohasidagi shu kungacha o'rganib kelgan bilim va ko'nikmalaringizni tekshirishning ajoyib imkoniyati.🤩🤩

Bu bellashuv - contest 27-aprel, haftaning payshanba kuni, maktabning informatika xonalarida o'tkaziladi. Musobaqa davomida barcha qatnashuvchilardan 3 soat davomida 8 ta turli xil darajadagi (3 ta oson, 3 ta o'rtacha, va 2 ta qiyin) misollarni yechishlari talab etiladi.

❗️ Qanday ariza topshirish va contestning kichik talablari haqida batafsil ma'lumot olish uchun bizni kuzatib boring!🫥🫥

®️ "Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#developers #team #algorithms #DT #contest 

DT CONTEST AL-KHWARIZMI

📆1-may, haftaning dushanba kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda "Developers Team" tashkilotchilari tomonidan maktabning 7-8-9-sinf o'quvchilar uchun DT Contest #1 tashkil etildi.

🏆 DT Contest #1 -  bu yoshlar uchun haqiqiy muammolarning innovatsion yechimlarini ishlab chiqish orqali o'z mahoratlarini va ijodlarini namoyish etish, shuningdek, dasturlash sohasidagi shu kungacha o'rganib kelgan bilim va ko'nikmalarini tekshirishning ajoyib imkoniyati.🤩🤩

🧑‍💻 50 taga yaqin ishtirokchini qamrab olgan ushbu contest 3 soat davom etdi. Bu qizg'in va qiziqarli vaqt davomida o'quvchilar o'zlarining bor mahoratlarini, bilim va malakalarini namoyish etdilar.

🎁 Ushbu contestda yuqori o'rin olgan o'quvchilar maktab ustozlari va "Developers Team" tashkilotchilari tomonidan sertifikat hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi. Bundan tashqari  contest natijalariga ko'ra 7-8-9- sinf olimpiada guruhi uchun nomzodlar maktab informatika ustozlari tomonidan tanlab olinadi.

Sovg'alar quyidagi ko'rinishda o'z egalariga taqdim etiladi:
🥇-o'rin uchun: ajoyib sumka + 200,000 vaucher + sertifikat
🥈-o'rin uchun: klaviatura, mishka + 100,000 vaucher  + sertifikat
🥉-o'rin uchun: bluetooth naushnik + 100,000 vaucher + sertifikat

Shuningdek:
💻 "Eng yaxshi algoritm" nomzodi uchun: 200,000 so'm vaucher + sertifikat;
🖥 "Eng qisqa kod" nomzodi uchun: 200,000 so'm vaucher + sertifikat.

Contest natijasi va taqdirlash marosimi bugun soat 14:30 da maktabning kichik faollar zalida o'tkazildi.

®️ "Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#developers   #team   #algorithms   #DT   #contest 

DT CONTEST AL-KHWARIZMI

📣Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda "Developers Team" tashkilotchilari tomonidan maktabning 7-8-9-sinf o'quvchilar uchun tashkil etilgan DT Contest #1 ning taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

🧑‍💻 50 taga yaqin ishtirokchini qamrab olgani va 3 soat davom etgan ushbu contestda quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇-o'rin: Ozodbek Xaydaraliyev (7-sinf)
🥈-o'rin: Bilol Baxrillayev (9-sinf)
🥉-o'rin: Jafarbek Sayfiddinov(9-sinf)

Shuningdek:
💻 "Eng yaxshi algoritm" nomzodi: Oybek Ahmedov (8-sinf)
🖥 "Eng qisqa kod" nomzodi: Shahruza Ahmedova (7-sinf)

🎁 Va'da qilingan sovg'alar quyidagi ko'rinishda o'z egalariga taqdim etildi:
🥇-o'rin uchun: ajoyib sumka + 200,000 vaucher + sertifikat
🥈-o'rin uchun: klaviatura, mishka + 100,000 vaucher  + sertifikat
🥉-o'rin uchun: bluetooth naushnik + 100,000 vaucher + sertifikat

Shuningdek:
💻 "Eng yaxshi algoritm" nomzodi uchun: 200,000 so'm vaucher + sertifikat
🖥 "Eng qisqa kod" nomzodi uchun: 200,000 so'm vaucher + sertifikat

Bundan tashqari, "Developers Team" tashkilotchilari tomonidan har bir masalaning yechimi barcha algoritm ixlosmandlariga tushuntirilib berildi.

®️ "Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DG #Contest

XALQARO TANLOVLAR UCHUN ILK QADAM
👾Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 2023- yil 11-12-13 may kunlari "Raqamli avlod IT Festivali" bòlib òtdi. Ro'yxatdan o'tganlar o'z imkoniyatlarini qo'ldan boy bermagan holda g'oliblik uchun bellashishdi. Festival doirasida: DJ Contest, Robo Futbol, Robo Sumo
Robo Labirint Respublika tanlovlari o'tkazildi.
Shuningdek, AKTga qiziquvchi qizlar uchun xalqaro toifadagi spikerlar ishtirokida "Women Techmakers" seminar treninglari ham bo'lib o'tdi.

🏆Ushbu festivalda maktabimiz bilimdon o'quvchilari ishtirok etishdi va DG Contest musobaqasida 9-03 sinf o'quvchimiz Sunnatov Asilbek faxrli 🥇- o'rinni qo'lga kiritdi.

☄️Biz o'quvchimiz bilan faxrlanamiz hamda kelgusida yana yuqori natijalarni kutib qolamiz.
_

ПЕРВЫЙ ШАГ К МЕЖДУНАРОДНЫМ СОРЕВНОВАНИЯМ
👾11-12-13 мая в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми прошел «IT-фестиваль цифрового поколения». Участники всех направлений боролись за победу. В рамках фестиваля прошли Республиканские конкурсы по: DJ contest, Робо-футбол, Робо сумо, Робо Лабиринт. Также были проведены семинары-тренинги в рамках "Women Techmakers" для девушек, интересующихся IТ, с участием международных спикеров.

🏆В этом фестивале приняли участие ученицы и ученики нашей школы. В итоге, ученик 9-03 класса Суннатов Асилбек в направлении DG Contest занял почётное 🥇 место.

☄️Мы гордимся нашим учеником и надеемся на более высокие результаты в будущем.‌‌
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Japan #Digital #University #Contest #the #Ninja

DAVOMLI MUVAFFAQIYAT


💻 The Ninja IT Contest turniri O’zbekiston bo’yicha eng katta dasturlash musobaqalaridan biridir.

⌨️ Har yili 1 marta o’tkaziladigan ushbu musobaqa Respublikamizda informatika fani va dasturlash sohasiga qiziquvchi barcha maktab o’quvchilari uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi.

🏆 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda Innovatsion rivojlanish agentligi homiyligida tashkil etilgan The Ninja IT Contest turnirida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Asilbek Sunnatov ishtirok etib, 🥇-o'rin sohibi bo'ldi. Bilimlarini oshirish yo‘lida tinmay izlanayotgan, ilm yo'lidagi sinovlardan muvaffaqiyatli o'tib kelayotgan Asilbekni yana bir bor g‘alaba bilan muborakbod etamiz!

📌Ma’lumot uchun: Asilbek joriy yilning 7-13 yanvar kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida bo’lib o’tgan 20- Xalqaro Jautikov olimpiadasida informatika fanidan 🥇-oltin medalni qo‘lga kiritgan.
__________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#developers #team #programming #DT #contest #algorithm

🚀DT CONTEST #2🚀

📢Kutib oling, "Developers Team" tomonidan eng kutilgan yana bir tanlov - "DT CONTEST #2" o'tqazilishini e'lon qilamiz!

👨‍💻Siz dasturlashga qiziqishi katta va algoritmlar dunyosidan boxabar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabning 7-8-9-10-11-sinf o'quvchi yoshlaridanmisiz? Unda bu musobaqa aynan siz uchun!

🤖DT CONTEST #2 - haqiqiy muammolarga innovatsion yechim ishlab chiqish orqali kodlash mahoratlaringizni oshirish uchun imkoniyat. Tanlovda dasturlash bo'yicha bilimlaringizni bir-biridan qiziq topshiriqlar orqali sinashga taklif qilamiz!

Yaqinlashib kelayotgan tanlovda g‘alaba sari yo‘lingizni kodlashga tayyormisiz? Unda havola orqali hoziroq ro'yxatdan o'ting va "DT CONTEST #2" qatnashuvchilaridan biriga aylaning!

Ro'yxatdan o'tish uchun havola

🎁Eng yaxshi natija ko'rsatgan o'quvchilar maktab va jamoamiz tomonidan maxsus esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishadi.

📍4-qavat
🕔 1-mart 15:20


❗️Contestda informatika fan olimpiadasi ishtirokchilari qatnashishlari mumkin emas.

®️ "Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#contest #competitive #programming #algorithm

❗️DT CONTEST#2 QATNASHUVCHILARI DIQQATIGA❗️

Avval xabar berganimizdek, 1-mart kuni maktabimizda DT Contest#2 tashkil etilmoqda.

👨‍💻Musobaqa haqida batafsil ma'lumotlar:
▫️
Contest kep.uz platformasida bo'lib o'tadi;
▪️Savollar qiyinlik darajasiga ko'ra 4 ga bo'lingan bo'lib, jami 10 ta masaladan iborat;
▫️Barcha masalalarni yechish uchun 3 soat vaqt beriladi;

🎁 G'oliblar maktab ma'muriyati va tashkilotchilar tomonidan maxsus sovg'alar hamda informatika fanidan qo'shimcha ballar bilan taqdirlanishadi.

Hoziroq ushbu link orqali ro'yxatdan o'ting va google formda berilgan havola orqali yopiq guruhga qo'shiling!

Ro'yxatdan o'tish uchun oxirgi muddat: 29-fevral, 23:59

®️ "Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Contest #TATU #ITschool

📣Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda TATU hamkorligida olimpiada.

Olimpiada o’tkazish bosqichlari:
♠️  Saralash bosqichi (online);
🃏  Asosiy tur (offline).

Saralash bosqichini o’tkazish tartibi:
♠️robocontest.uz tizimida ro’yhatdan o’tish – 4-mart 19:00 ga qadar;
🃏  Online tarzda saralash bosqichini o’tkazish – 4-mart, soat 19:00 – 22:00 orasida.

Asosiy turni o’tkazish tartibi:
🌐 Offline tarzda robocontest.uz platformasida tashkiliy qo'mita belgilagan vaqtda o'tkaziladi.

📍O’tkazish joyi: Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab.
Taqdirlash:
🥇-o’rin,
🥈-o’rin,
🥉-o’rin.

Alohida nominatsiyalar bo’yicha esdalik sovg’alar beriladi:
🃏 Eng yosh dasturchi;
🃏 Eng sodda algoritm;
🃏 Eng murakkab dastur;
🃏 Eng tez coder;
🃏 Eng omadli dasturchi;
🃏 Dasturchi qiz.

Tezkor online ro'yxatdan o'tish👈
Batafsil:@tuituz_official
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#developers #team #algorithms #DT #contest 

DT CONTEST #2 NATIJALARI

🗓1-mart, haftaning juma kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda "Developers Team" tomonidan maktabning 6-7-8-9-10-11-sinf o'quvchilari uchun DT Contest #2 tashkil etildi.

🏆 DT Contest #2 - bu yoshlar uchun haqiqiy muammolarning innovatsion yechimlarini ishlab chiqish orqali o'z mahoratlarini va ijodlarini namoyish etish, shuningdek, dasturlash sohasidagi shu kungacha o'rganib kelgan bilim va ko'nikmalarini tekshirishning ajoyib imkoniyati.

💻Contesda 40 dan ortiq o'quvchilar faol qatnashib, 3 soat davomida dasturlashga oid qiziqarli masalalarni yechishdi va o'zlarining bor mahoratlarini, bilim va malakalarini namoyish etishdi.

📈📉 Ushbu tanlovning umumiy natijalari bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin!

G'oliblar:
🥇-Sardorbek Saidqosimov (9-03);
🥈-Diyorbek Sharofov (6-02);
🥉-Ravshan Rahmiddinov (8-sinf, Odil school).

🎁 DT Contest #2 g'oliblari maktab ma'muriyati va "Developers Team" tashkilotchilari tomonidan maxsus sertifikat va informatika fanidan qo'shimcha ballar bilan taqdirlanishadi.

🤫 G'oliblar sirli mehmon tomonidan taqdirlanadilar ❗️

🚀 Taqdirlash marosimi va sirli mehmonimiz haqidagi ma'lumotlarni bilish uchun bizni kuzatib boring!

®️ "Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DevUnity | al-Khwarizmi
#meeting #developer #IT #community #dev #contest

SHAVKAT KARIMOV BILAN OCHIQ SUHBAT

🎙Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda  jamoamiz tomonidan Microsoft qidiruv tizimini optimallashtirish bo'limining sobiq rahbari Shavkat Karimov bilan uchrashuv tashkil etilmoqda!

🧑‍💻Shavkat Karimov - O‘zbekiston IT hamjamiyati rahbari, investor, tadbirkor va top-menejer.
Shuningdek, Shavkat Karimov Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan O'zbekistonning Top-20 IT olami faollari ro'yxatiga kiritilgan.

Suhbat mavzusi: Chat GPT, Future of AI & Work and what it all means for you

📍Faollar zali
📆15-aprel, 14:30

Suhbatda maktabimizning 8-9-10-11-sinf o'quvchilari qatnashishlari mumkin.

🎉Bundan tashqari, uchrashuv so’ngida "DT Contest #2"ning yakuniy natijalari bo'yicha taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi.

Shoshiling, o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

"Developers Team" - Make it work, make it right, make it fast

⚡️Developers Team⚡️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#meeting #developer #IT #community #dev #contest
#Shavkat #Karimov #TOP

SHAVKAT KARIMOV BILAN UCHRASHUV


📆Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda kuni kecha O'zbekiston IT hamjamiyati rahbari, top-menejer va investor Shavkat Karimov bilan uchrashuv tashkil etildi.

🧠Uchrashuvda bo'lib o'tgan suhbat jarayonida sun'iy intellektning bugungi kundagi o'rni va ahamiyati , insoniyatga ijobiy va salbiy ta'siri kabi mavzularda muhokamalar olib borildi hamda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

🔝Uchrashuv davomida eng yaxshi deb topilgan savol egasi mehmon tomonidan munosib taqdirlandi. Bundan tashqari, uchrashuvda "DT Contest #2" yakuniy natijalariga ko'ra taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Uchrashuv yakunida esa Shavkat Karimov bilan kampus tur o'tkazildi.

🚀Biz o'quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mana shunday foydali uchrashuv hamda mazmunli suhbatlar bilan o'tkazayotganimizdan xursandmiz❗️

Uchrashuv haqida fikrlaringiz bilan bo'lishing👇
Yana kimlarni maktabga taklif qilishimizni xohlaysiz?
___________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mudofaa #Contest #Innovatsiya #gʻalaba

TABRIKLAYMIZ!


🇺🇿 Joriy yilning 2 – 4-may kunlari Toshken shahridagi G‘alaba bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy sohaga zamonaviy ilmiy-texnik innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni keng joriy qilish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali o‘tkazildi.

ℹ️Festival doirasida bo‘lib o‘tgan Sport dasturlash olimpiadasida respublikamizning barcha yo‘nalishdagi ta’lim muassasasi o‘quvchi yoshlaridan 50 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

🏆Ushbu olimpiadada ishtirok etgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi Sunnatov Asilbek faxrli 🥇-o‘rinni, Komilov Anasxon esa 🥉-o‘rinni egalladi.

🤩Ota-onasi va ustozlarini bunday yutuqlari bilan quvontirgan o‘quvchi yoshlarimizni tabriklaymiz hamda kelgusidagi o‘qish va ishlarida doimo omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Yutuqlar bardavom bo‘lsin⚠️
_____________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM