Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.83K subscribers
10.4K photos
731 videos
138 files
3.14K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#itschool #presidency #chess #tournament #final

🏫Muhammad al-Xorazmiy maktabining 5-8-sinf o'quvchilari uchun "Shaxmat" turniri tashkillashtirilgani haqida xabar bergan edik. 2023-yil 18-dekabr sanasida esa maktabimizning amfiteatrida turnirning FINAL o'yinlari bo'lib o'tadi.

6-01 sinf o'quvchisi Shermatov Abror
• 6-02 sinf
o'quvchisi Urolov Azizbek
• 6-02 sinf
o'quvchisi Bekmirzayev Elshod
• 7-01 sinf
o'quvchisi Toirov Nurmuhammad
• 8-01 sinf
o'quvchisi Mirpulatov Mirabror

8-02 sinf o'quvchisi Ilyosov Mirmahmud

Yuqorida sanab o'tilgan o'quvchilar haftaning dushanba kuni, soat 15:20 dan boshlab, turnirning final bosqichida ishtirok etishadi.

📢 Barchangizni "Shaxmat" turnirining final bosqichida kutib qolamiz!

IT-School Presidency
#itschool #presidency #new_year #party

"New Year Party"ga taklif etamiz!


🎄 Yangi yil tobora yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 8-9-10-11-sinf o'quvchilari uchun "New Year Party" bayram kechasi tashkillashtirilmoqda.

☃️Ushbu kecha sizga unutilmas xotiralarni baxsh etishi shubhasiz. Tadbir davomida do'stlaringiz bilan "New Year quest" kabi turli-tuman o'yinlarda ishtirok etishingizga va eng muhimi yangi yil shukuhini do’stlar davrasida betakror taassurotlar ila o’tkazishingizga aminmiz!

🎉Tadbir 26-dekabr sanasida, soat 14:00 dan 18:00 gacha bo'lib o'tadi.

🎁Eslatib o'tamiz, tadbirda faol ishtirok etgan o'quvchilar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadilar.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency

YANGI YILDA - YANGI LOYIHALAR

🖥 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Shakirova Sevara Bahodirovna, ixtisoslik fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari Fazliddin Ismoilov va IT-School Presidency jamoasi 15-yanvar sanasida "Yangi yilda - yangi loyihalar" shiori ostida jamoatchilik muhokamasi tashkil etildi.

🗣️ Suhbat davomida IT-School Presidency jamoa a'zolari tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan bir qator loyihalar bo'yicha hisobot topshirishdi, undan so'ng esa 2024-yilda yo'lga qo'yish rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishtirdi.🔗

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #EPAM #eKIDS

📣 Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda EPAM e-KIDS dasturining "Unity 3D: Visual Novels" yo'nalishi bo'yicha tashkillashtirilgan mahorat darslarida ishtirok eting!

🎨 EPAMning e-KIDS dasturi yordamida siz vizual hikoyalar va multimedia yaratishni o'rganasiz. Darslar jarayonida ustozlarimizga savollar berib, o'zingizni qiziqtirgan sohani tanlang: ssenariy yozish, musiqa kompozitsiyasi, animatsiya yoki grafik dizayn.

📆 Sana: 27-yanvar
Vaqti: 12:00 dan 13:00 gacha
📍 Manzil: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

🎯Vizual hikoyalar va multimedia yaratish dunyosiga sho'ng'ish uchun ushbu ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Hoziroq roʻyxatdan oʻting 👈 va EPAMning e-KIDS dasturi bilan yangi marralarni zabt eting!
-
📣 Announcement: Join EPAM's e-KIDS Program Intro Session on "Unity 3D: Visual Novels" at Al-Khwarizmi School!

🎨Calling all students! Explore visual storytelling and multimedia creation with EPAM's e-KIDS program. Join us for an informative intro session on "Unity 3D: Visual Novels" and find out more about the upcoming course, ask questions to our mentors, discover your area of interest: scriptwriting, music composition, animation, or graphic design.

📆 Date: January 27th
Time: 12:00 AM - 13:00 PM
📍 Venue: Al-Khwarizmi School

🧊Don't miss out on this incredible opportunity to dive into the world of visual storytelling and multimedia creation. Register now 👈 and unleash your creativity with EPAM's e-KIDS program!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #tashkent #ps #SU #meeting

TARAQQIYOT BIRLIKDA❗️

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Toshkent shahridagi Prezident maktabi bilan 20-yanvar sanasida o'zaro hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadida uchrashuv tashkil qildi.

🎓Uchrashuv davomida ikki maktab prezidenti va ularning jamoalari o'rtasidagi faoliyati bo'yicha rejalashtirilgan loyihalar to'g'risida suhbat olib borildi. Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad tomonlar o'rtasidagi do'stlik a'loqalarini mustahkamlash hamda kelgusida ko'plab loyihalarni birgalikda amalga oshirishdir.

📌Bugungi uchrashuv ijobiy o'zgarishlar va ijodiy barkamollik sari qo'yilgan qadamlardan biri ekanligiga umid qilamiz!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #EPAM #eKIDS

BIZ KUTGAN MAHORAT DARSLARI


📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda EPAM kompaniyasi bilan hamkorlikda EPAM E-KIDS dasturining “Unity 3D: Visual Novels” yo‘nalishi bo‘yicha tashkillashtirilgan mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

💻 Avvalo, mahorat darsi ishtirokchilariga Epam kompaniyasining tajribali mentorlari tomonidan loyiha haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng o‘quvchilar tanlagan sohalari bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar hamda vizual hikoyalar va multimedia yaratishni o‘rgandilar.

Ushbu loyiha 3 oy davom etib, o‘quvchilarga Unity dasturida VR uchun dastur tayyorlash o‘rgatiladi.

Aziz o‘quvchi yoshlar!
Agar ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmangan bo‘lsangiz, ushbu havola orqali hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.👈

Siz bilan birga ekanligimizdan xursandmiz, yangi marralarni birgalikda zabt etamiz❗️
________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #Quacquarelli_Symonds

Unlocking Global Opportunities: Pursuing Undergraduate Education Abroad

🧑‍🎓Quacquarelli Symonds xalqaro tashkiloti ko'magida "Unlocking Global Opportunities: Pursuing Undergraduate Education Abroad" ko'rgazmasi tashkil qilinmoqda.

🎙Ko'rgazmada Quacquarelli Symonds tashkiloti a'zolari Muhlisa Atakhodjaeva va Yevgeniya Zholdasbayevalar o'quvchilarga chet el universitetlari haqida eng muhim, kerakli ma`lumotlar berishadi.

📍Ko'rgazma joriy yilning 7-fevral sanasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Cyber xonasida, soat 12:00 da boshlanadi.

🎓Chet el universitetlarida ta'lim olishni istaydigan o'quvchilar, ushbu ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang! Ko'rgazmada ishtirok eting va o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob oling!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #EPAM #foto #lavha

☄️Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda EPAM e-KIDS dasturining "Unity 3D: Visual Novels" yo'nalishi bo'yicha tashkillashtirilgan mahorat-darslaridan foto-lavhalarni e'tiboringizga taqdim etamiz.

🎨Joriy yilning 3-fevral sanasida maktabimiz o'quvchilari uchun EPAM e-KIDS mentorlari "Unity 3d: VisualNovels" mahorat darslarini o'tib berishdi.

🗣️Mashg'ulot avvalida o'quvchilar vizual hikoyalar va multimedialar haqida ko'nikmalarga ega bo'lishdi. Undan so'ng guruhlarga bo'linib, jamoadoshlari bilan birgalikda o'zlarining ilk o'yinlarni yaratishga kirishishdi.

📌 Mashg'ulot qiziqarli, maroqli, eng muhimi, foydali bo'ldi, degan umiddamiz. Vizual hikoyalar va multimedia yaratish dunyosiga sho'ng'ish uchun EPAMning e-KIDS dasturiga qo'shiling❗️

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #Quacquarelli_Symonds

📒QS TASHKILOTI BILAN UCHRASHUV!

🧑‍🎓Quacquarelli Symonds xalqaro tashkiloti ko'magida "Unlocking Global Opportunities: Pursuing Undergraduate Education Abroad" ko'rgazmasi tashkil qilinib, unda QS tashkiloti a'zolari Muhlisa Atakhodjaeva va Yevgeniya Zholdasbayevalar o'quvchilarga chet el universitetlari haqida eng muhim, kerakli ma'lumotlar berishdi.

🚀 Uchrashuv davomida Shotlandiyaning Stirling Universitetidan tashrif buyurgan mehmoni bilan ochiq suhbat tashkil etildi.

⁉️ Muloqot so’ngida maktab o’quvchilarimiz o’zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ITSchool #ToshkentPM #Uchrashuv

⚽️DO'STONA UCHRASHUV!

🔥2024-yilning 28-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi.

❗️Uchrashuv juda qizg'in va murosalarga boy bo'ldi. Bunda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi terma jamoasi 11:1 hisobida g'alaba qozondi.

🏆Maktabi terma jamoamizga omad va bundan-da baland natijalarga erishishini tilab qolamiz. A’lo o’qishdan tashqari sport bilan oshnolik va sog’lom turmush tarziga rioya qilish mavaffaqiyat garovi ekanligi namoyon bo’ldi.
———————
IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Contest #TATU #ITschool

📣Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda TATU hamkorligida olimpiada.

Olimpiada o’tkazish bosqichlari:
♠️  Saralash bosqichi (online);
🃏  Asosiy tur (offline).

Saralash bosqichini o’tkazish tartibi:
♠️robocontest.uz tizimida ro’yhatdan o’tish – 4-mart 19:00 ga qadar;
🃏  Online tarzda saralash bosqichini o’tkazish – 4-mart, soat 19:00 – 22:00 orasida.

Asosiy turni o’tkazish tartibi:
🌐 Offline tarzda robocontest.uz platformasida tashkiliy qo'mita belgilagan vaqtda o'tkaziladi.

📍O’tkazish joyi: Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab.
Taqdirlash:
🥇-o’rin,
🥈-o’rin,
🥉-o’rin.

Alohida nominatsiyalar bo’yicha esdalik sovg’alar beriladi:
🃏 Eng yosh dasturchi;
🃏 Eng sodda algoritm;
🃏 Eng murakkab dastur;
🃏 Eng tez coder;
🃏 Eng omadli dasturchi;
🃏 Dasturchi qiz.

Tezkor online ro'yxatdan o'tish👈
Batafsil:@tuituz_official
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ITSchool #presidency #diplomacy #club

DIPLOMACY CLUB

📣 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Diplomatiya klubi” tashkil etilmoqda. Bu klubda qatnashgan holda siz omma oldida nutq so‘zlash qobiliyatingizni rivojlantirishingiz, siyosiy bilimlaringizni oshirishingiz mumkin bo‘ladi. Shuningdek, klubda boshqa ilg‘or davlatlarning tajribali ustozlari bilan zoom konferensiyalar va turli xil uchrashuvlarlar boʻlib oʻtadi.💥

🇺🇿🇷🇺 Bu klub boshqa davlatlar bilan hamkorlik asosida tashkil etilmoqda, shuning uchun eng faol qatnashib, eng yaxshi natija koʻrsatgan oʻquvchilarga yoz mavsumida Rossiyaning Kazan shahrida bo'lib o'tadigan oromgohga sayohat chiptasini qoʻlga kiritish imkoniyati beriladi!

📌Agar siz 12 yoshdan 17 yoshgacha bo'lsangiz va diplomatiyaga qiziqishingiz yuqori bo'lsa ro'yxatdan o'ting👈

Eslatib o'tamiz❗️ Joylar soni cheklangan, suhbatdan o'tgan eng kuchli 15 ta o'quvchi klubga qo'shilishi mumkin.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ITSchool #ITPU

IT PARK UNIVERSITETI BILAN TANISHUV


📣“IT Park Uzbekistan” bilan yaqindan tanishish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabdan 11-05-sinf o‘quvchilari O'zbekistondagi IT Park online Universitetiga tashrif buyurishdi.

❗️IT Park O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, so'nggi uch yil davomida IT Park startap ekotizimini rivojlantirish, mahalliy IT-kompaniyalarning o'sishi va ta'limga ulkan hissa qo'shib kelmoqda. Bu yuqori texnologiyalar va axborot texnologiyalari sohasining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

💻 IT Park universiteti – dunyodagi eng yirik IT-kompaniyalardan biri EPAM bilan hamkorlikda tashkil etilgan O‘zbekistondagi ilk onlayn universitetdir. Maktab bitiruvchilari universitetda yaratilgan sharoitlar ko‘ribgina qolmay, universitet ta’lim dasturi bilan ham tanishib o‘tdilar. 🔥

Maktab ma’muriyati tomonidan tashkil etilgan ekskursiya bitiruvchi o’quvchilarimiz uchun manfaatli bo’lishiga ishonamiz.
_________
✈️Telegram 📒Facebook 📷Instagram 🌐Web 📹Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#NYUAD #Abu #Dhabi #Uzbekistan #ITSchool

NYUAD UNIVERSITETI BILAN YAQINDAN TANISHUV


⚡️ 1-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda New York universiteti Abu Dhabi filliali qabul bo‘yicha direktori Valentina Lopez hamda New York universiteti qabul hay’ati O'rta Osiyodagi vakili Shakhrukh Makhkamdjanovlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

💬 Uchrashuv davomida mehmonlar NYUAD universitetiga hujjat topshirish jarayoni, universitet ichki hayoti va Abu Dhabi shahri haqida o’quvchilarimizga qimmatli ma’lumotlar ulashishdi.

🇺🇿🇦🇪 O‘quvchilar o’zlarini qiziqtirgan turli savollariga javob olishdi hamda uchrashuv so‘nggida NYUAD universiteti mutaxassislari uchun maktabimiz bo‘ylab sayohat tashkil etilib, mehmonlar maktabimizdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

📌Ma’lumot o‘rnida, Nyu-York universiteti Abu-Dabi (NYUAD) - Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan jahon darajasidagi universitet bo‘lib, ushbu universitet bakalavr, magistratura va professional dasturlar, shuningdek, tadqiqot imkoniyatlarini taklif etadi. Universitetda 115 dan ortiq mamlakatdan kelgan talabalar va 40 dan ortiq mamlakatdan kelgan o'qituvchilar bilan kuchli xalqaro e'tibor mavjud.

❗️NYUAD dunyodagi eng yaxshi 25 ta universitet orasida joylashgan va akademik mukammallik va innovatsion tadqiqotlar bilan mashhur. NYUAD to'rtta asosiy bo'limga bo'linadi: san'at va gumanitar fanlar, ijtimoiy fanlar, fanlar va muhandislik. Universitetda shuningdek, talabalarga eng yaxshi ta'limni taqdim etishga bag'ishlangan bir nechta fakultet va tadqiqot markazlari ham mavjud.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #gpa #fashion #show #Navruz

NAVRUZ FASHION SHOW G‘OLIBLARI BILAN TANISHING!


🌷 Bahorni inson umrining eng go‘zal lahzalariga qiyoslaydilar. Darhaiqat, bahor go‘zallik va yoshlik mavsumidir. Bu mavsumga ayniqsa, qizlarimiz o‘z go‘zal liboslari bilan oro beradi!

💗Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” nomli bayram dasturidan milliy va zamonaviy liboslar tanlovi 🌷 “NAVRUZ FASHION SHOW” ham joy oldi. Shouda maktabning 7-11-sinf qizlaridan 30 nafari ishtirok etishdi.

🪄Qizlar ikki nominatsiya "O‘zbegoyim" va "Yangi asr yulduzi" nominatsiyasi uchun bellashdilar.

📸 8-03-sinf o‘quvchisi Hakimova Charos “O‘zbegoyim” nominatsiyasi va 8-01 sinf o‘quvchisi Abdumalikova Nilufar “Yangi asr yulduzi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘dilar.

G'oliblarni chin ko'ngildan muborakbod etamiz va ularga kelgusida yangi zafarlarni tilab qolamiz

IT-School Presidency | GPA
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ITSchool #presidency #diplomacy #club

📣DIPLOMACY CLUB📣

🎉Diplomatiya klubining interview bosqichidan o'tgan o'quvchilar ro'yxati:
- Islom Davronov
- Alibek Bekchanov
- Mehroj Ergashev
- Abdugofur Ismoilov
- Anasxon Komilov
- Charos Hakimova
- Abdulloh Sobirov
- Doniyor Kamoldinov
- Abdulloh Zikrullayev
- Abdulakimova Benazir
- Shahrizoda Karimova
- Mavlonov Elnur

🗣️Endilikda ushbu o‘quvchilar bilan diplomatiya sohasiga oid mahorat darslari va konfirensiyalar o‘tkazib boriladi. Buning natijasida ularning ushbu sohadagi bilimlari yanada kengayib, tajribalari oshib borishiga ishonamiz❗️

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #football #tournament #photos

⚽️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IT School Presidency tomonidan futbol sport turi bo'yicha o'tkazilayotgan musobaqasidan foto-lavhalarni taqdim etamiz.

📍 Eslatib o'tamiz, bugun (19.04.24) soat 14:30 da musobaqaning yarim final o'yinlari maktabimizning futbol maydonida bo'lib o'tadi.

IT-School Presidency
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #football #tournament #final #video

⚽️ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IT School Presidency tomonidan 5-6-sinf o’quvchilari uchun futbol sport turi bo’yicha o’tkazilgan musobaqadan video-lavha.

🥇 Eslatib o'tamiz, final uchrashuvi 20-aprel kuni maktabning futbol maydonida bo’lib o’tdi. Finalda 6-04 jamoasi 6-06 jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 6-04 jamoasi musobaqamizning g'olibiga aylandi.

Ushbu musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgan o'quvchilarni tabriklaymiz, shuningdek musobaqa ishtirok etgan qolgan jamoalarga navbatdagi turnirlarda omad tilab qolamiz❗️
__________
IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #swap_up #lavha

BIRGALIKDA O‘QING VA YUKSALING!

📖 9-iyun sanasida o'tkazilgan Swap Up tadbiri Toshkent shahridagi barcha kitobxon yoshlarni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda jamladi.

📚📖Swap Up tadbiri kitoblar uchun ikkinchi hayot berish maqsadida yo'lga qo'yilgan loyihalardan biri bo'lib, bunda Siz o'qib tugatgan kitobingizni boshqa bir qiziqtirgan mavzudagi kitob bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Uchrashuvda 100 dan ortiq yoshlar ishtirok etishib, turli mavzudagi 150 dan ziyod kitoblarni bir-birlari bilan o'zaro almashdilar.

📖Umid qilamizki, ushbu uchrashuv kitobni sevib mutolaa qiluvchi yoshlar uchun yangi do'stlarni orttirish va ularni qiziqtiruvchi mavzularga oid yangi kitoblarni topish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM