Forwarded from Hilola Umarova
#Bobur_tavalludining_541_yilligi
Bugun O‘rta asr sharq tarixi, madaniyati va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.
Bobur o'zining beqiyos aql-zakovati bilan tarixda munosib iz qoldirdi, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi, o‘z davrining ilm-fan hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shdi.
Uning o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari o‘sha davrga oid bebaho tarixiy manba hisoblanadi. Unda Bobur yashagan davr, ijtimoiy-siyosiy hayot hamda voqealar go‘zal badiiy tasvir va mahorat bilan aks ettirilgan.
Bobur Mirzoning boshqa o‘nlab asarlari, g‘azal va ruboiylari o‘zbek she’riyati tarixida katta o‘rin tutuvchi ulkan xazina hisoblanadi.
Bobur — shaxs va ijodkor sifatida bugungi avlod uchun o‘lmas namunadir.

February 14, 2024
#Bobur_tavalludining_541_yilligi
BORI ELGA YAXSHILIG’ QILG’ILKI MUNDIN YAXSHI YO’Q…
🇺🇿 O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda o‘zining “Boburnoma” asarida mahorat bilan tasvirlagan go‘zal Farg‘ona viloyatining poytaxti Andijonda tug‘ilgan.
Bobur o‘zbek adabiyotida lirik janrlar rivojiga katta hissa qo‘shgan xassos shoirdir. Uning lirikasini g‘azal, ruboiy, qit’a, tuyuq, masnaviy va muammolar tashkil etadi. Bobur she`riyatida ona yurtga muhabbat, vatanni qo‘msash motivlari katta o‘rin egallaydi.
Shoir tavalludi munosabati bilan Muhammad al-Xoramiy nomidagi maktab o’quvchilari va o’qituvchilari “Adiblar xiyoboni”da bo’lib, Zahiriddin Muhammad Bobur poyiga gular qo’ydilar.📝
Zahiriddin Muhammad Bobur biz uchun mahobatli bir yulduz. Uning zavqbaxsh umri hech qachon so‘nmaydi. Ana shu musaffo nur siz-u bizning ong va idrokimiz yorishuviga xizmat qiladi.✨
__________
✈️ Telegram 📒 Facebook 📷 Instagram 🌐 Web 📹 Youtube
BORI ELGA YAXSHILIG’ QILG’ILKI MUNDIN YAXSHI YO’Q…
Bobur o‘zbek adabiyotida lirik janrlar rivojiga katta hissa qo‘shgan xassos shoirdir. Uning lirikasini g‘azal, ruboiy, qit’a, tuyuq, masnaviy va muammolar tashkil etadi. Bobur she`riyatida ona yurtga muhabbat, vatanni qo‘msash motivlari katta o‘rin egallaydi.
Shoir tavalludi munosabati bilan Muhammad al-Xoramiy nomidagi maktab o’quvchilari va o’qituvchilari “Adiblar xiyoboni”da bo’lib, Zahiriddin Muhammad Bobur poyiga gular qo’ydilar.
Zahiriddin Muhammad Bobur biz uchun mahobatli bir yulduz. Uning zavqbaxsh umri hech qachon so‘nmaydi. Ana shu musaffo nur siz-u bizning ong va idrokimiz yorishuviga xizmat qiladi.
__________
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 14, 2024