Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.77K subscribers
9.67K photos
676 videos
138 files
2.96K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#Ustozlar_kuni

Hozirda Germaniyaning Myunxen shahrida xizmat safarida bo'lib turgan Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova ZOOM orqali bog‘lanib, Agentlik tizimidagi maktab o‘qituvchilari va xodimlarni tabrikladi:

- Shu vaqtgacha hammamiz bir tan va bir jon bo‘lib mehnat qildik: quvonarlisi – natijasi ham yomon bo‘lmadi. Albatta, qiyinchiliklar ham bo‘ldi, ammo birdamlik, ahillik, har bir xodimning o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondashuvi hammasini yengib o‘tishga yordam beradi. Umid qilaman-ki, biz sizlar bilan shunday - bir jamoa bo'lib ishlashda, xalqimiz ravnaqiga birgalikda hissa qo'shishda davom etamiz. Barchamizga “1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni” muborak bo'lsin.

📌Onlayn yig‘ilishda Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab murabbiylari ham so‘zga chiqib, ustozlarni kasb bayrami bilan samimiy qutlashdi.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Ustozlar_kuni

Dunyodagi eng ulug', muqaddas va faxrli kasb egasi bo'lgan Ustozlar va Murabbiylarning kasb bayrami munosabati bilan Prezident ta'lim muassasalari agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Sizga ta'zim, aziz ustozlar” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

🔹Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova bugungi tadbirda shaxsan ishtirok etib, ustozlarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
🔹Ma'naviy-ma'rifiy tadbir badiiy chiqishlar, ustozlarga bag‘ishlangan kuy qo‘shiqlarga boy bo‘ldi.
🔹 Maktabimizning xushovoz o'quvchilari tomonidan ijro etilgan ajoyib raqslar ijrosi, ustozlarga bag`ishlov she`rlar mehmonlarga manzur bo'lib, tadbirga o'zgacha zavq baxsh etdi.
🔹Tadbir doirasida, shuningdek Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh pedagog-o'qituvchilarga, "Faxriy yorliq" va sovg'alar topshirildi.
🔹Mehmonlarga taniqli san'atkorlar ishtirokidagi chiqishlar ham bayramona kayfiyat ulashdi.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#ZakovatdaKuch #UzbekPower #Ustozlar

USTOZLAR O'RTASIDA ZAKOVAT TURNIRI

🇺🇿Muhammad al-Xorazmi nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan barcha metod birlashmalar hamda tarbiyachilardan iborat 10 ta jamoa o'rtasida "Zakovat" bellashuvi bo'lib o'tdi.

🏆Bellashuvning asosiy maqsadi kimnidir g’olib sifatida tanitish emas, balki ustoz va murabbiylarning hayotiy bilimlarini tajribadan o’tkazishdir. Savollar orasida mantiqiy hamda hayotiy faktlarga asoslangan turli jumboqlarning ham mavjudligi donishmandlarimizning “Bilim – takrorlash mevasidir” degan hikmatli so’zning naqadar o’rinli ekanligini yana bir bor barchaga eslatib qo’ydi.

🥇🥈🥉Turli bahs-munozaralarga boy ushbu bellashuvda g’olib bo’lgan jamoalar maktab kasaba uyushmasi tomonidan estalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.🎁

-

ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫЙ ТУРНИР СРЕДИ УЧИТЕЛЕЙ

🇺🇿По случаю принятия Конституции Республики Узбекистан в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми был проведен турнир «Заковат» между 10 командами, состоящими из всех методических объединений и воспитателей.

🏆Основная цель мероприятия – не показать победителей, а проверить знания и опыт педагогов. Среди вопросов наличие различных загадок, основанных на логических и жизненных фактах, еще раз показало всем, насколько уместны мудрые слова наших мудрецов: «Знание – плод учений».

🥇🥈🥉Победившие команды этого конкурса были награждены подарками и призами от школьного профсоюза.‌‌
🎁

Telegram |Facebook |Instagram |Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovatda_Kuch #UzbekPower #Ustozlar

USTOZLAR O'RTASIDA ZAKOVAT TURNIRI

🇺🇿Muhammad al-Xorazmi nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ustozlar o'rtasida "Zakovat" bellashuvidan videolavha.

-

ТУРНИР "ЗАКОВАТ" СРЕДИ УЧИТЕЛЕЙ

🇺🇿Видеоролик с турнира «Заковат» организованного среди учителей в специализированной школе имени Мухаммада ал-Хоразми по случаю принятия Конституции Республики Узбекистан.

Telegram |Facebook |Instagram |Web
#Ustozlar_forumi
#1_kun

🔴 Ayni vaqtda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda forum ishtirokchilari uchun 14 ta shoʻbada taqdimot hamda o‘quv treninglari o‘tkazilmoqda.

⚡️Xususan, maktabgacha ta’lim yo‘nalishida:

- “Jahon banki ishtirokidagi “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi davomida muqobil modellar faoliyatini tashkil etish (Ilk rivojlantirish markazlari) tajribasi”;
- “Maktabgacha ta’lim sifatini baholash tizimini ta’minlash va MELKO xalqaro o‘lchov vositasini joriy etish”;
- “Maktabgacha ta’lim tashkilotida sog‘lom va xavfsiz ovqatlantirish”;

⚡️ Maktab ta’limi yo‘nalishida:

- “O‘quvchilarda 21 asr ko‘nikmalarini rivojlantirish;
- “Loyiha ishlari orqali o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish –amaliyotdan nazariyaga”;
- “Yangi o‘quv yili uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja, taqaim-mavzu reja hamda tavsiyalar”;
- Tajriba-sinov maktablarida yangi baholash tizimini samarali joriy etish”
- “Tajriba-sinov maktablarida tanlov fanlarini samarali joriy etish – metodik ta’minot”
- “Umumta’lim maktablarini darsliklar bilan ta’minlash tizimini raqamlashtirish: muammolar, yechimlar, vazifalar” kabi mavzularda mahorat darslari tashkil etilgan.
______________
❗️Treninglar avvalida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatiga bag'ishlangan ko'rgazma ham bo‘lib o‘tdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram