Muhammad al-Xorazmiy AKT maktabi
5.72K subscribers
9.85K photos
692 videos
138 files
3.01K links
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi matbuot xizmati

🌐Web-sayt: https://al-khwarizmisc
🗳Online qabulxona: @ictschoolqabul_bot

Instagram: instagram.com/itschool.uz
Facebook: facebook.com/itschool.uz
Math: https://t.iss.one/AlKharazmi_math
Download Telegram
#xalqaro_olimpiada
#matematika_fizika_informatika

XALQARO FAN OLIMPIADALARI: TAJRIBA VA IMKONIYAT

Joriy yilning 7-13 - yanvar kunlari Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan XX Xalqaro Jautikov olimpiadasida mamlakatimiz yoshlari 2 ta oltin, 3 ta kumush va 9 ta bronza medalga sazovor
bo‘lgan edi.

Ular orasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi Asilbek Sunnatov ham bo‘lib, u olimpiada tarixida informatika fanidan oltin medalni qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlikdir.

Asilbek Sunnatovning ustozi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining informatika fani o‘qituvchisi Xurshida Zanjirova Xalqaro Jautikov olimpiadasi misolida jahon miqyosidagi bilimlar bellashuvlari o‘quvchi yoshlar salohiyatini oshirish, shuningdek boshqa mamlakatlarning fizika-matematika va axborot texnologiyalari maktablari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Batafsil 👉 bu yerda

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_olimpiada
#matematika_fizika_informatika

BILIMDONLARIMIZGA G‘ALABA MUBORAK BO‘LSIN!


🇺🇿O'zbekiston terma jamoasi 21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida 19 ta medalni qo‘lga kiritdi!
13-17 yanvar kunlari Qozog'istonning Ostona shahrida matematika, fizika va informatika fanlaridan bo'lib o'tgan 21-Xalqaro Jautikov Olimpiadasida O'zbekiston terma jamoasi ajoyib natijalarga erishdi.

🏆Olimpiadada 20 mamlakatdan 700 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi va O'zbekiston jamoasi: 2 ta oltin, 5 ta kumush, 12 ta bronza — jami 19 medal bilan yurtimizga qaytganini ma'lum qilamiz!
Ushbu g‘alabaning e’tirof etarli ulushi Muhammad al-Xorazmiy o'quvchilariga to'g‘ri keladi.

Jumladan:

🥇 Zohidjonov Elbek – oltin medal
🥈 Axtamov Ozodbek – kumush medal
🥈Sunnatov Asilbek – kumush medal
🥈Haydaraleyev Jahonali – kumush medal
🥉G'afforov Rasulbek – bronza medal sohiblariga aylanishdi.

Aziz muzaffar o‘quvchilar, kelajakda yanada yuksak cho‘qqilarni zabt etishingizga ishonamiz! G‘alaba muborak bo'lsin!
_
🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐Web 🌐Youtube 🌐Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM