Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#erishilgan_yutuqlar
📈 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI
📆 Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabini 114 nafar o‘quvchi bitirdi.
🏅 Mahalliy hamda Xalqaro olimpiadalarda o‘quvchilar 11 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. (Elbek Zohidjonov - 2 ta oltin, 2 ta kumush, Asilbek Sunnatov - 1 ta bronza, Abdulaziz Radjabov - 1 ta bronza, Ozodbek Axtamov - 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza)
🏛 Maktabning 19 nafar bitiruvchisi Xalqaro universitetlarning grant sohiblari bo‘lishdi.
💯 Bitiruvchilarning barchasi mahalliy universitetlarga qabul qilindi.
✅ Yaponiyaning Chibo shahrida o'tkazilgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) hamda Turkiyaning Antaliya shahrida tashkil etilgan 40-Bolqon Matematika olimpiadasida Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi Ozodbek Axtamov bronza medallarini qo’lga kiritdi.
✔️ IELTS/TOEFL/CEFR kabi xalqaro darajadagi til bilish sertifikatini 84 nafar o‘quvchi oldi.
✅ SAT va Duolingo sertifikatlarini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar soni esa 29 nafarni tashkil etadi.
💫 Maktabning 10-sinf o‘quvchilari Jaloliddin Ismoilov, Shahrizoda Karimova hamda Zumrad Akbarova AQSh elchixonasining FLEX – Kelajak liderlari almashinuvi dasturi bo‘yicha final bosqischining 100% lik TAʼLIM GRANTIni qo‘lga kiritdi. Ular 2023-2024-o‘quv yilida 11-sinfni AQShdagi davlat maktablarining birida davom ettiradi. U yerdagi yoshlar bilan bilim va tajriba almashishadi.
📊 “El-yurt umidi” jamg‘armasi tanlovida Behruz Ernazarov munosib qatnashib yuqori ballni qo‘lga kiritdi va "El-yurt umidi" stipendiyasi sohibi bo‘ldi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#erishilgan_yutuqlar
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM