Abu Ali ibn Sino maktabi
3.78K subscribers
5.2K photos
752 videos
270 files
965 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#imtihon_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari joriy yilning 25-26-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

⬇️SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

🔹 Kirish imtihonlari bir bosqichda yo'nalishlar bo'yicha quyidagi tartibda o'tkaziladi:

Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARNING KIRISH IMTIHONLARI TOSHKENT SHAHRIDA BO‘LIB O‘TADI

📆 Joriy yilning 25-26-iyul kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga, 26-iyul kuni esa Mirzo Ulugʻbek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablari uchun kirish imtihonlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

🔔 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

📍Imtihon o‘tkaziladigan manzillar:
“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi
Moliya instituti qoshidagi "Oliy oquv yurtlariaro sport majmuasi"

✔️ Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotni shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023

Farzandim Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirgan. Agentlik rasmiy sahifalarida yaqin kunlarda imtihon bo‘lishi haqidagi e'lonni o‘qidik. Imtihon ruxsatnomasini qachon yuklab olsak bo‘ladi?

Imtihon ruxsatnomasini telefoningizga sms-xabarnoma borgandan so‘ng ariza.piima.uz saytiga kirib, shaxsiy kabinetga o‘quvchining ID raqami hamda telefon raqamini kiritgan holda yuklab olishingiz mumkin.

🗣Eslatib o‘tamiz, sms-xabarnoma imtihon boshlanadigan sanadan uch kun oldin talabgor tomonidan kiritilgan birinchi telefon raqamiga yuborila boshlaydi va imtihon bo‘ladigan kungacha barcha talabgorlarga yetkaziladi.

📲Sms-xabarnomada kirish imtihoni o‘tkaziladigan bino nomi, sanasi, vaqti hamda o‘quvchining guruhi va joyi ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📆 Bugun Agentligimiz tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlarining birinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

🎞 Lavhalarda:
1️⃣. “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasi;
2️⃣. Moliya instituti qoshidagi "Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi".

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube