Abu Ali ibn Sino maktabi
3.83K subscribers
5.2K photos
752 videos
270 files
965 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#xushxabar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida"gi qarori

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 2023-2024-o'quv yilida biologiya fani o'qituvchisi bo'lib samarali faoliyat olib borgan va hozirda Andijon Davlat Tibbiyot universitetining biologik kimyo kafedrasi assistenti No'monjonov Muhiddin G'ulomjon o'g'li "Mard o'g'lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

No'monjonov Muhiddinni yuksak mukofot va e'tirof bilan muborakbod etamiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram |facebook
📣📣📣 DIQQAT, TANLOV!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda “Jadid” gazetasi tahririyati hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Jadid bobomga maktub” tanlovi eʼlon qilinadi.

Tanlov shartlari quyidagilardan iborat:

jadid maʼrifatparvarlaridan biriga xat tarzida yozilgan insho (daftar varagʻining 80 qatoridan oshmagan holda, husnixat bilan qoʻlda yozilgan boʻlishi shart);

shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi, yashash manzili, bogʻlanish uchun telefon raqami, maktabi va sinfi koʻrsatilgan holda @Jadidtanlovi_bot telegram boti orqali joriy yil 20-iyundan 20-avgustga qadar qabul qilinadi.

Tanlovga taqdim etilgan insholar 100 ballik tizimda baholanadi. Koʻchirilgan yoki sunʼiy intellekt ishtirokida tayyorlangan materiallar aniqlangan taqdirda tanlovdan olib tashlanadi.

Tanlov gʻoliblari Diplom, jadidlar qalamiga mansub kitoblar toʻplami va quyidagi pul mukofotlari bilan mukofotlanadi:

📍 1 ta birinchi oʻrin – 5 000 000 (besh million) soʻm;
📍 2 ta ikkinchi oʻrin – har biri 4 000 000 (toʻrt million) soʻmdan;
📍 3 ta uchinchi oʻrin – har biri 3 000 000 (uch million) soʻmdan;
📍 10 ta ragʻbatlantiruvchi oʻrin – har biri 1 000 000 (bir million) soʻmdan.


➡️ Tanlov gʻolib va sovrindorlari Mustaqillik bayrami arafasida aniqlanadi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va “Jadid” gazetasining ijtimoiy tarmoq sahifalarida eʼlon qilinadi. Ularning ijodiy ishlari “Jadid” gazetasida chop etiladi.

👉 Shuningdek, birinchi oʻrin gʻolibi oʻqiyotgan maktab kutubxonasiga 1000 ta badiiy, ilmiy-ommabop kitob taqdim etiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎓 PTU Grant imtihoni g‘oliblarini taqdirlash marosimi

Bugun Farmatsevtika texnik universitetida grant imtihoni g‘oliblari, xalqaro va Respublika fan olimpiadalari sovrindorlari uchun taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda quyidagi hurmatli mehmonlar ishtirok etib, yoshlarga iliq tilaklarini bildirdilar:

🟢 Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori, Abdulla Azizov
🟢Farmatsevtika texnik universiteti Rektori Dr. Abdumalik Djumanov
🟢 Rasul Kusherbayev
🟢 Doniyor Nasritdinov
🟢 Usmonov Atxam
🟢 Barno Askarova

🔴 Shuningdek, hozirda Janubiy Koreyaning DGIST institutida amaliyot o‘tayotgan talabalarimiz ham onlayn orqali grant sovrindorlarini tabrikladilar va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Bu g‘oliblarga Farmatsevtika texnik universitetida grand asosida tahsil olish va zamonaviy ilmda professional rivojlanish imkonini yaratadi.

Barcha g‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz va kelgusi yutuqlar tilaymiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IChO_2025

✈️ IChO 2025: O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari oltin va kumush medallarni qo’lga kiritishdi

Dubayda boʻlib oʻtgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) O’zbekiston jamoa hisobidagi ko‘rsatkichi bilan yurtimiz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.

📊 Yakuniy natijalarga ko’ra terma jamoamizning barcha a’zolari g‘oliblikni qo’lga kiritdi — 2 ta oltin va 2 ta kumush, jami 4 ta medal.

G‘olib o‘quvchilarimiz bilan quyida tanishing:


🥇Daler Rahimov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥇Mirjahon Muxammadov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
🥈Ibrohim Temurov — Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi — kumush medal,
🥈Biloliddin Zuxriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — kumush medal.

🌐 G’oliblarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi faoliyatida ham omad tilaymiz!

Bizni kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#Fan_olimpiadasi

Gʻoliblar kutib olindi. 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi!


57-Xalqaro kimyo olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Qayd etish lozim: Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida tashkil etilgan olimpiadada O‘zbekiston terma jamoasi rekord natija qayd etdi.


✈️Olimpiadaning yopilish marosimi doirasida IChO bayrog‘i ramziy tarzda O‘zbekistonga topshirildi. 2026-yilda boʻlib oʻtadigan 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

Bizni kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM