Abu Ali ibn Sino maktabi
3.73K subscribers
5.2K photos
752 videos
270 files
965 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Xalqaro_ona_tili_kuni

📌 21-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Xalqaro ona tili kuni" munosabati bilan tadbir o'tkazildi

Ushbu tadbir maktabning 7-, 8- sinf o‘quvchilari tomonidan "O'zbekiston havo yo'llari" aviakompaniyasining samolyotida go'zal va qadimiy Buxoro, Xiva, Samarqand, Farg'ona va Toshkent shahri bo'ylab turli millat vakillari qiyofasida virtual sayohat uyushtirdilar.
Barcha sayyohlar o‘z tillarida go‘zal yutimizni tarannum etdilar.

Shuningdek tadbir so'ngida 10-sinf o'quvchilari dunyodagi tillar qatorida o'zbek tilini sofligini saqlashga qaratilgan sahna ko'rinishini namoyish qildilar.

Tadbir barcha mehmonlar va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm |facebook
#Xalqaro_ona_tili_kuni

21-fevral – Xalqaro ona tili kuni.

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Dunyo tillari – do‘stlik va birlik ko‘prigi” nomli ona tillari festivali bo‘lib o‘tdi.

Til yordamida odamlar o‘z fikrlarini, istaklarini, hissiyotlarini ifoda etadilar. Insoniyat til orqali dunyoda barcha ishlarni amalga oshiradi. Tilsiz ishlash, fan, texnika, hunarmandchilik va san’atni rivojlantirishning iloji yo‘q.

Odatda, inson birinchi bo‘lib o‘rgangan tiliona tili bo‘ladi. Dunyo tillarga boy, har bir xalqning o‘z tili bor. Bu tilda so‘zlashadi, xat yozadi, she’rlar bitadi, qo‘shiqlar kuylanadi. Bu – ona tilidir.

Bugungi tadbirda 8-D, 8-E, 7-E, 10-V, 9-B sinf o‘quvchilari rus, nemis, ingliz, frantsuz, ispan, italyan, arab, turk, koreys va yapon tillarini bilish bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram |facebook