Abu Ali ibn Sino maktabi
3.41K subscribers
5.14K photos
750 videos
270 files
949 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Xalqaro_ona_tili_kuni

📌 21-fevral kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Xalqaro ona tili kuni" munosabati bilan tadbir o'tkazildi

Ushbu tadbir maktabning 7-, 8- sinf o‘quvchilari tomonidan "O'zbekiston havo yo'llari" aviakompaniyasining samolyotida go'zal va qadimiy Buxoro, Xiva, Samarqand, Farg'ona va Toshkent shahri bo'ylab turli millat vakillari qiyofasida virtual sayohat uyushtirdilar.
Barcha sayyohlar o‘z tillarida go‘zal yutimizni tarannum etdilar.

Shuningdek tadbir so'ngida 10-sinf o'quvchilari dunyodagi tillar qatorida o'zbek tilini sofligini saqlashga qaratilgan sahna ko'rinishini namoyish qildilar.

Tadbir barcha mehmonlar va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm |facebook
#Zakovat
#Abu_Rayhon_Beruniy

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan "Zakovat" intelektuall o'yini o'tkazildi

🟢 "Zakovat" intelektuall o'yini 7-8-9-sinf o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tdi va unda buyuk alloma Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodiga bag'ishlangan savollar to'plami o'ynaldi.

🔵 Umumiy hisobda 6 ta jamoa o'rtasida bo'lib o'tgan kurashda jamolar quyidagi o'rinlarni egallashdi:

🥇 I. "Pifagor" jamoasi
🥈 II. "Maestro" jamoasi
🥉III. "Aristotel" jamoasi

🎁 G'olib jamolar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm |facebook
#Abu_Rayhon_Beruniy

📌 Yurtimizda buyuk mutafakkir, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi keng nishonlanmoqda

♻️ Shu munosabat bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari tomonidan “Beruniyni yod etib” nomli ma’naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir Toshkent shahar Olmazor tumani Beruniy metrosi yonidagi Abu Rayhon Beruniy haykali joylashgan maydonchada bo‘lib o‘tdi.

♻️ Tadbir davomida vatandoshlarimiz bilan Abu Rayhon Beruniy haqida qanday ma’lumotga ega ekanliklarini bilish maqsadida savol-javoblar o‘tkazildi. G‘oliblarga sovg‘alar taqdim etildi.

Va aksincha, Beruniy bobomiz haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmagan vatandoshlarimizga sovg‘a tariqasida Abu Rayhon Beruniy to‘g‘risidagi broshyuralar taqdim etildi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm |facebook
#Yosh_rassomlar_to'garagi
#Besh_muhim_tashabbus

📌 Besh muhim tashabbus"  doirasida "Yosh rassomlar"  to'garagining navbatdagi mashg'uloti bo'lib o'tdi

🖌 Unda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 7- sinf o'quvchilari to'garak rahbari Davletova Hilola boshchiligida "Natyurmort kompozitsiyasini chizish" mavzusida rasm chizishdi.

🖍 Bundan tashqari o'quvchilar ishlatilgan plastik mahsulotlardan samarali foydalangan holda turli xildagi chiroyli sovg'a idishlarini yasashdi
.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm |facebook