Abu Ali ibn Sino maktabi
2.81K subscribers
4.6K photos
731 videos
270 files
837 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Yakshanba

🟢 Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida navbatchi tarbiyachi G.Anvarova tomonidan Yakshanba-dam olish kunida o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

🪅Maktab konferens zalida "Kim chaqqon?" nomli qiziqarli bellashuv bo'lib o'tdi. Ushbu bellashuvda "Yosh yulduzlar" guruhi g'olib bo'ldi. Barcha o'quvchilarga esdalik sovg'alari topshirildi.

🏃‍♂O'quvchilar o'rtasida sinflar kesimida "Epchillar" musobaqasi tashkil etildi.

⚽️Ochiq sport maydonida "Lions" va "Tigers" jamoalari o'rtasida futbol musobaqasi bo'lib, "Lions" jamoasi g'olib bo'ldi.

🤾‍♀Sport majmuasida sinflar kesimida "Voleybol" musobaqasi bo'lib o'tdi.

🎂"Besh muhim tashabbus" doirasida tashkil etilgan "Mohir qo'llar" to'garagining navbatdagi soni bo'lib o'tdi. Bugun qizlarimiz "Shokoladli kompozitsiya" yasashni o'rgandilar.

😊 Yakshanba-dam olish kuni juda maroqli va mazmunli tarzda o'tmoqda.

https://t.iss.one/ibnsinomaktabuz
https://t.iss.one/ibnsino5muhimtashabbus
#Abu_Ali_ibn_Sino_eco_school
#Zamin_fondi

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari "Eco School Uzbekistan" loyihasi doirasida "Eco-Ta'lim" seminar-treningida faol ishtirok etdilar.

🟢 Tadbir davomida, "Zamin fondi" tomonidan maktabimizning Abu Ali ibn Sino Eco school qo'mitasi a'zolari turli sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Seminar-trening davomida o'quvchilar bugungi kundagi ekologik muammolar va ularning kelib chiqish sabablari, yechimlari, kelgusida yuzaga kelish mumkin bo'lgan ekologik holatlar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga maxsus eco-ekspertlar tomonidan javob olishdi va o'zlari uchun yetarli ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm |facebookn
#Bizning_shunday_o'quvchilarimiz_bor
#Xushxabar

📣 O'quvchilarimiz xorijning nufuzli universitetlaridan qabul xatlarini olishda davom etishmoqda

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-B sinf o'quvchisi Anvarova Dilshoda Amerika Qo'shma Shtatlarining nufuzli universitetlari qatoriga kiruvchi The State University of New York ( New York davlat universiteti ) , Colorado State University, University of Missouri ga grant asosida o'qishga qabul qilindi.

⬇️ Anvarova Dilshodaning ushbu universitetlardan yutib olgan grantlari miqdori quyidagicha:

▶️ Colorado State University - 48 000 AQSH dollari
▶️ University of Missouri - 60 000 AQSH dollari

👏 O'quvchimizga bunda keyingi o'qish va ishlarida muvaffaqqiyatlar tilaymiz!

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm |facebook
#Psixologik_trening

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida psixologik trening o'tkazildi

❇️ Namangan Davlat Universiteti, Pedagogika va psixologiya fakulteti, Ta’lim menejmenti kafedrasi
dotsenti Qoraboyev Jamshid Rustamovich tomonidan 7-8-sinf o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari uchun “Kasbiy kompetentlikni rivojlantirish” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.

❇️ Seminar-trening davomida o'quvchilar insonda liderlik, boshqaruvchilik qobilyatlarini rivojlantirish, aqliy rivojlanish uchun psixologik mashg'ulotlar hamda insonning psixologik holati, uning tug'ma kasbiy qobiliyatini aniqlash usullari kabi bir qancha muhim bilimlarni o'zlashtirishdi.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
:
Instagramm | veb-sayt | telegramm |facebook