Abu Ali ibn Sino maktabi
2.82K subscribers
4.57K photos
731 videos
270 files
832 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#konstitutsiya

🇺🇿 1992-yil 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Konstitutsiyaga doir viktorina savollari o'tkazildi.

✔️ Unda nafaqat o'quvchilar, balki pedagog-tarbiyachilar hamda o'qituvchilar jamoasi ham faol ishtirok etdilar.

⚡️Quvonarlisi, berilgan savollarga berilgan aniq javoblardan o'quvchilarning O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga befarq emasligini ko'rishimiz mumkin.

📸 Yuqorida ushbu jarayondan fotolavhalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#Konstitutsiya
#uchrashuv

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o'quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida taniqli siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya - adolat tantanasi" nomli huquqiy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

✔️ Tadbir davomida Qobilbek Karimbekov tomonidan farovon hayotimiz, baxtimiz qomusi boʻlgan Konstitutsiyamiz qadim tariximiz, boy maʼnaviy merosimizni tiklash, yurtimizda obod va farovon hayot qurish, Vatanimizni taraqqiy topgan demokratik davlatlar qatoriga qoʻshishda muhim huquqiy poydevor ekanligi taʼkidlandi.

⚡️ Tadbir so'nggida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#Madhiya
#tanlov

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasining 32 yilligiga bag'ishlangan "Madhiyam-faxrim mening" shiori ostida sinflar o'rtasida davlat madhiyasini kuylash tanlovi o'tkazildi.

✔️ Unda maktabning barcha sinf o'quvchilari ishtirok etishdi.

⚪️ Tanlovda o'quvchilar quyidagi mezonlar asosida baholandi:
30 ball
  — Madhiyani kuylash mahorati
10 ball Sahna madaniyati
10 ball  — Kiyinish madaniyati

✔️ Yakuniy natijalariga ko'ra sinflar quyidagi o'rinlarni egallashdi:
🥇I   o'rin —  9-"G" sinf
🥈II  o'rin  8-"Ye" sinf
🥉III o'rin —  8-"B" sinf

🟢 Tanlovdan ko'zlangan maqsad yoshlarimiz qalbida Vatanga bo'lgan muhabbat va vatanparvarlik hissini oshirish bo'ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#psixologik_trening

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida psixologik trening bo'lib o'tdi


📌 Bugun maktab psixologi Zaynetdinova Nodira Abdurashidovna pedagog-tarbiyachi Qo'chqorova Lobar Jumamurodovna bilan hamkorlikda 8-sinf o'quvchilari uchun “Men kimman ? ” nomli trening mashgu'lotini olib bordilar.

⚡️ Bundan ko'zlangan maqsad, o'quvchilarda mustahkam munosabatlar shakllanishi haqida tushunchalarga ega bo‘lishlari, tengdoshlar bosimidan qutilishi va kuchli bo‘lishida davom etishlari, yaqin munosabatlarda javobgarlikni o‘z bo‘yniga olishlari kabi ko'nikmalarni shakllantirish bo'ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Janubiy Koreyalik tajribali STEAM fanlari o'qituvchisi Kim Nae Ri faoliyat olib bormoqda.

🇺🇿 🇰🇷 Xorij tajribasi hamda O'zbekiston ta'lim tizimi uyg'unlashtirilgan taqdimot shaklida olib borilib kelmoqda. Xorijlik mutaxassis tomonidan olib borilayotgan interaktiv dars mashg'ulotlari o'quvchilarga manzur bo’lmoqda.

⚡️ Shuni ham alohida ta'kidlab o'tish kerakki, ingliz tilida o’tilayotgan ushbu dars mashg'ulotida o'quvchilar juda faol ishtirok etmoqdalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook