Abu Ali ibn Sino maktabi
2.82K subscribers
4.57K photos
731 videos
270 files
832 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#tanlov

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 8-9-sinf o'quvchi qizlari o'rtasida "Hayo - xaloskordir" nomli ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi.

⚡️ Tanlovda o'quvchi qizlar quyidagi shartlar doirasida o'z mahoratlarini namoyish etdilar:

1. Tanishtiruv ( noodatiy tarzda, 5-8 daqiqa);
2. Savol-javob ( tibbiyotga doir);
3. Soch turmaklash ( did bilan);
4. Erkin mavzu.


⚡️ Yakuniy natijalarga ko'ra:

🥇 I o'rinni: Negmatova Hulkar - 8-"A" sinf o'quvchisi;
🥈 II o'rinni: Safarbayeva Dilnavoz - 9-"V" sinf o'quvchisi;
🥉 III o'rinni: Abdukarimova Dildora - 9-"A" sinf o'quvchisi qo'lga kiritdi.

🎁 G'olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#OITS
#davra_suhbati

❗️Biz OITSga qarshimiz!

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 1-dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari Abdurahmonov Dilshod Mirzaxmatovich hamda Ahmatova Zulfizar Ahad qizi ishtirokida "OITS asr vabosi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida o'quvchilar soha mutaxassislari tomonidan OITS va OIV kasalligi, uni kelib chiqish sabablari, yuqumlilik darajasi, ushbu kasallikdan saqlanish maqsadida qilinishi kerak bo'lgan gigiyenik maslahatlar hamda boshqa muhim ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#xalqaro_tuproq_kuni
#trening

EKOFAOL OʻQUVCHILAR UCHUN TRENING

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar oʻzaro hamkorlikda qoʻshma loyihalar, qiziqarli dasturlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.

Xususan, 5-dekabr – Xalqaro tuproq kuni munosabati bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorligida ekofaol oʻquvchilar uchun trening tashkil etildi.

Trening doirasida mazkur maktablar ekofaollari "Tuproqning tabiat va ekotizimdagi ahamiyati" mavzusida taqdimotlar oʻtkazdi. Oʻzaro muloqotda tuproqning ekologiya barqarorligidagi roli, o‘simlik va hayvonot olami rivojiga ta’siri, uni ifloslanishdan himoya qilish usullari muhokama qilinib, taklif va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, ekofaol oʻquvchilar oʻz tengdoshlariga "Eco-schools Uzbekistan", "Yosh fermer" kabi loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻzlab, ekomadaniyatni oshirish, atrof-muhit tozaligini saqlash, tabiatga gʻamxoʻrlik qilish borasida amaliy tavsiyalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube