Abu Ali ibn Sino maktabi
2.86K subscribers
4.71K photos
733 videos
270 files
856 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Olimpiada_natijalari

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI OLIMPIADASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI!

1️⃣ -o 'rin
- Namangan shahridagi Prezident maktabi - 6 ta oltin, 6 ta kumush, 5 ta bronza medali - jami 17 ta medal;

2️⃣ - o'rin - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab - 4 ta oltin, 9 ta kumush, 4 ta bronza medali - jami 17 ta medal;

3️⃣- o'rin - Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab - 5 ta oltin, 4 ta kumush va 6 ta bronza medali - jami 15 ta medal.

👉G'oliblar bilan saytimizda tanishing.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Odiljon Amangeldiyev
#Olimpiada

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida“gi 562-son qarori ijrosi doirasida 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida asosiy fan olimpiadasining birinchi maktab bosqichi bo'lib o'tdi.

🔵 Bugun o'quvchilar matematika, fizika, informatika va geografiya fanlaridan jami 30 ta savoldan iborat test imtihonlariga javob berishdi.

🔴 Eslatib o'tamiz, maktab bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan o'quvchilar asosiy fan olimpiadasining Toshkent shahar bosqichida ishtirok etadilar.

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Olimpiada_yakunlandi

📢 Xabaringiz bor, joriy yilning 6-9-noyabr kunlari umumta'lim fanlari bo'yicha bo'lib o'tgan asosiy fan olimpiadasining Toshkent shahar bosqichida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari faol ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar.

🟢 Bugun, ushbu fan olimpiadasida g'olib bo'lgan o'quvchilarni Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i N. Xusanbayeva, boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari R.Ergashev va vazirlikning mas'ul xodimi diplom va pul mukofotlari bilan taqdirladilar.

📣 Asosiy fan olimpiadasining yakuniy natijasiga ko'ra,

🧬 BIOLOGIYA fanidan:
9-sinf

I o'rin - Rahmatullayev Ahror
II o'rin - Izzatullayev Ozodbek
III o'rin - Akbarov Muzaffar

10-sinf
I o'rin - G'ofurova Rayhona
II o'rin - Yoqubjonov Abdurahmon
III o'rin - Xolboyev Ruslan

11-sinf
I o'rin - Qurbonboyev Sardor
II o'rin - Qodirova Nodira

🧪 KIMYO fanidan:

9-sinf
I o'rin -
Orifova Hulkar

10-sinf
III o'rin - Adhamov Elyor

11-sinf
II o'rin - Bahodirov Ahror
III o'rin - Sotvoldiyeva Shoxista

G'olib va sovrindor o'rinlarni egallagan o'quvchilarimizga yutuqlari bardavom bo'lishini tilaymiz!!!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#Olimpiada_natijasi

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari asosiy fan olimpiadasining Toshkent shahar bosqichida ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar.

Xususan, Geografiya fanidan 9-sinf o'quvchisi Maxsudxo'jayev Ibratxo'ja - 2-o'rin hamda Ona tili fanidan 10-sinf o'quvchisi Egamberdiyeva Xadicha 3-o'rin sohibi bo'ldilar.

📖 O'quvchilarimizning yutuqlari bardavom bo'lsin!

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Olimpiada

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasi bo'lib o'tmoqda.

Ma'lumot o'rnida, olimpiada Nizomiga muvofiq ikki bosqichda o'tkaziladi. Birinchi bosqichda o'quvchilar "Science" (biologiya, kimyo va fizika) va ikkinchi bosqichda "Matematika" fanidan 36 tadan savollarga javob beradilar.

❗️Umumiy natijalarga ko‘ra, har bir sinf va yo‘nalish (aniq va tabiiy fanlar) kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar g‘olib aniqlanib, hakamlar hay’ati qarori asosida keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Olimpiada #2_bosqich

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining 2-bosqichi bo'lib o'tmoqda.

Bu bosqichda o'quvchilar "Matematika" fanidan o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Olimpiada_g'olibi

OLIMPIADA G'OLIBLARINI O'ZBEKISTON QAHRAMONI TAQDIRLADI — QASHQADARYO

📣 Asosiy fan olimpiadasining IV (respublika) bosqichida maktabimizning 11-sinf o'quvchisi Bahodirov Axror faxrli 2-o'rinni qo'lga kiritdi.

👍 O'quvchimizni yutuqlari bardavom bo'lishini tilaymiz.
#olimpiada

📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "STEAM" fan olimpiadasining maktab bosqichi bo'lib o'tdi

✔️ Unda o'quvchilar "Biologiya" fanidan 180 daqiqaga mo'ljallangan birinchi bosqich ya'ni yozma ish savollariga javob berishdi.

🔻Ma'lumot uchun, maktab bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan o'quvchilar shahar bosqichiga yo'l olishadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#olimpiada

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar (Science) olimpiadasining maktab bosqichi bo'lib o'tmoqda

⚡️ Bugun maktabning 7-8-sinf o'quvchilari ushbu olimpiadada o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.

❗️ Ma'lumot o'rnida, maktab bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan o'quvchilar keyingi, hududiy bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook