Abu Ali ibn Sino maktabi
2.82K subscribers
4.57K photos
731 videos
270 files
832 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#V_ilmiy_amaliy_konferentsiya

⚡️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o'quvchilarning fundamental fan asoslarini egallashi uchun shart-sharoit yaratish hamda o'quvchilarning ilm-fanga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirish orqali ularda mustaqil ilmiy tadqiqotchilik faoliyati ko'nikmalarini shakllantirish va qo'llab-quvvatlash maqsadida "Ilm sari ilk qadam" mavzusida V ilmiy-amaliy konferentsiya bo'lib o'tdi.

✔️ Anjumanda maktabning 20 nafar 10-11-sinf o'quvchilari o'z mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari yakuni, erishilgan natijalar bo'yicha ma'ruzalarini taqdimot shaklida himoya qildilar.

Konferensiyada 30 ga yaqin respublikamiz va xalqaro miqyosdagi oliy ta'lim tashkilotlarining professor o'qituvchilari, akademiklar va ilmiy darajaga ega soha mutaxassislari ishtirok etdilar.

🔻Xususan:
Jurayev Risboy Xaydarovich - Pedagogika fanlari doktori, professor, O'zbekiston Fan arbobi, akademik
O'rinov Ulug'bek Komiljonovich -
Toshkent Texnika universiteti, Neft va gaz fakulteti dekani, Texnika fanlari doktori, professor
Amirqulov Nuriddin Sayfullayevich -
Toshkent Texnika universiteti, Neft va gaz fakulteti kafedra professori
Abdumalik Jumanov -
Farmatsevtika Texnik Universiteti rektori, texnika fanlari doktori
Yong Ill Le -
Farmatsevtika Texnik Universiteti Kimyo fanlari doktori, professor
Abduraxmonov To'xtasin -
O'zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti dekani, Biologiya fanlari doktori, professor
Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna - O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti denaki, Kimyo fanlari doktori, professor
Kamolova Nasiba Qurbonovna -
Pedagogika fanlari doktori, faxriy ustoz va ko'plab soha mutaxassislari shular jumlasidandir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#V_ilmiy_amaliy_Konferentsiya

✍️"Ilm sari ilk qadam" mavzusidagi V ilmiy-amaliy konferensiyasi mehmonlari tomonidan o'quvchilarning mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari davomida amalga oshirgan izlanishlari va o'tkazgan tajribalari himoyasini mahorat bilan qilganliklari yuksak baholandi.

🔻Xususan
✔️ O'zbekiston Milliy Universiteti Kimyo fakulteti professor o'qituvchilari tomonidan 4 nafar o'quvchining ilmiy ish taqdimotlari yuqori baholanib ularga universitetning esdalik sovg'alari taqdim etildi.

📣Shuningdek, Farmatsevtika Texnik Universiteti rahbariyati tomonidan o'quvchilarning mustaqil ilmiy tadqiqot ishlaridagi mavzularning dolzarbligi, muammoni mazmunan to'g'ri aniqlanganligi va uning yechimiga amaliy tajribalari orqali aniq javob topganliklarini inobatga olib, 10 nafar bitiruvchi o'quvchilar grant asosida talabalikka qabul qilinganligi e'lon qilindi (5 yilllik ta'lim, bakalavr va magistratura, har bir o'quvchi uchun 175 mln. so'm ajratiladi).

✔️ Konferensiya so'ngida maktabning 72 nafar bitiruvchi o'quvchilari mustaqil ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug'ullanganliklari va munosib himoya qilganliklari uchun "Sertifikat" bilan taqdirlandilar.

Anjuman mehmonlarining takliflarini inobatga olib, kelgusi yillarda ushbu konferensiyani yanada takomillashtirilgan holda va keng miqyosda tashkil etish rejalashtirildi.
Bu o'quvchilarda o'zgacha kayfiyat, ishonch, yanada ko'proq mustaqil bilim olish va amaliyot bilan shug'ullanishga zamin yaratadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook