Abu Ali ibn Sino maktabi
2.82K subscribers
4.57K photos
731 videos
270 files
831 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Tibbiyot_Akademiyasi
#Hamkorlik

🟢 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bilan hamkorlikda o'sib kelayotgan yosh avlodni milliy va umumjahon ilm-fanining yangi yutuqlarini o'rganish va o'zlashtirishga bo'lgan intilishini rag'batlantirish , o'quvchilarni tibbiy savodxonligi oshirish va shu yo'nalishida chuqur bilimga ega bo'lishi uchun shart-sharoitlar yaratish hamda kasbga yo'naltirish maqsadida o'quvchilar uchun 36 soatlik o'quv mashg'ulotlari tashkil etildi.

🟢 Jumladan, bugun Toshkent Tibbiyot Akademiyasi xodimlari tibbiyot fanlari doktori, 2-sonli ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi dotsenti Eshmurzayeva Aida Abduganiyevna hamda 2-sonli ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi katta o'qituvchisi Xudayberganova Noila Hamitovna tomonidan o'quv mashg'ulotlari olib borildi.

🔴 Esalatib o'tamiz, 36 soatlik o'quv mashg'ulotlarining 6 soati tibbiyot klinikalarida, 10 soati esa klinika o'quv laborotoriyalarida o'tqazilishi rejalashtirilgan.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagramm | veb-sayt | telegramm | facebook
Forwarded from Odiljon Amangeldiyev
#Hamkorlik
#Toshkent_Tibbiyot_akademiyasi

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi o'rtasida 2021-yil 30-avgustda imzolangan hamkorlik Memorandumi asosida o'tgan o'quv yilidan boshlab 11-sinf o'quvchilari uchun o‘quv jarayonini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash maqsadida "Kichik tibbiy xodim" yo'nalishida 36 soatlik o'quv mashg'ulotlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, yakuni da 66 nafar bitiruvchi o'quvchilarga tegishli SERTIFIKATlar taqdim etilgan.

2023-2024-o'quv yilida ham ushbu kasbga yo'naltirish ishlari davom ettirilmoqda.

Bugun, Toshkent tibbiyot akademiyasi Ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi katta o'qituvchisi Solixov M.M, assistentlari Sirojiddinov Sardor va Aybergenova Xurshida tomonidan reja asosida navbatdagi o'quv mashg'uloti bo'lib o'tdi.

🔰 Dastlabki mashg'ulot davomida o'quvchilar bemorlarga birinchi tibbiy yordamni amalga oshirish uchun zarur bilim, ko'nikma va malakalar mavzusida dars mashg'uloi tachkil etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#Hamkorlik

📌 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashgan maktablar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ilg'or tajribalarni o'rganish, nazariya va amaliyot birligini amalda qo'llash maqsadida Olmazor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinf o'quvchilari "Kimyo" fanidan laboratoriya mashg'ulotlarida ishtirok etish uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurishdi.

🧬 Kimyo fani bo'yicha o'tkazilgan nazariy va amaliy mashg'ulotlar, fanlar integratsiyaga asoslangan tajribalar o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi va ularning fan asoslarini o'rganishga bo'lgan ishtiyoqlarini orttirishga zamin yaratdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Hamkorlik
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinf oʻquvchilari Kimyo fanidan laboratoriya mashgʻulotlarida ishtirok etish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish maqsadida kelishdi.

🔬Kimyo fani boʻyicha oʻtkazilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar, fanlar integratsiyaga asoslangan tajribalar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi va ularning fan asoslarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqlarining yanada oshishiga zamin yaratdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik

📌 Xabaringiz bor, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi hamkorlikda 2023-yil oktabr - dekabr oylari davomida 11-sinf o'quvchilari uchun 36 soatga mo'ljallangan "Kichik tibbiy xodim" o'quv kursi tashkil etilib, ushbu kurs to'liq yakunlangan edi.

2024-yil fevral oyidan boshlab, o'quvchilarning tibbiyot sohasidagi bilim va ko'nikmalarini yanada oshirish va ularni qo'llab quvvatlash maqsadida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bilan yana bir hamkorlik rejasi tasdiqlandi. Endi o'quvchilarimiz umumiy 18 soat uchun mo'ljallangan "Massaj asoslari" o'quv kursida o'qish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

📆 Bugun, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi reabilitologiya xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti Adilov Shuxrat Qayumovich va kafedra asisstenti Sharipov Ulug’bek Abduraxmonovich tomonidan ushbu kursning birinchi dars mashg'uloti o'tkazildi..

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram | facebook
#Hamkorlik
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinf oʻquvchilari Kimyo fanidan laboratoriya mashgʻulotlarida ishtirok etish va ilgʻor tajribalarni oʻrganish uchun tashrif buyurdilar.

🔬Kimyo fani boʻyicha oʻtkazilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar, fanlar integratsiyaga asoslangan tajribalar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi va ularning fan asoslarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqlarini yanada oshishiga zamin yaratdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Hamkorlik
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tabiiy fanlarga ixtisoslashgan sinf oʻquvchilari Kimyo fanidan laboratoriya mashgʻulotlarida ishtirok etish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish maqsadida kelishdi.

🔬Kimyo fani boʻyicha oʻtkazilgan nazariy va amaliy mashgʻulotlar, fanlar integratsiyaga asoslangan tajribalar oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi va ularning fan asoslarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqlarini yanada oshishiga zamin yaratdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#hamkorlik

📌 Bugun A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan umumiy o‘rta taʼlim muassasasi direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlovchi "Menejerlik o‘quv kursi" ning navbatdagi tinglovchilari uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida amaliy mashg‘ulot bo'lib o'tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#hamkorlik

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga Toshkent shahridagi Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Eko-qo'mita a'zolari tashrif buyurdilar

Tashrifdan ko'zlangan maqsad "Eco-shcools Uzbekistan" loyihasining  5-qadamida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yishdir.

✔️ Tashrif davomida Abu Ali ibni Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab eko-qo'mitasi lideri Sobirova Rayhona loyihaning mazmuni, tashkil qilish yoʻllari, "7 qadam metodologiyasi", issiqxona faoliyati, maktabning kimyo va biologiya laboratoriyalarida olib borilayotgan yangi loyihalar haqida batafsil yoritib berdi.

Shuningdek, Ekologik muammolarni hal qilish va oldini olish bo'yicha ikki maktab o'quvchilari o'rtasida tajriba almashinildi.

⚡️ Bu tashrif maktab o'quvchilarida katta taassurot qoldirdi va kelajakda hamkorlik doirasini yanada kengaytirish bo'yicha kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| Veb-sayt | Telegram |Facebook
#Eko_maktablar
#hamkorlik

⚡️ Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent shahrida joylashgan Agentlik tizimidagi ta'lim tashkilotlari o'rtasida 22-may - "Xalqaro bioxilma-xillik kuni"ga bag'ishlangan "Quvnoq tabiat" nomli ekologik tadbir tashkil etildi.

✔️ Tadbir 5 ta shart boʻyicha o'tkazilib, yakuniy natijaga ko'ra:
Yakuniy natijalarga ko'ra:
🥇I o'rin - Toshkent shahar Prezident maktabi
🥈 II o'rin - Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🥉 III o'rin - Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#Eko_maktablar
#hamkorlik

📌 6-qadam: ommalashtirish va jalb qilishni amalga oshirish masalasida maktablar hamkorligi orqali ekologik krossvord, chiqindini tezda saralay olish, xona gullarini toʻgʻri ekishni oʻrganish, sahna koʻrinishi orqali ekologik madaniyatni oshirish kabi shartlarda oʻquvchilarning topqirlik, zukkolik va chaqqonlik kabi fazilatlari sinovdan oʻtkazildi.

✔️ Shuningdek, agrotexnologiya o'qituvchisi Husainova Yulduz va laborant Osimova Maʼrifat tomonidan xona gulini ekish boʻyicha masterklass tashkil qilinib, gul ekish texnikasi boʻyicha qimmatli maʼlumotlarni amaliyotda namoyish qilishdi.

⚡️ Kelgusida ekomaktablar o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va shu kabi doʻstona musobaqalarni ko'proq tashkil etilishga kelishib olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#hamkorlik

📌 Joriy yilning 4-iyun kuni Farmatsevtika Texnik Universiteti hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'rtasida ta'lim sifatini yanada oshirish, o'quv jarayonini ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalari bilan uzviyligini ta'minlash to'g'risida hamkorlik memorandumi imozlandi.

Bunda ko'zlangan asosiy maqsad, o'quvchilarning kimyo va biologiya fanlaridan chuqur o'qitilishi va o'quv mashg'ulotlarining sifatli va samarali bo'lishi, ularni kasbga yo'naltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish, ilmiy taqdiqot ishlarida amaliyotni keng targ'ib qilishdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#hamkorlik
#taqdirlash_marosimi

📌 Xabaringiz bor, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Marshall Kavendish Ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda "Muvaffaqiyatli islohotlar - yuqori natijalar" konferensiyasi doirasida "Liderlik va o'zgarishlarni boshqarish" bo'yicha trening darslari o'tkazildi.

✔️Bugun 14-iyun ushbu konferensiyaning taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

⚡️Unda yurtimizning 14 ta hududidan jami 160 dan ortiq ishtirokchilar O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Radjabov Sardor Baxtiyorovich tomonidan "SERTIFIKAT" va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#Hamkorlik

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Farmatsevtika Texnik Universiteti vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda universitet vakillari tomonidan ushbu oliygohga qabul jarayonlari, yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek xorijning nufuzli universitetlari bilan tuzilgan hamkorliklari va u yerda ta'lim olish uchun yo'llanmalar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

❗️Ma'lumot o'rnida, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Farmatsevtika Texnik Universiteti bilan ta'lim sohasida memorandum imzolagan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram | facebook
#hamkorlik
#memorandum

HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov tomonidan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tomonlar hamkorlikda tabiiy fanlar sohasida ta’lim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonini ishlab chiqarish sohalari bilan uzviyligini ta’minlash, shuningdek, farmatsevtika va hayot fanlari mutaxassisliklariga kasbiy yoʻnaltirish uchun keng shart-sharoitlar yaratish kabi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar rejasini belgiladi.

Maʼlumot oʻrnida, mazkur memorandum ixtisoslashtirilgan maktablar oʻquvchilari orasida ingliz tilida tabiiy fanlar yoʻnalishida mini-olimpiadalar tashkil qilish va iqtidorli yoshlarga xalqaro oliy ta’limda tahsil olish uchun imkoniyatlar yaratishni koʻzda tutadi.

Shuningdek, bakalavr bosqichidagi xalqaro ta’lim va ta’lim grantlari haqida ma’lumotlar almashuvini tashkil qilish, oʻquvchilarning ilm-fan va kelajak kasblarga boʻlgan qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash kabi maqsadlarni oʻz ichiga olgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube