Abu Ali ibn Sino maktabi
2.82K subscribers
4.57K photos
731 videos
270 files
831 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
#Tanlov

Eco-maktab - Green Dream jamoasi !

📣 Bugun, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Eco- maktab" loyihasi doirasida 7- 11- sinf oʻquvchilari o'rtasida "Bioxilma-xillikni saqlash" yo'nalishi bo'yicha qushlarni himoya qilish va ularning jonli tabiatga bo'lgan mehr-muhabbatini kuchaytirishga qaratilgan "Eng yaxshi qush uyasi" tanlovi tashkil etildi.

🔻Tanlov ishtirokchilari quyidagi shartlar asosida baholandi:
1. Qush uyasini tabiiy mahsulotdan yasalganligi
2. Qush uyasini yasashdagi kreativ yondashuv
3. Taqdimot
🔻Yakuniy natijalarga ko'ra g'oliblar aniqlandi:
"Eng ijodkor sinf " - 9 -"G" sinf.
"Kreativ yondashgan sinf " - 7 -"D" sinf .
"Namunali taqdimot qilgan sinf " - 8 - "D" sinf

Tanlov so'ngida yasalgan qush uyalari maktab bogʻidagi daraxtlarga osildi .

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#hamkorlik

📌 Bugun A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan umumiy o‘rta taʼlim muassasasi direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlovchi "Menejerlik o‘quv kursi" ning navbatdagi tinglovchilari uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida amaliy mashg‘ulot bo'lib o'tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Dam_olish_kunlari

🔰Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilar turar joyida tozalik ishlari bajarildi.

🏃🏻 "Sog' tanda - sog'lom aql" shioriga amal qilgan holda futbol musobaqasi o'tkazildi.

🎞 O'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida qiziqarli film namoyishi bo'lib o'tdi.

🪅 "Tengdosh-tengdoshiga" loyihasi asosida 9-sinf o'quvchisi M.Umarbekova tomonidan "Mnemonika" trening mashg'ulotining navbatdagi soni bo'lib o'tdi.

📚O'quvchilar biologiya fani o'qituvchisi M.Numonjonov tomonidan o'tilgan mavzularni mustahkamlash jarayonida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🪞Ozodalik va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish maqsadida o'g'il bolalarga sartaroshlik xizmati ko'rsatildi.

🎂 To'garak rahbari G.Anvarova tomonidan o'quvchi qizlar uchun "Mohir qo'llar" to'garagining navbatdagi mashg'uloti o'tkazildi.

Yakshanba dam olish kuni juda maroqli va mazmunli o'tdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook