Abu Ali ibn Sino maktabi
2.82K subscribers
4.57K photos
731 videos
270 files
832 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Download Telegram
Zo'r telekanali 12.05.2023 yil.mp4
515.8 MB
#Davra_suhbati

Bugun, joriy yilning 1-6 – may kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan kimyo fanidan 57-Mendeleyev xalqaro olimpiadasi g‘oliblari, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari “ZO‘R” TV da “Ertalabki salom” ko‘rsatuvuning ijodiy jamoasi  bilan davra suhbatida ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida yurtimizda ta’lim sohasiga berilayotgan e’tibor,  yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar hamda iqtidorli o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, o‘quvchilarimiz xalqaro olimpiadada  erishgan yutuqlari keng yoritildi.

O‘quvchilarimiz ham o‘z bilimlarini yanada oshirishga, yaratilgan keng imkoniyatlardan maqsadli foydalanishga, kelgusi olimpiadalarda yuqori natijalarga erishishga hamda Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilishga va’da berdilar.

Davra suhbati barcha ishtirokchilarga katta motivatsiya berdi. (ko‘rsatuvdan lavha ilova qilinadi).

👇Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
:
Instagram | veb-sayt | telegram | facebook
#Psixologik_trening
#Davra_suhbati

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oliy toifali va amaliyotchi psixolog, konsultant, motivator, Respublika tashxis markazi xodimi Gulbahor Yusupova bilan maktab o'quvchilar o'rtasida davra suhbati bo'lib o'tdi

🟢 Davra suhbati "Kasb tanlash temperamenti" mavzusida o'tkazilib, unda o'quvchilar: kasb tanlashda inson fe'l-atvorining qanchalik muhimligi hamda o'z temperamentidan kelib chiqqan holda kalejakda qanday kasb egasi bo'lishi mumkinligi haqida kerakli va muhim bilimlarga ega bo'ldilar.

📸 Yuqorida ushbu jarayondan fotolavhalar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | telegram | veb-sayt | facebook
#Davra_suhbati
#9_may

Ajdodlar yodi doim qalbimizda. Sadoqat va haqiqiy vatanparvarlik timsoli bo'lmish ota-bobolarimiz ruhini xotirlash biz avlodlar uchun sharafli burchdir.

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Olmazor boshqarmasi boshlig'ining Mudofaa ishlari bo'yicha o'rinbosari , podpolkovnik Musoqulov Azamat Taxirovich hamda iste'fodagi harbiy shifokor, podpolkovnik Rahimov Rustam Uchkunovich bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.

✔️Suhbat davomida vatanimiz tarixi, ikkinchi jahon urushidagi ajdodlarimizning ko'rsatgan jasorati, sadoqati va matonati yod olindi va shu haqidagi qisqa videofilmlar namoyish etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram | veb-sayt | telegram | facebook
#Kasbga_yo'naltirish
#Davra_suhbati

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga NYU Abu Dhabi universiteti vakili Alisher Ahmuratov tashrif buyurdi.

✔️ Tashrif davomida Alisher Ahmuratov bilan maktab o'quvchilari o'rtasida qiziqarli davra suhbati o'tkazildi.

✔️ Unda NYU Abu Dhabi universiteti, unda yaratilgan shart-sharoitlar va keng imkoniyatlar, shuningdek, universitetga hujjatlar topshirish tartibi hamda savollarga javob sifatida kerakli ma'lumotlar berildi.

⚡️Davra suhbati o'quvchilar uchun juda qiziqarli va foydali bo'ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook
#OITS
#davra_suhbati

❗️Biz OITSga qarshimiz!

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 1-dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari Abdurahmonov Dilshod Mirzaxmatovich hamda Ahmatova Zulfizar Ahad qizi ishtirokida "OITS asr vabosi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida o'quvchilar soha mutaxassislari tomonidan OITS va OIV kasalligi, uni kelib chiqish sabablari, yuqumlilik darajasi, ushbu kasallikdan saqlanish maqsadida qilinishi kerak bo'lgan gigiyenik maslahatlar hamda boshqa muhim ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Instagram| veb-sayt | telegram |facebook