Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
869 subscribers
12.5K photos
1.77K videos
195 files
3.29K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Vatan_himoyasi_sharaf_va_muqaddas
#Harbiy_sport_musobaqalari

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫Yoshlarda vatanparvarlik va millatparvarlik g’oyalarini shakillantirish, ongi va tafakkuriga Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanini singdirish hamda ularni harbiy kasbga yo’naltirish maqsadida ijod maktabining 8-sinf o’quvchilari o’rtasida AK-74 avtomatini noto’liq qismlarga ajratish va yig’ish bo’yicha musobaqa o’tkazildi.

⚜️Ushbu musobaqada o’quvchilar faol ishtirok etishdi va zamonaviy qurolni qismlarga ajratish va yig’ishda o’zlarining qobilyatlarini to’liq namoyon etdi.

🔹Natijalarga ko’ra, 8-“B” sinf o’quvchilari g’oliblikni qo’lga kiritdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
👏4
#Vatan_himoyasi_sharaf_va_muqaddas
#Harbiy_qismda_bir_kun

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏕️Oʻquvchilarda Vatanga sadoqat, mardlik va jasurlik xislatlarini tarbiyalash maqsadida maktabimizning 10-sinf o’quvchilari Sirdaryo viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi xuzuridagi chaqiruvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash markaziga sayohat uyushtirdi.

❇️Harbiy qismga sayohat davomida oʻquvchilar markaz bilan yaqindan tanishdi, askarlarga yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi hamda zamonaviy jihozlangan chodirlarda suhbat qurdi, shuningdek, AK-74 avtomatini noto’liq qismlarga ajratish va yig’ish bo’yicha mutaxassislardan tegishli bilim va koʻnikmalar oldi.

Nazariya bilan uygʻunlashgan holda olib borilgan amaliy mashgʻulotda o’quvchilar faol ishtirok etib, zamonaviy qurolni qismlarga ajratish va yig’ishda o’zlarining qobilyatlarini to’liq namoyon etdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
👏2🔥1🥰1🤩1