Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
657 subscribers
10.5K photos
1.67K videos
134 files
2.73K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ibrat_maktabi
#Tabriknoma

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Is‘hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi jamoasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 75 yilligi munosabati bilan ushbu maktabning fidoyi ustozlari va bilimdon o'quvchilarini muborakbod etadi.
#Tabriknoma

Prezident taʼlim muassasalari agentligi 30-iyun Yoshlar kuni bilan barcha yoshlarni tabriklaydi.

Aziz yoshlar, yo'lingiz doimo ochiq, iqbolingiz porloq bo'lsin!
______
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlarga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvar holatiga yurtimizda 14–30 yoshdagi jami doimiy aholi soni 9 million 685 ming 564 nafarni tashkil etgan.

🧍🏻‍♂️ O‘g‘il bolalar – 4 954 910 nafar
🧍🏻‍♀️Qiz bolalar – 4 730 654 nafar

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Tabriknoma

Hurmatli vatandoshlar!

Prezident taʼlim muassasalari agentligi jamoasi barchangizni Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklaydi.

Ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar, oilaviy baxt, farovonlik, omad, sihat-salomatlik, shaxsiy faoliyatingizda rivoj tilaymiz!
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni muborak ayyom — Ramazon hayiti bilan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz.

Niyati pok, maqsadlari ulug‘ yurtdoshlarimizning shunday qutlug‘ ayyomda qilayotgan barcha ezgu tilaklarining ijobatini tilaymiz.

Xonadonlaringizni fayz-u baraka va osoyishtalik aslo tark etmasin! Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi jamoasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz ustoz va murabbiylar, qadrli hamkasblar!

Har bir kun o‘qituvchi sha’niga sharaf qo‘shayotgan, ta’lim sifati, maktab masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan Yangi O‘zbekistonda siz bilan bir safda faoliyat olib borayotganimdan behad baxtiyorman.

Ustoz maqomi yanada ulug‘lanib, o‘qituvchi qadr-qimmatini yuksaltirish qonun bilan mustahkamlanayotgan shukuhli damlarda sizlarni bayram bilan qutlash menga cheksiz quvonch va iftixor bag‘ishlaydi.

Muhtaram muallimlar!

Siz har kuni millionlab bolalarga nafaqat ta’lim-tarbiya berasiz, balki ularga o‘z farzandlaringizdan ziyoda mehr-muhabbat ulashib, mamlakatimiz ertangi egalarini kamolga yetkazasiz.

Sizning ko‘z o‘ngingizda kelajak qad rostlaydi, Siz ko‘rsatgan ma’rifat yo‘lingiz avlodlarni nurafshon manzillarga yetaklaydi. Ana shunday mashaqqatli va sharafli kasb egasi bo‘lganingizning o‘zi taqdirning Sizga eng buyuk tortig‘i, Yaratganning siylovi desam yanglishmagan bo‘laman.

Ishonamanki, fidoyilik bilan yurtimizda ta’lim sifatini yuqori darajaga olib chiqib, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, farzandlarimizni Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni zimmasiga olishga qodir qilib tarbiyalash yo‘lida bor kuch-g‘ayratingizni ayamaysiz.

Bayram bilan barchangizni yana bir bor samimiy qutlar ekanman, buyuk shoirning “muallim desalar meni qaniydi!” degan yuksak orzusi haqidagi mashhur satrlar xayolimdan o‘tyapti. Siz ana shunday buyuklar chinakam havas qiladigan maqomdasiz!

Bejiz jadid bobolarimiz ziyolilarni, o‘qituvchi-muallimlarni millat oydinlari deb atamagan. Siz navqiron nasllar ongu qalbini yoritib, ma’rifat ulashar ekansiz, jismingizga tuganmas kuch-quvvat, qalbingizga adoqsiz quvonch, xonadoningizga fayzu baraka, faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lishini tilayman!

Ustoz maqomi hamisha bugunidek sarbaland, bayramimiz boqiy bo‘lsin!

Ehtirom bilan,
Hilola Umarova
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriknoma

Aziz va muhtaram ustozlar,
Qadrli hamkasblar!


Sizlarni yaqinlashib kelayotgan yangi 2024-yil bilan samimiy qutlab, barchangizga ulkan kasbiy muvaffaqiyatlar tilayman.

Yakunlanib borayotgan yilda hurmatli Prezidentimiz boshchiligida maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishda tarixiy o‘zgarishlar yuz berdi, deyishga to‘la asoslarimiz bor. Shuningdek, tizim xodimlari chinakam katta ahil oilaga aylandik. Oldimizga qo‘yilgan murakkab vazifalarni sidqidildan bajarishga qodir mehnatsevar, ma’rifatparvar jamoa shakllandi.

Bir necha soatlardan keyin boshlanajak yilda ham ta’lim islohotlari jadal davom etishiga, bu jarayonga katta-yu kichik hamkasblarimiz birdek mas’uliyat bilan hissa qo‘shishiga chin dildan ishonaman!

O‘ylaymanki, 2024-yilda ham ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimizni o‘zaro hamjihatlik va g‘ayrat-shijoat bilan davom ettiramiz.

Buyuk maqsadlar yo‘lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!

Yangi yil yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri