Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
668 subscribers
10.9K photos
1.69K videos
137 files
2.83K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Adabiyot_gulshani
#Sidqiy_Xondayliqiy_140_yoshda

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❇️Atoqli shoir va tarjimon Sidqiy Xondayliqiy tavalludiga 140 yil to'ldi.

Shu munosabat bilan 7-"A" sinf o‘quvchilari adib ijodi yuzasidan suhbat o‘tkazishdi.

Lirik she'rlarida mumtoz adabiyotimizdagi hayotiy, insoniy muhabbat, odamiylik singari yaxshi an'analarni davom ettirgan Sidqiy Xondayliqiy ijodi haqida turli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

Adibning ko‘plab she'rlari, tarjimalari bilan birga "Sa'd irshodi mulla Sidqiy Xondayliqiy", "Zarbulmasali Sidqiy", "Holoti Sidqiy" kabi nasriy asarlari haqida ham bilib olishdi.

Poetik merosining salmoqli qismini hajviyot va ijtimoiy she'rlar tashkil etgan Sidqiy Xondayliqiy hayoti va ijodi o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram | Facebook I Veb-sayt Instagram I YouTube