Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
666 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Bir_asar_tahlili
#Kitobxonlar_davrasida


💫 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❇️ Bugun ijod maktabining 10-"B"oʻquvchilari bilan yozuvchi,publitsist,adabiyotshunos olim Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" tarixiy asari yuzasidan mashgʻulot oʻtkazildi.

🔰 Oʻquvchilar, avvalo ,Pirimqul Qodirovning hayot yoʻli va ijodiy faoliyati haqida maʼlumotlarni yodga olish maqsadida berilgan viktorina savollariga javob berishdi.
⚡️ Ahmedova Shahzoda shoh va shoir Z.M.Boburning shaxsiy xislatlari,yurgizgan siyosati hamda jasorati haqida koʻplab maʼlumotlarni berib oʻtdi.

⚡️"Integratsiya" metodi yordamida tarix+adabiyot usulini qoʻllash orqali "Fanlararo aloqa va sifatli taʼlim" shiori ostida oʻtkazilgan mashgʻulotda Olimova Rushana adabiyot fanidan, Ermuhammedova Shahzoda esa tarix fanidan olgan bilimlarini qoʻllash orqali faol qatnashdi.

Mashgʻulot soʻngida oʻquvchilar asar qahramonlariga tavsif va ta'rif berishdi.

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram| Facebook| Instagram| You Tube| Web-sayt