Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
666 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.72K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Mutolaa_zavqi
#Kino_va_asar

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏫 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📘 Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli taʼminlash, badiiy asar oʻqishga yanada koʻproq jalb etish hamda qardosh xalqlar adabiyotining eng sara asarlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 10-sinf oʻquvchilari bilan "Mutolaa zavqi" toʻgaragida Ch. Aytmatovning "Sarvqomat dilbarim" asari mutolaa qilindi.
💫 Asarni oʻqish jarayonida bosh qahramonlar taqdiri, ichki kechinmalari, oila muqaddasligi, xiyonatning oqibatlari, Boytemirning mard va olijanob fazilatlari haqida mulohazalar yuritildi.
☀️ Shundan soʻng, Oʻzbekfilm kinostudiyasi tomonidan asar syujeti asosida suratga olingan badiiy film tomosha qilindi.
⚡️Yakunda oʻquvchilar qissa va film talqinidagi oʻxshash va farqli tomonlar, kinoning imkoniyatlari boʻyicha fikr almashdilar.
Mashgʻulot qiziqarli va samarali boʻldi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Õktam_Usmonov_85_yillik_yubileyi
#kino_va_asar

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️Taniqli jurnalist, yozuvchi O'ktam Usmonov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 8-"B" sinf o'quvchilari bilan adib hayoti va ijodi mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Dastlab tarbiyachi - pedagog adib ijodida"Girdob" (1979) romani muhim o'rin tutishini ta'kidlab, asarda ziyolilarning mashaqqat va izlanishlarga to'la hayoti, haqiqat va nohaqlik o'rtasidagi shiddatli kurashlar, ziddiyatlar mahorat bilan tasvirlanganini, Aziz va Mahamatchatoq obrazlari hayotiy, samimiy bo'yoqlarda chizilganligi tufayli mazkur roman 1980-yili Oybek nomidagi mukofotga sazovor bo'lganligi aytildi.
Mashg'ulot davomida "Girdob" (videofilmi) ko'rildi va asar voqealari bilan taqqoslandi. Mashg'ulot qiziqarli o'tdi.

Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Navoiyni_anglash_õzlikni_anglash
#kino_va_asar_loyihasi

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫Yoshlarda Vatanga muhabbat, an'analarga hurmat, mehr-oqibat tuyg'ularini shakllantirish uchun XV asr jahon adabiyoti tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk shaxs Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan 8- sinf o'quvchilari 1982-yilda suratga olingan "Alisher Navoiy" badiiy filmini tomosha qilishdi.

🎬Filmda Navoiy obrazini O'zbekiston Xalq artisti Yoqub Axmedov yaratgan. Filmni ko'rish jarayonida Alisher Navoiyning xalqparvarligi, saxovatliligi va daholigiga yana bir bor amin bo'lishdi.

📚 Ushbu filmni ko'rish davomida Alisher Navoiy haqida yangi ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

Telegram | Facebook |Instagram | Youtube  |