Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
869 subscribers
12.5K photos
1.77K videos
195 files
3.29K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#bir_bolsak_yagona_xalqmiz_birlashsak_vatanmiz

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan 8-"A" sinf o‘quvchilari o‘rtasida davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbatda o‘quvchilar mustaqil Vatanimizning hozirgacha bo‘lgan tarixiy hayotiga nazar soldilar.

Ijodkor qizlar "Bir bo'lsak–yagona xalqmiz, birlashsakVatanmiz" mavzusidagi mustaqillikni, ona diyorimizni madh etuvchi she‘rlari bilan ishtirok etishdi.

Tarbiyachi-pedagog tomonidan Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shgan buyuk insonlar, allomalar, shoirlar, sportchilarning ibratli hayot yo‘li haqida ma'lumotlar berildi.

Bu mavzudagi davra suhbatlari o‘quvchilar qalbida Vatanga bo‘lgan muhabbat, sadoqat tuyg'ularini kamol toptiradi.
Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram I Facebook I YouTube | Instagram I
#Mustaqilligimizning_33_yilligi
#Bir_bolsak_yagona_xalqmiz_birlashsak_Vatanmiz


🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🖇O'quvchilarda ona Vatanga muhabbat va davlat qudratiga ishonch uyg'otish maqsadida tarbiyachi-pedagog Maqsuda Xolmatova tomonidan 9-"B" sinf o'quvchilari bilan Vataninimiz mustaqilligining 33 yilligi va Yangi O'zbekistondagi ulkan o'zgarishlarni Toshkent shahriga onlayn sayohat davomida ko'rib o'tishdi.
📌"Yangi O'zbekiston bog'i", "Tashkent City", "Ertaklar shahridagi bunyodkorlik ishlari haqida so'zlab, yurtimiz qudrati va buyukligiga yana bir bor amin bo'lishdi.
🏆Bunday mashg'ulotlar o'quvchilar qalbida Vatanning buyuk va qudratli kelajagi hamda mamlakatdagi bo'layotgan o'zgarishlarning bardavom ekanligiga bo'lgan ishonchni oshirishga katta xizmat qiladi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda: 👇
Telegram | Facebook  |YouTube| Instagram|
11👍1
#Mustaqilligimizning_33_yilligi
#Bir_bolsak_yagona_xalqmiz_birlashsak_Vatanmiz
#Sogʻlom_avlod_yurt_kelajagi

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🎗🎗🎗 Sog'lom turmush tarzi jismoniy tarbiya va sport bilan uyg'unlashadi. Aynan sog'lom hayot tarzini shakllantirish va o'quvchilarni sport yordamida yangi do'stlar orttirishga undash maqsadida ijod maktabi 7-sinf o'quvchilari uchun "Sogʻlom avlod-yurt kelajagi"shiori ostida quvnoq startlar sport musobaqalari oʻtkazildi.

Musobaqa "Epchillar"va "Chaqqonlar" jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtdi.

Qizgʻin va kutilmagan lahzalarga boy oʻtgan ushbu musobaqada "Chaqqonlar"jamoasi 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar.

Tarbiyachi-pedagoglar: Abduraxmanova Irodaxon
Esanova Nigora
Jismoniy tarbiya oʻqituvchisi:
Mirazimov Axror


🔵  Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇🏻

Telegram | Facebook | You Tube |
Instagram |
👍31