Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
657 subscribers
10.5K photos
1.67K videos
134 files
2.73K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#21_oktabr_til_bayrami
#Mahmud_Qoshğariy_birinchi_tilshunos

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚8-"B" sinf o'quvchilari bilan Mahmud Qoshg'ariy — qomusiy olim mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Mahmud Qoshg'ariy "Devon-u lug'atit -turk" asarini 15 yil davomida bitgan. Bu asarda sakkiz mingdan ortiq turkiy so'zlarni to'plab ma'nolari izohlangan. Bu asarda turkiy xalqlarning ijtimoiy ahvoli, tili, tarixi, bu hududning geografiyasi, metrologiyasi va astronomiyasiga oid qimmatli ma'lumotlar yozib qoldiranganligini tarbiyachi-pedagog ta'kidlab o'tdi.

🧩Mashg'ulot davomida o'quvchilar O'zbekkino milliy agentligining "Javohir" ko'rsatuvi orqali tilshunos olim Jo'ra Xudoyberdiyevning asar haqidagi fikrlarini tinglashdi.

🎯YUNESCO BMTning Ta'lim, ilm-fan va madaniyat bo'yicha bo'limi 2008-yilni Mahmud Qoshg'ariy yili deb e'lon qilgan.

🔰Mashg'ulot qiziqarli o'tdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Qizlar_klubi
#Xalqaro_qizlar_kuni

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰 Maʼlumki, oʻquvchi qizlarning maʼnaviyati va madaniyatini yanada yuksaltirish, ularni milliy anʼanalarimizga sodiq va sharqona odob- axloq ruhida tarbiyalash, kelgusida mustaqil hayotga tayyorlash maqsadida taʼlim muassasamizda "Qizlar klubi" faoliyat olib bormoqda.
11- oktabr -"Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan ushbu klubning "Qizlarning jamiyatdagi oʻrni" mavzusida navbatdagi mashgʻuloti tashkil etildi.
⚡️Munozara tarzida uyushtirilgan bu tadbirda millat tarbiyachilarining huquq va erkinlari, jamiyatdagi oʻrni, davlat boshqaruvidagi ishtiroki klub sardorlari tomonidan taqdimot qilindi.
💫Namoyish etilgan taqdimotlar yuzasidan tajribali ustozlar oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Bizni kuzatishda davom eting

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Xalqaro_qizlar_kuni
#mushoira_zavqi

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💥Qizlar millatning koʻrki, millatning kelajagi hisoblanadi.
Qizlarning maʼnaviy yetuk,komil inson boʻlib oʻsishida taʼlim-tarbiyaning oʻrni nihoyatda katta.

💫11-oktyabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan ijod maktabining 10-sinf oʻquvchi qizlari oʻrtasida oʻzbek shoiralari ijodi yuzasidan "Mushoira" kechasi oʻtkazildi.

📕 Mushoirada oʻquvchilar Zulfiya Isroilova,Halima Xudoyberdiyeva,Oydin Xojiyeva kabi nafis qalam sohibalarining sheʼrlarini maroq bilan oʻqishdi. Oʻtkazilgan mushoira juda qizgʻin va taassurotlarga boy tarzda oʻtib, oʻquvchilarning sheʼriyatga boʻlgan qiziqishlarini yana bir pogʻonaga oshirdi.

📙Mashgʻulot soʻngida ishtirokchilarimiz esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Mutolaa_zavqi
#Kino_va_asar

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏫 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📘 Oʻquvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli taʼminlash, badiiy asar oʻqishga yanada koʻproq jalb etish hamda qardosh xalqlar adabiyotining eng sara asarlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida 10-sinf oʻquvchilari bilan "Mutolaa zavqi" toʻgaragida Ch. Aytmatovning "Sarvqomat dilbarim" asari mutolaa qilindi.
💫 Asarni oʻqish jarayonida bosh qahramonlar taqdiri, ichki kechinmalari, oila muqaddasligi, xiyonatning oqibatlari, Boytemirning mard va olijanob fazilatlari haqida mulohazalar yuritildi.
☀️ Shundan soʻng, Oʻzbekfilm kinostudiyasi tomonidan asar syujeti asosida suratga olingan badiiy film tomosha qilindi.
⚡️Yakunda oʻquvchilar qissa va film talqinidagi oʻxshash va farqli tomonlar, kinoning imkoniyatlari boʻyicha fikr almashdilar.
Mashgʻulot qiziqarli va samarali boʻldi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |