Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
664 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bilan xalqaro hamkorlik olib borayotgan Koreyaning "Ta'lim dunyoni birlashtiradi" shiori asosida tashkil etilgan ta'limga ixtisoslashtirilgan "Edulink global" kompaniyasi direktori Chungrim Han tashrif buyurdi. Ijod maktabi direktori Pokiza Axmedjanova bilan ta'lim sifatini oshirish, xalqaro hamkorliklar haqida fikr almashishdi.
Dastlab Halima Xudoyberdiyeva muzeyida boʻlishdi. Undagi shoiraga tegishli eksponatlar bilan mehmonlarni 9-sinf o‘quvchilari Muxlisa Ibrohimova hamda Dilnoza Abduvohidovalar tanishtirishdi.
⚡️Shu bilan bir qatorda, maktabimiz o'quvchilari Saydullayeva Sug‘diyona hamda G‘ofurova Dilafro‘zlar dars jarayonlari, to'garaklar faoliyati hamda oʻquvchilar erishayotgan yutuqlar xususida kompaniya direktori bilan suhbatlashdi.
Mehmonlar ijod maktabi o‘quvchilarining bilimidan mamnun bo‘lishdi.

🔰Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTubeTelegram I
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Бугун мактабгача ва мактаб таълими вазири Ҳилола Умарова, ЮНИСEФнинг Ўзбекистондаги ваколатхонаси раҳбари Мунир Мамадзаде ва халқаро ташкилотлар экспертлари билан учрашув ўтказдик.

Учрашувда Ўзбекистонда сифатли мактаб таълимидан фойдаланиш имкониятларини кенгайтириш ва барча болалар, жумладан, ижтимоий ҳимояга муҳтож болалар учун тенг имкониятларни таъминлаш бўйича ЮНИСEФ ва ЮНEСКОнинг қўшма лойиҳасини муҳокама қилдик.

Халқаро ташкилотлар таълим соҳасини ривожлантириш бўйича илмий тадқиқотлар олиб боради ва мавжуд бешта муаммоли йўналиш бўйича вазиятни яхшилаш стратегиясини ишлаб чиқади.

Жумладан, мактаб инфратузилмасини модернизация қилиш, инклюзив ўқув-услубий материаллари ишлаб чиқиш ва тақдим этиш ҳамда ўқитувчиларнинг малакасини ошириш кўзда тутилган.
#Viktorina

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining bilimdon o'quvchilari oʻrtasida "Ona vatanimning buyuk farzandlari" mavzusi ostida kelajakda tanlagan kasblari bo'yicha bilimlarini mustahkamlash maqsadida intellektual viktorina o'yini tashkil etildi. Viktorinani pedagog-tarbiyachi Qahramon Mamayev olib bordi.

💥 "Yosh izlanuvchilar", "Qaqnus","Tadqiqotchilar" va "Bilimdonlar", jamoalari o'rtasida qiziqarli bahs bo’lib o’tdi.

🔎 Umumiy natijalarga ko’ra jami 15ta savollardan
"Yosh izlanuvchilar" jamoasi - 11ta
"Tadqiqotchilar" jamoasi - 12ta
"Bilimdonlar" jamoasi - 13ta
"Qaqnus" jamoasi - 15ta
savollarga toʻgʻri javob berishdi.

🥇"Qaqnus" jamoasi eng yuqori ball to’plab go’liblikni qo’lga kiritishdi.

📚 Viktorina intellektual o'yinlari o'quvchilarimizning iste'dodini charxlab, iqtidorini yuksaltirib, nimalarga qodir ekanliklarini yaqqol namoyon etishlariga qanot bag'ishlamoqda.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Besh_muhim_tashabbus_amalda

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰 O‘quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va o'quvchilarni kasb-hunarga  o‘rgatish maqsadida 7-"B"sinf o'quvchilari bilan "Soch turmaklash" mashg‘uloti o‘tkazildi.
👧 Mashg'ulotda Mamatqulova Gulsanam, Nazarova Nozima va Nurmamatova Mashxuralar  dugonalarining sochlarini zamonaviylik hamda milliylikni uyg‘unlashtirgan holda turmaklab qo‘yishdi.
💥Bunday mashg‘ulotlar, o‘quvchilarni nafaqat ilmiy salohiyatini balki hunarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib boradi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube