Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
662 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Ona_tilim_sarchashmangdan_sarxush_dilim

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Oʻʻzbek tilining tarixi, uning ifoda imkoniyatlari va jamiyat hayotidagi ahamiyatini oʻquvchilar ongiga yanada chuqurroq singdirish maqsadida "Ona tilim - sarchashmangdan sarxush dilim" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Bu davra suhbatiga Guliston davlat universiteti Oʻzbek tili kafedrasi mudiri, dotsent Alisher Ahrorov tashrif buyurdi.
Suhbat davomida o’zbek tilining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixi, etimologiyasi haqida maʼlumotlar berib oʻtdi. Shu bilan birga oʻzbek lahjasidagi dialektlarning koʻpligi ,ishlatilish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlar ham oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

📗 Yakunda oʻquvchilar bu mavzuda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga toʻlaqonli javoblar olishdi.

📕 Faol ishtirok etgan oʻquvchilar dotsent A.Ahrorov tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram/ Facebook /Instagram/ YouTube/ Web-sayt
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_69_yilligi

🏬 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

❇️ Bugun ijod maktabining 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan maktab kutubxonasida "Ulugʻimsan, Vatanim!" mavzusida mushoira tashkil etildi.
📕 Tadbir muqaddimasida oʻquvchilar tomonidan xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga oʻxshamagan misralarda taʼriflagan shoir ijodi toʻgʻrisida umumiy ma'lumotlar aytildi.
Shundan soʻng ijodkor qizlarimiz shoirning turli mavzularda yozilgan xalqchil sheʼrlaridan namunalar oʻqishdi.
✒️📗Oʻtkazilgan mushoira oʻquvchilarda oʻzbek sheʼriyati rivojiga samarali hissa qoʻshgan shoirning ijodiga muhabbatini yanada oshirdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram/ Facebook /Instagram/ YouTube/ Web-sayt
#Mushoira
#Muhammad_Yusufning_tavalludining_69_yilligi

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


📚O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning tavalludining 69 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shoirning she'rlari asosida mushoira o'tkazildi.
Dastlab, tarbiyachi-pedagog tomonidan o‘quvchilarga shoir hayoti va ijodi haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tildi. Toshpo‘latova Mushtariy, Abdunabiyeva Surayyo shoir ijodi haqida o'z fikrlarini berib o‘tdilar.
Mushoira boshlangach, Mirzaqulova Iroda va Rahmatullayeva Aziza mushoiraning "Eng faol ishtirokchisi" deb topildi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
📣 BIZ SIZGA YANADA YAQINROQMIZ

⚡️Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlarga yengillik yaratish maqsadida endilikda saralash imtihonlari mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkaziladi.

📍
Abituriyentlar o'zlariga yaqin bo'lgan respublikamizning barcha hududlarida joylashgan 13 ta Prezident maktabida shuningdek, Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda imtihon topshirishlari mumkin.

📌 Hoziroq o‘qishga hujjat topshiring va qaysi hududda imtihon topshirishingizni o‘zingiz tanlang.

❗️Hozirgi kunga qadar hujjat topshirgan abituriyentlar ham qayta imtihon topshirish manzilini o‘zgartirishlari mumkin.

📩 Ariza topshirish: https://newuu.uz/en/admission/agreement?type=admission_form

🗓 Keyingi imtihon joriy yilning 20-may sanasida o‘tkaziladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube