Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#psixologiya
#Halima_Xudoyberdiyeva_nomidagi_ijod_maktabi

O’qituvchi va tarbiyachi-pedagoglar bilan “Stressni bartaraf etish, ruhiyatni sog’lomlashtirish” mavzusida trening😍🌈

☀️Ustozlarimiz yangi chorakni energiya bilan yuqori kayfiyatda boshlashlari uchun psixologik trening tashkil qildik.

🌟Turli psixologik o’yinlar, metodlar, jumladan, “ Hamkorlikdagi kartina”, “Siyam egizaklari”, “Buzuq telefon” harakatli o’yinlari hamda tinchlantiruvchi meditatsiyalardan foydalandik.

💫O’ylaymizki, maqsadimizga yetdik. Yangi o’quv choragida barchaga omad tilaymiz)

⚡️
Mashg’ulot ijod maktabi psixologi Sevinch Ergasheva tomonidan olib borildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Jurnalistika_tõgaragi

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi "Jurnalistika" to'garagining bugungi mashg‘ulotida "Mening birinchi maqolam" loyihasi doirasida ilk bor maqolasi e'lon qilingan 4 nafar o‘quvchi samimiy tabriklandi. Ularga gazetalari tantanali ravishda topshirildi.
Mashg‘ulotda ushbu loyiha bo‘yicha navbatdagi, ya'ni maqolalari bosma OAVda chiqishi kutilayotgan o'quvchilarning ijodiy ishlari mahorat darsi sifatida tahrir qilindi.
Dars yakunida to'garakning 2 a'zosiga maqola uchun mavzular berildi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#shaxmat_musobaqasi
#viloyat_hokim_kubogi


🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari Abdujabborov Umidjon, Abduqodirov Ulug'bek, Zokirjonova Nozimabonu, Norqulova Gulsanamlar shaxmat bo'yicha "Sirdaryo viloyati hokimi kubogi" musobaqasida ishtirok etdi.

🔥Qizg'in tus olib boshlangan musobaqa davomida har bir ishtirokchi o'z iqtidor va mahoratini namoyon etish bilan birga g'oliblik uchun mardonavor kurash olib bordi.

💥 Ushbu shiddatli musobaqa davomida bizning o'quvchilar o'zlarining salohiyati bilan boshqa ishtirokchilardan ustunligi bilan keyingi bosqichga yo'l olishdi.

💫 Musobaqa g'oliblari ya'ni o'quvchilarimiz keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.


⚡️ Ijod maktabining jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Mirazimov Axror.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Veb-sayt
#Аdabiyot #Nazm

YURAK YOMG'IRI...

Bulutlar
bag'ridan
mitti-mitti shar
misoli tomchilar liftlarsiz tez-tez,
kimo'zar qilganday to'xtovsiz tushar,
zamin nafasini sog'ingan bu kez...

Havoga
qorishib
izg'ir har sasi,
dillarning tubiga boradi yetib,
yomg'irga aylangan bulut parchasi,
yashash hududini bir-bir tark etib.

Jimgina
kuzatar zimdan
borliq ham,
lek bundan mustasno bezovta yurak,
chunki his yomg'irin ko'rmoqqa baham,
kuzning quchog'ida she'riy o'y surar...

(13.11.2024)

©Husniddin HAYIT

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I