Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Muqaddasdir_Vatan_Bayrogʻi

🏨 Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligini 33 yilligi munosabati bilan maktab kutubxonasida 7-9 siniflar oʻrtasida ‘‘Muqaddasdir Vatan bayrogʻi‘‘ mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🖌 Kutubxonachi D.Raxmonova tomonidan Davlat bayrogʻining qabul qilish jarayoni, belgilangan ranglar ma'nosi va umumiy tadbirlarda bayroqdan foydalanish tartiblari toʻgʻrisida ma'lumotlar berildi.

📘📗📕 Oʻtkazilgan mashgʻulot Davlat ramzlardan foydalanishda o'quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish uchun xizmat qiladi.

➡️ Bizni kuzatishda davom eting.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇


Telegram| Facebook| Instagram| Youtube| Web-sayt
#Millatim_iftixori

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabining 10-"A" sinf o‘quvchilari o'rtasida 18-noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan "Millatim - iftixori" shiori ostida rasmlar tanlovi o'tkazildi.

Tanlov avvalida o'quvchilarning bilim darajasini mustahkamlash maqsadida bayrog'imiz haqidagi qonunlarni takrorlab olishdi.

Tanlov davomida o'quvchilarning har biri bayroq tasvirini chizib, doimo baland hilpirab turishni istashdi.

❇️ Bunday tadbirlar o'quvchilar qalbida Vatanga muhabbat, yurt ramzlariga bo'lgan hurmatni yanada mustahkamlaydi!

Tarbiyachi-pedagog: Umida Abdullayeva

🔰Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#shaxsiy_gigiyena_

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabining 7-"A" sinf oʻquvchilariga maktab hamshirasi Xamidova Gulasal hamda tarbiyachi-pedagog Abduraxmanova Irodaxon tomonidan "Salomatlik va shaxsiy gigiyena qoidalari" mavzusida suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida hamshira shaxsiy gigiyena kiyim-kechak, poyabzal, koʻrpa-toʻshak, turar joy tozaligiga hamda badanni ozoda saqlashga eʼtibor berish zarurligi, badanning ochiq joylari, shuningdek, tirnoq osti tez kirlanishi va qoʻlni tez-tez sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni toʻgʻri parvarish qilishga odatlanish kerakligi haqida gapirib oʻtdi.

Suhbat yakunida oʻquvchilar sogʻlom turmush tarziga amal qilish kerakligi haqida bilib olishdi.


📌Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram | Facebook | 🌐Veb-sayt | 🌐Instagram | 📹YouTube