#Yosh_ijodkor
#Maqola
📢 OTA-ONAM - MENING QAHRAMONLARIM
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
✅Telegram I ✅Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Maqola
📢 OTA-ONAM - MENING QAHRAMONLARIM
Inson dunyoga kelar ekan, tevarak-atrofni anglab, yoshiga monand fikrlay boshlab, turli orzular ham qilishi tabiiy. Bolalikdan kimgadir o‘xshash, og‘ir-yengilini bilib-bilmay qaysidir kasb egasi bo‘lishini xohlab voyaga yetadi. Natijada ulg‘ayish yo‘lida ana shu qilgan orzulari sari tinimsiz o‘qib-o‘ganish uchun mehnatda, izlanishda davom etadi. Har bir harakati va qilgan urinishlariga yarasha munosib yutuqlariga erishib, yana yuqori cho‘qqilar tomon intilish uchun sobitqadamlik bilan odimlaydi…🔰Bizni kuzatishda davom eting!
Yana bir jihat ham toki to‘liq ulg‘ayganga qadar bolalarni tark etmaydi. Masalan, yosh uka yoki singillarimizning “Men katta bo‘lsam, falonchidek shifokor bo‘laman”; “Men falonchi akadek harbiy bo‘laman”, degan gaplari qulog‘imizga tez-tez chalinib turadi. Tabiiyki, o‘tmishga boqib, o‘zimizda ham ana shunday bolalik orzulari kechganligini eslash mumkin. Negaki beg‘uborlik lahzalarida har qanday bola ko‘proq o‘zlari uchun qaysidir kasb egasini shu soha qahramoni yoxud dunyodagi eng ideal inson deb hisoblashi kuzatiladi. Biroq yillar o‘tgach, bu “qahramonlar” o‘zgarib borishi ham turgan gap. Chunki bolaning dunyoqarashi, fikrlashi o‘sib, ijtimoiy jamiyat hudud sari yaqinlashib borishi natijasi o‘laroq ko‘p tushunchalar mohiyatini yangicha anglab, yangicha qabul qilishi ham aniq. Endi esa ulardan qahramoni kimligi so‘ralganida dunyo tan olgan biror bir shaxsni ayta boshlaydi.
Shunday bolalar qatorida men ham borman, albatta. Kichik sinfda o‘qib yurgan kezlarim “Kelajakda jurnalist bo‘laman” deb orzu qilar edim. Faqat bu sohada o‘zimga hech qachon kimnidir ideal inson sifatida ko‘rish xayolim ko‘chasiga ham kelmagan. Yaqinda dars payti “Sen uchun hayotingdagi qahramon kim?” degan mulohazali savol o‘rtaga tashlandi. Shunda chuqur o‘ylab, ikki inson mening qahramonim bo‘la olishi xulosasiga keldim. Birinchi navbatda, o‘sha kez butun umrini bag‘ishlab, qo‘llari qadoq bo‘lib ketsa-da, farzandi kelajagi uchun mehnatdan tolmaydigan, umr kitobini matonat harflari bilan bitib, uning har bir sahifasiga farzand nomini sarlavha qilib qo‘yadigan ota-onam ko‘z o‘ngimda gavdalandi.
Men tasavvur qilgan, andoza olsam, chinakam qahramonlarim ota-onam edi aslida. Dunyoviy, ta’limiy ilmlarni menga ulasha olmasa-da, hech kim bera olmayotgan, butun umrga ta’tiydigan hayotiy saboqlarni faqatgina ota-onam berayotganligi ko‘nglimdan o‘tdi. Bor umrini biz farzandlariga atayotgan ota-onam bugun mening haqiqiy qahramonim va men o‘xshashni istaydigan ideal insonlardir.
Keyingi o‘rinlarda esa ma’rifarparvar olima, xalqimiz orasida “Jamila ona” nomi bilan ma’lum va mashhur bo‘lgan, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova mening idealimdagi ayoldir. Qat’iyat, shijoatkorlik bilan o‘z ishlariga yondashishlaridan, suhbatlaridan, hikmatlaridan, bosib o‘tgan va o‘tayotgan hayotiy tajribalaridan ruhlanaman, shunday xalqparvar va vatanparvar inson, shunday ma’rifatpar mutaxassis bo‘lishga ishtiyoq-intilishimni yanada kuchayib boradi. Xalq muammolarini yechish bilan bog‘liq fikr-mulohazalari, ayni shu yo‘ldagi kuchli xohish-istaklari mening ham kelajakda jurnalistik faoliyatimda o‘zimda shakllantirish zarur bo‘lgan xislatlarning namunasidir. Jamila Shermuhammedova hayoti davomida turli qiyinchiliklarni yengib o‘tib, maqsadlariga erishgan ziyoli sifatida ham tahsinga loyiqdir. Men ham aynan munosib kurashib, sinovlarda muzaffariyatga erishgan, qiyinchiliklarga sabr-bardosh bilan chidab, hayotining bo‘ronli shamollariga ham o‘zida kuch topa olgan ota-onam qatori ustoz Jamila Shermuhammedovani ham qahramonim deb ayta olaman.
Darhaqiqat, orzular amalga oshishda davom etaveradi. Biz esa hayotimiz qahramonlariga o‘xshash uchun doimo harakat qilamiz. Kelajakda esa ana shu qahramonlardek bo‘lib, orzularimizga erishganimizda esa biz ham kimningdir hayotining qahramoni, orzusidagi ideal insoni darajasiga ko‘tarilish nasib etsin…
©Gulzoda UMMATOVA,
"Yosh ijodkorlar" to'garagi a'zosi
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
✅Telegram I ✅Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
⚡9❤3🏆2✍1🔥1🎉1🤗1
YULDUZ maxsus son.pdf
1.8 MB
#Yosh_ijodkor
#Maqola
🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🏝Ijod maktabi o'quvchisi, “YOSH IJODKORLAR" to'garagi a'zosi Gulzoda UMMATOVAning "BIR MASHINA - IKKI TAQDIR" nomli maqolasi “YULDUZ” (2025-yil, 13-iyun) gazetasining 22 (537)-sonida nashr etildi.
©️Gazeta tahririyat tomonidan taqdim etildi.
🍀Muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz!
🔰Bizni kuzatishda davom eting!

❤4🆒3🔥1🏆1
#Yosh_ijodkor
#Maqola
🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🏝Ijod maktabi "YOSH IJODKORLAR" to'garagi a'zosi Olimova Rushana Ilg'orjon qizining "TOG'AY MURODNING "OT KISHNAGAN OQSHOM" QISSASIDA BADIIY DIALEKTIZMLAR" nomli maqolasi "MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESERCH" (GERMANY, BERLIN) onlayn konferensiya to'plamida nashr etildi.

❤4😘1
Germany International Conference 2025 BERLIN part-46.pdf
4.1 MB

❤6⚡2❤🔥1🥰1🎉1
Эзгулик 14.06.2025.pdf
3.2 MB
#Yosh_ijodkor
#Maqola
🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🏝Ijod maktabi o'quvchisi, “YOSH IJODKORLAR" to'garagi a'zolari Gulzoda UMMATOVAning "BIR MASHINA - IKKI TAQDIR" nomli maqolasi, Marjona ILHOMJONOVAning "OLOVODAM" nomli she'ri "EZGULIK” (2025-yil, 14-iyun) gazetasining 11 (59)-sonida nashr etildi.

❤3🎉2🔥1
#Yosh_ijodkor
#Maqola
📢 KATTA ARAVA QAYERDAN YURSA...
🔰Bizni kuzatishda davom eting!
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
✅Telegram I ✅Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Maqola
📢 KATTA ARAVA QAYERDAN YURSA...
O‘zbek xalqi – so‘zamol xalq. Bir-biridan qiziq an’ana-yu urf-odatlari ham aytayotgan so‘zlarida, qo'llagan har bir iboraning zamirida ufurib turadi. Ayniqsa, nuroniylari bor xonadonlarda chin o‘zbekona tabiat asrlar o‘tsa-da barhayotdir.
Barchamizga tanish maqol-u hikmatlar kattalarning maslahatlari, tanbehlari natijasida esimizni taniy boshlaganimizdanoq ongimizga singib borgan. Jumladan, oilamizdagilarning “Katta arava qayerdan yursa, kichigi ham shu yerdan yuradi,” deya bot bot ta’kidlashlari yillar o‘tibdiki, aslo esdan chiqmaydi. Aynan bir og‘iz gap “arava”ga mas’uliyat toshini yuklaydi. Yillar davomida bu sozning ijtimoiy hayotimizdagi chuqur o‘rni va mohiyati men uchun ravshanlashib boraveradi. Odamzot tutgan yo‘li, amallari bilan nafaqat o‘z taqdirida, balki yon atrofdagi bir necha insonlarning qismatida burilishlar yasashi mumkin ekan. U xoh farzand bo‘lsin, xoh ota ona, rahbar-u xodim – har kim bunda “katta arava” bo‘la oladi. Zimmasidagi hayot yuklagan yuk va uning oqimidagi o‘z vazifalarini chuqurroq anglab yetadi. Bu maqol nafaqat to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi axloqiy qurol, balki turmushimiz farovonligi va yangi avlod jamiyatining to‘g‘ri shakllanishini ta’minlaydigan zarur omildir.
Har bir insonning turli davralarda turli mas’uliyati mavjud. Hayotga kelibmizki, yashamoqlikdek bir vazifa umrimiz oxiriga qadar yo‘ldoshimiz bo‘ladi. Oilada esa farzandlik burchi, ayniqsa, katta farzandlarda oila boshining ikkinchi qanoti bo‘lishdek muhim vazifa qilayotgan amallarida diqqatli bo‘lishga undaydi. “Katta arava” deb shuni aytadilar-da. Kichik farzandlarga o‘rnak bo‘la olish, bildirilayotgan ishonchni oqlay bilish, o‘z orzu-maqsadlari qatoriga yaqinlari umidining gullashini ham kirita olish ularning asosiy maqsadiga aylanadi. Bugunga kelib, jamiaytimizning shunday maqsad egalariga ehtiyoji katta. Sababi, texnika asrmizni yangilab borayotgan internet tarmoqlari va gadjetli olam, so‘nggi yillarda yoshlarining shu oqim bilan hamnafas shakllanishi natijasida ularning yorqin fi kr doirasi va bolalar tabiatidagi rang-baranglik barham topmoqda. Asosiy e’tibor vaqt kushandasi – ijtimoiy tarmoqlarga qaratilgan, maqsadsizlik, hozirgi vaqtnigina qiziqarli o‘tkazish uchun butun kelajakni boy berish kabi salbiy oqibatlar yuzaga kelmoqda. Shunday oilalar borki, go‘yoki yonma-yon yashovchi begonalar guruhiga o‘xshaydi. U uyda na orzu havas, na mehr, na g‘ayrat va na bolalik yashaydi. Hatto yaqinlari hayotiga bir chetda befarq va begonadek kuzatuvchi bo‘lib turuvchilar ham yo‘q emas. Aslida turmush tarzining qanday tusda bo‘lishi uning bosh bo‘g‘inlaridan andoza olingan holda shakllanadi. Yuqoridagi illatning ham qurishida yoki ildiz otishida, aynan, ularning xizmati katta. Chunki inson bir-biriga ko‘zgudir. Masalan, ota-onaning boshqalarga, aka-uka, opa-singillariga qilayotgan siylai rahmidan farzandlari ham o‘rnak olib, o‘zaro ana shunday munosabat quradilar. Axir aytadilar-ku: “Qush inida ko‘rganini qiladi”, deb. Keksalari ulug‘langan, kattaga hurmat, kichikka izzat ko‘rsatiladigan, eng muhimi, “katta arava”ning yo‘nalishi to‘g‘ri belgilangan xonadonda madaniyat va ma’naviyat ziyolliari yetishib chiqadi. Men ham bobom va buvimning shunday maqollar bilan to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, tarbiya qilib o‘stirganlarini sira xotiramdan o‘chirmayman. Bundan bahramand bo`lib ulg‘aygan singillarim da mening bosayotgan qadamlarimga e’tibor bilan razm solishadi. Sababi, mening bosgan qadamlarim ular uchun yo rag‘bat, yoki tajriba bo‘lib xizmat qiladi. Bunday his natijasida mening g‘ayratim ham oshib boraveradi. Zero, har birimiz bizga umid bilan tikilgan nigohlar uchun ham yaxshi iz qoldirishimiz va shu izdan “kichik arava”larni ham ergashtira olishimiz lozim.
©Dilnoza JABBOROVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi "Yosh ijodkorlar" to'garagi a'zosi
🔰Bizni kuzatishda davom eting!
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
✅Telegram I ✅Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
🔥11❤9💯3🏆2
#Yosh_ijodkor
#Maqola
📢 YANA QAYTSA BOLALIK...
🔰Bizni kuzatishda davom eting!
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
✅Telegram I ✅Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Maqola
📢 YANA QAYTSA BOLALIK...
Yaqinda qo‘shimcha darslarim tugab, biroz horigan holda uyga shoshildim. Mashinaga o‘tirgach, xayollarga berilib, yon-atrofimdagilarga e’tibor ham bermabman. Anchada vaqtdan so‘ng fikr-u xayolimini yig‘ib olib va mashinada o‘tirgan odamlarni bir-bir ko‘zdan kechirdim. Shu payt bir holat e’tiborimni tortdi. Jamoat joyida bo‘lishiga qaramay, qizining uzun sochlarini mayda qilib o‘rib o‘tirgan mehribon ota boshqalardan ajralib turardi. Judayam yoqimli, quvnoq ovoz bilan erkalik qilayotgan jajji qizaloq esa barchaning havasini keltirardi. Ularning quvonchi, baxti, xursandchiligi cheksiz edi. Qizalog‘i bilan yosh boladek munosabat qilib, u bilan hatto qo‘g‘irchoq o‘ynayotgan otaga va bu mehribonchilikdan yanada ko‘proq zavqlanayotgan bolakayga, ochig‘i, men ham juda havas qildim.
Bu hodisadan shirin hislarni tuyganimdan jarayonni suratga ham tushirib oldim. Shu payt o‘zimni ham aynan mana shunday zavqli onlarni boshimdan o‘tkazganim ko‘z oldimdan xuddi kino tasmasidek birin-ketin o‘ta boshladi. Dadam bilan o‘yinchoqlar o‘ynashimiz-u, yelkalariga opichlab ko‘chalarni aylantirganlari kechagidek esimda. Afsuski, o‘sha lahzalar ham yeldek o‘tdi-yu, ketdi. Garchi, hozir ham yosh jihatdan u darajada ulg‘aymagan bo‘lsam-da dadamning oldilariga borib, erkalanishdan biroz iymanaman. Vaqt esa o‘z hukmini o‘tkazib, meni yangi-yangi manzil-u maqsadlar sari yetaklaydi.
Kechagina shu qizaloq kabi sho‘xliklari bilan ota-onasi bag‘rida yayrab yurgan qiz, bugungi kunga kelib oliy maqsadlari tomon mustaqil parvoz etishga urinayotgan polapon singaridir. Yo‘l-yo‘lakay shu o‘ylarni xayolimdan o‘tkazar ekanman, mulohazalarimdan ulg‘ayish neligini anglaganday bo‘ldim. Beixtiyor xayollarimga monand misrlarni esladim:
Toshqin daryo umrimga qiyos,
Ardoqlasang, gullagay qiyg‘os,
Erkin qushdek qilurmiz parvoz,
Yoshlik degan bahor omonat.
Ha, hech kimsa umr bahorini tugab qolishini istamasa kerak. Lekin hayotining o‘zgarmas qonuniyati bunga yo‘l qo‘ymaydi. Meningcha, bolalikni ham, o‘tayotgan har daqiqaning oltindan ham bebaho ekanligini anglash, qadriga yetish ko‘ngillarga taskin beradi... Shu ma’noda bir voqelik mening xayolot olamimni egallab, shunday xulosalar qilayotganimdan taskin topdim.
Uyga yaqinlashayotganda ham bolalikka qaytib qolsam-da, degan fikrlar qayta-qayta o‘taverdi.
Yana qaytsa bolalik…
Yana qaytsa beg‘uborlik…
Qanday yaxshi edi-ya!..
©Gulzoda UMMATOVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi "Yosh ijodkorlar" to'garagi a'zosi
🔰Bizni kuzatishda davom eting!
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
✅Telegram I ✅Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
🔥4❤2👍1👌1
Ma'rifat va yoshlar 13-сон .pdf
3.2 MB
#Yosh_ijodkor
#Maqola
🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🏝Ijod maktabi “YOSH IJODKORLAR" to'garagi a'zolari Dilnoza JABBOROVAning "PARVOZ", Matluba SHAKAROVAning "HIKMATLI DUNYO" nomli maqolasi “MA'RIFAT VA YOSHLAR” (2025-yil, 14-iyun) gazetasining 13-sonida nashr etildi.

❤10
Янги Сирдарё 23.pdf
10.5 MB
#Yosh_ijodkor
#Maqola
🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🏝Ijod maktabi “YOSH IJODKORLAR" to'garagi a'zosi Charos ISLOMOVAning "ORZU – KICHIK YURAKDAGI KATTA KOINOT" nomli maqolasi “YANGI SIRDARYO” (2025-yil, 16-iyun) gazetasining 23-sonida nashr etildi.
🌐🗞BATAFSIL VEB SAHIFADA ELEKTRON O‘QISH🌐🗞

❤🔥5❤2👍2🎉1
#Yosh_ijodkor
#Maqola
🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
🏝Ijod maktabi “YOSH IJODKORLAR" to'garagi a'zosi Dilnoza JABBOROVAning "AN'ANALARGA SADOQAT" nomli maqolasi “O'ZBEKISTONDA TA'LIM” (2025-yil, 19-iyun) jurnalining 6(51)-sonida nashr etildi.

❤3⚡1🔥1🆒1