Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
656 subscribers
10.5K photos
1.68K videos
134 files
2.74K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Halima_Xudoyberdiyeva_tavalludi_76_yilligi
#kitob_taqdimoti
🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📕 Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 76 yilligiga bagʻishlab ijod maktabining 9-sinf oʻquvchilari bilan shoiraning eng sara sheʼrlari jamlangan "Tanlangan asarlar" toʻplami taqdimoti oʻtkazildi.

📘 Tarbiyachi- pedagog tomonidan shoiraning ushbu kitobi yuzasidan umumiy maʼlumotlar berib oʻtildi.
Oʻquvchilar ijodkorning kitobga kiritilgan hayot qadri,ayol qalbi kechinmalari, mehnatkash ona timsoli tasvirlangan sheʼrlari haqida oʻz fikr- mulohazalarini bildirdilar.

📌 Mashgʻulot yakunida oʻquvchilar bu jamlanmadagi eng sara sheʼrlardan ifodali oʻqishdi.

♻️ Bizni kuzatishda davom eting👇

Telegram| Facebook | Instagram| YouTube
#Kitob_taqdimoti
#Oʻqish_madaniyatini_mahoratini
shakllantirish

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Joriy yilning 23- sentyabr sanasida kutubxonada 8-sinf kutubxona foydalanuvchilari oʻrtasida axborot madaniyatini va mahoratini shakllantirish maqsadida Gʻofur Gʻulom asarlari boʻyicha ''Kitoblar taqdimoti ʼʼ nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi.

📚📚 Taqdimotda ''Shum bola'' qissasi haqida maʼlumot berib oʻtildi. Oʻquvchilar bu qissa haqida oʻz fikrlarini bildirdilar bir-birlari bilan fikr almashdilar.

⚡️ Taqdimot soʻngida oʻquvchilar asar obrazlari boʻyicha poetik tahlillar qilishdi.

Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Ona_tilim_faxrim
#Kitob_taqdimoti

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚📚 Ijod maktabi kutubxonasida 21-oktyabr- "Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi. Taqdimotda sharq mutafakkiri Kaykovusning "Qobusnoma" asari haqida maʼlumot berildi.

⚡️ Taqdimotni oʻquvchilar sharq mutafakkirlarining muomala madaniyati va notiqlik sanʼati haqidagi fikrlari, qit'a, ruboiy, hikmatli soʻzlardan iqtiboslar keltirish bilan boshlashdi.

Oʻquvchilar Kaykovusning "Ey farzand, soʻzning yuz va orqa tomonini bilgil, ularga rioya qilgil, soʻzlaringni maʼnoli gapir, bu notiqlikning alomatidir!!, degan fikrini bahsli munozara asosida tahlil qildilar.

🌈 Taqdimot qiziqarli boʻlib, oʻquvchilarda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini yanada ortishiga xizmat qildi.

Bizni kuzatishda davom eting.

❇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web -sayt
#Kitob_taqdimoti
#Muhammad_Yusuf_tavalludi

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏫 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚Joriy yilning 23-aprel sanasida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan ʼʼQuyoshga qarab oqqan suvʼʼ kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.

📚 Taqdimotda oʻquvchilar Muhammad Yusufning sheʼrlaridan namunalar oʻqidi. Kutubxonachi D.Raxmonova ijodkorning hayoti va ijodi haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtdi. Oʻquvchilar
bu asar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi .

➡️ Bizni kuzatishda davom eting.

⬇️ Biz ishtimoiy tarmoqlarda.


Telegram|Instagram| Facebook| Web-sayt| Youtube
#Mahorat_darsi
#Kitob_taqdimoti

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📙📙📙 Bugun ijod maktabida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida GulDU o‘qituvchisi Ma’ruf Qambarov “XX asr 30-yillari nasriy asarlarining tili xususida” mavzusidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Shuningdek, mashg'ulot davomida o‘quvchilarga tarixiy so‘zlarning badiiy asardagi o‘rni, tarixiy asarlar yaratishdagi ahamiyatiga oid ma’lumotlar berildi. Mashg‘ulot so‘ngida ijodkor pedagog "AZIZLARIM..." kitobi haqida, uning yaratilish ehtiyoji borasidagi fikr-mulohazlari bilan yakunladi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Xushxabar
#Kitob_taqdimoti

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏛Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-147-sonli qaroriga asosan

O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan ijod maktabi o'quvchilaridan 9 nafarining saralanma ijod namunalari “MENING BIRINCHI KITOBIM” loyihasida chop etildi.

Quvonarlisi shundaki, mazkur ijodkorlar orasida  ijod maktabi “YOSH IJODKORLAR” to‘garagi a’zosi Zulhayo MINGBOYEVAning “ISTAK” nomli kitobi 500 nusxada nashr qilindi.

Mazkur to‘plamlarning taqdimoti O’zbeksiton Yozuvchilar uyushmasida 2024-yil 21-noyabr kuni bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyishmasi raisi Sirojiddin Sayyid kitobi chop etilgan barcha ijodkorlarni tabrikladi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐Veb-sayt