Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
668 subscribers
10.9K photos
1.69K videos
137 files
2.83K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Yosh_kitobxonlar_davrasida_asar_tahlili

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Joriy yilning 12-oktabr sanasida 11- sinf o‘quvchilari va tarbiyachi-pedagog Nigora Esanova bilan birgalikda Abdulhamid Cho‘lponning ,,Kecha va kunduz‘‘ asari muhokamasini o‘tkazishdi. Mashg'ulot davomida o‘quvchilar ,,Domino‘‘ metodidan foydalangan holda asar voqealari yuzasidan tuzilgan savollarga javob berishdi.

⁉️Topqirlik va chaqqonlik talab qiladigan ,,10 savolga 10 javob‘‘ o‘yinida Rayhona Ismatillayeva eng ko'p savolga to'g'ri javob berib, o‘yin g‘olibasiga aylandi. Shahzoda Ahatqulova asar haqida umumiy tushuncha berdi.

🔎,,Menga yoqdiki..‘‘ rukni orqali Ruhshona Saidmurodova asar davomida uchragan eng qiziqarli iqtiboslarni o‘qib berdi.

📚Amaliy mashg'ulot o‘quvchilar uchun har tomonlama foydali bo'ldi, albatta. Amerikalik yosh tarjimon Kristofer Fort o‘zbek adibining bu asarni ingliz tiliga o‘girgan.

🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Xalqaro_qizlar_kuni


🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

Ijod maktabimizda qizlarimizning jismonan sog'lom, aqlan yetuk va tetik bo'lib yetishishlariga zamin yaratish maqsadida bir qator sport mashg'ulotlari hamda musobaqalar bo'lib o'tmoqda. Jumladan, ijod maktabimiz o'quvchilari o'rtasida arqon ortish musobaqasi ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.

Musobaqada ishtirok etgan 8-"A" sinf o'quvchilari g'oliblik shohsupasini egalladilar. Shuningdek, 8-"B" sinf ikkinchi o'rin va 7-"B" sinf uchinchi o'rinni qo'lga kiritdilar.


🎯Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Ona_tilim_faxrim

"Oʻzbek tili – milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!"

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🎗Bugungi Ma'naviyat va ma'rifat soati Ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bag'ishlandi.

💐Oʻquvchilar Ahmadqulova Vazira, Hamroqulova Shahzoda bugungi kundagi oʻzbek tiliga berilayotgan eʼtibor, olib borilayotgan islohotlar toʻgʻrisida gapirdi.

Sinf rahbar Sh. Mamadaliyeva mashg'ulotni tarix, adabiyot fanlari bilan bog'liq holda tashkil etib, tilimiz yuksalishi uchun jon bergan ajdodlarimiz  to'g'risida ma'lumot berdi.

💫Mashgʻulotda videolavha namoyish etildi. Bu videolavhada Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilishini talab qilib chiqqan hamyurtlarimizning jasoratini koʻrib oʻquvchilarimizning koʻzlari yoshlandi.

Bizni kuzatishda davom eting.
⚡️Biz  ijtimoiy  tarmoqlarda.
Telegram| Instagra | Facebok | You Tube | Web-sayt
#Salom_kuz


🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

Ijod maktabimiz o'quvchilari ishtirokida "Salom kuz" nomli ko'rik tanlov o'tkazildi. Ushbu ko'rik tanlovda o'quvchilar: tanishtiruv, dizayn, bekajon hamda raqs yo'nalishlarida o'zaro bellashdilar.

Ishtirokchilar kuz malikasi, eng latofatli, eng zukko, eng eng nafosatli va eng uddaburon kabi nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandilar. Tanlov davomida o'quvchilar ijodidan yangragan kuy-qo'shiqlar va she'rlar barchaga manzur bo'ldi hamda a'lo kayfiyat baxsh etdi.

Shuningdek, ko'rik tanlovda faxrli birinchi o'rinni: Olimova Odina, ikkinchi o'rinni Ahmadova Bonu, uchinchi o'rinni esa Muhammadjanova Mushtariy egalladilar.


🎯Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube