Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
670 subscribers
10.9K photos
1.69K videos
137 files
2.83K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Xalqaro_qizlar_kuni
#Balli_qizlar_tanlovi

🔰 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi

Ijod maktabimizda 11-oktabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan 7-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Balli qizlar" koʻrik tanlovi  bo'lib o'tdi.
Ushbu ko'rik tanlovda umumiy 4 ta jamoa a'zolari: tanishtiruv,  erkin mavzu hamda pazandachilik shartlari bo'yicha o'zaro bellashdilar.

Har bir jamoa ishtirokchilari tanlov davomida o'zlarining topqirliklari, epchil va chaqqonliklarini namoyon etib, ushbu ko'rik- tanlovning ko'tarinki kayfiyatda o'tishiga hissa qo'shdilar.

🎯Bizni kuzatishda davom eting!   

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Vatanimiz_sarhadlari_bõylab_sayohat

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🎗 Yoshlarimizda Vatanparvarlik ruhini  shakllantirish borasida ko'plab tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati qo'riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda ijod maktabining 7-sinf o'quvchilari Yangiyer shaharlararo qo'riqlash bo'limiga harbiy xodimlar hayoti va sharoitlarini ko'rish uchun tashrif buyurdilar.

Sayohat davomida o'quvchilar Yangiyer shaharlararo qo'riqlash bo'limida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek, o'quvchilar suhbat davomida harbiy xodimlardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

👉Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇


Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatanimiz_sarhadlari_bõylab_sayohat

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐  Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


🔠  Mamlakatimizda turizm industriyasini yanada rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, yurtimizga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, O'zbekiston o'zining ko'plab tarixiy-me'moriy yodgorliklari bilan mehmonlarni o'ziga jalb etmoqda.

🌈 Yoshlarimizda Vatanimizning muqaddas qadamjolari haqidagi bilimlarini yanada oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati qo'riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda  Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabining 7- sinf o'quvchilari Jobir ota va uning rafiqasi Xadicha bibi ziyoratgohiga sayohatga borishdi.

➡️ Sayohat  yakunida o'quvchilar o'zaro fikr-mulohazalari bilan o'rtoqlashishdi.


🔽Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇


Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Ona_tilim_faxrim

"O'zbek tili – milliy o'zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli!"

🏫 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Boburshohning iztirobin xatga joylagan,
O‘z yurtida toptalsa ham sabot aylagan,
Ichimdagi asirimsan yoki pirimsan
Podshohimsan, vazirimsan, ona tilimsan.

📚 Ma'naviyat va ma'rifat soatini ijod maktabining o'quvchilari ona tilimizni madh etish bilan boshlashdi. Sinf rahbar U.Sultonova tomonidan tilimiz istiqboli yo'lida jon fido etgan jadidlar to'g'risida ma'lumot berildi.

☀️ O'quvchilar Xurshid Davronning "Ona tilim" she'rini ifodali o'qidilar.

🌟Iste'dodli o'quvchilar "Omon yor" milliy kuyini, pianinoda Motsartning "Rondo" kuyini chalib, darsga o'zgacha fayz kiritishdi.

Bizni kuzatishda davom eting.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube