Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
665 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Mushoira_tanlovi

Bugun Halima Xudoyberdiyeva ijod maktabi ijodkor oʻquvchilari oʻrtasida Respublika miqyosida oʻtkazilayotgan "5 bosqichli 5 tashabbus" olimpiadasi doirasida "Mushoira" tanlovining birinchi bosqichi oʻtkazildi. 14-19 yosh toifasi boʻyicha 60 dan ortiq hujjat topshirgan oʻquvchilardan 10 nafari saralashdan oʻtib, ular yana oʻz ijodi va "bahr-u bayt" bellashuvi orqali oʻzaro bellashishdi.
Tanlov yakunida bir kishini saralab olish hakamlarga qiyinchilik tugʻdirdi va Valijonova Dilfuza, Yorqinova Gulbahor, Mingboyeva Zulhayolarga 10-may kunigacha imkon berishdi. Hakamlar 10-may kuni ular orasidan 1-oʻrinni aniqlab olishga kelishishdi. Ushbu 3 ta oʻquvchilarimizdan biri 1-oʻrinni egallab, maktabimiz shaʼnini keyingi bosqichlarda ham munosib himoya qilishiga ishonamiz!

Omad yor boʻlsin, aziz oʻquvchilar!

Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

https://t.iss.one/ijodiy_tanlovlar
https://www.facebook.com/
#Mushoira_tanlovi
#shahar_bosqichi

🏢Prezident ta'lim muassasalari tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun Besh tashabbus olimpiadasi doirasida oʻtkazilayotgan "Mushoira" tanlovining shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Tanlovning
♦️20-25 yosh toifasida
🥇1-oʻrinni maktabimizning "Ijodiy" toʻgaragi rahbari Quddus Asad;
♦️14-19 yosh toifasida
🥇1-oʻrinni 10-sinf oʻquvchisi Sitora Naimjonova egallab, viloyat bosqichiga yoʻllanma olishdi.

Gʻoliblarimizga viloyat bosqichida ham omad tilaymiz!👏

https://t.iss.one/ijodiy_tanlovlar
https://www.facebook.com/
#Mushoira

Mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi, viloyat "Kamalak" bolalar tashkiloti tomonidan "Mahallada yoshlar mushoirasi" loyihasi o'tkazilib, tuman va shaharlardan iste'dodli yigit-qizlar, jumladan, Halima Xudoyberdiyeva maktabining o'quvchilari ham faol ishtirok etishdi va Sirdaryo viloyati hokimi Gʻafurjon Mirzayev tomonidan alohida eʼtirof etildi.

https://t.iss.one/ijodiy_tanlovlar
Forwarded from QUDDUS ASAD
#5_tashabbus_amalda
#Mushoira

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📜 12-dekabr –  oʻzbek shoiri, dramaturg Hamid Olimjon tavallud topgan kunning 113 yilligiga bagʻishlab ijod maktabining 8-sinflar oʻrtasida mushoira oʻtkazildi. Mushoirada oʻquvchilar Hamid Olimjon sheʼrlaridan bayr-u bayt bellashuvini oʻtkazishdi. Bu esa oʻquvchilarning shoir ijodiga qanchalar qiziqishlarini namoyon etdi. Mushoira oxirida oʻquvchilar 2 guruhga boʻlinishdi, Hamid Olimjon hayoti va ijodiga bagʻishlangan savollarga javob berishdi. Tadbir oʻquvchilarning adabiyotga qiziqishlarini yanada ragʻbatlantirdi va oʻzgacha taassurot qoldirdi.

Tarbiyachilar: Quddusbek Asadullayev & Dildora Tuychiyeva

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Mushoira
#Muhammad_Yusufning_69_yilligi

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

   📚O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 69 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shoirning qalamiga mansub she'rlari tahlil qilinib,  mushoira o‘tkazildi.
    O‘quvchilardan Saidmurodova Ruxshona, Farhodova Feruza, Tuvalova Farangiz shoirning she'rlarini ifodali o‘qib o‘zaro bellashishdi. Qizg‘in bellashuv natijasiga ko‘ra, Saidmurodova Ruxshona g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
    Bundan tashqari Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda barcha o‘quvchilar shoir hayoti va ijodi haqida bilimlarini mustahkamlashdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Mushoira
#Muhammad_Yusufning_tavalludining_69_yilligi

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


📚O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning tavalludining 69 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shoirning she'rlari asosida mushoira o'tkazildi.
Dastlab, tarbiyachi-pedagog tomonidan o‘quvchilarga shoir hayoti va ijodi haqida qisqacha ma'lumot berib o‘tildi. Toshpo‘latova Mushtariy, Abdunabiyeva Surayyo shoir ijodi haqida o'z fikrlarini berib o‘tdilar.
Mushoira boshlangach, Mirzaqulova Iroda va Rahmatullayeva Aziza mushoiraning "Eng faol ishtirokchisi" deb topildi va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Adiblar_xiyoboni
#Mushoira_etadi_davom

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝 Bugun Adiblar xiyobonida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining bir guruh ijodkor o‘quvchilar o‘rtasida mushoira tashkil etildi. Mushoirada ijod maktabi o‘quvchilari adabiy merosimizning bebaho namunalariga murojaat qilishib, tabiat qo‘ynida she’riy lahzalardan o‘zaro zavq olishdi. She’riyat kechasiga aylangan mazkur davra suhbatida o‘zbek she’riyatiga oid fikr-mulohazalar ham tinglangdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram IFacebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#mushoira
#Yangi_hayot_uchun_yangi_Õzbekiston_uchun

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰Bugun o‘quvchilarda vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchilari bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori asosida ochiq osmon ostida mushoira o‘tkazildi. Mushoirada o‘quvchilar ustoz shoirlar hamda o‘z ijodiga mansub Vatanni madh etuvchi she‘rlardan namunalar o‘qidilar.

Mushoira qiziqarli va mazmunli bo‘lib o‘tdi. Barcha o‘quvchilarda katta taassurot uyg‘otdi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Xalqaro_qizlar_kuni
#mushoira_zavqi

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💥Qizlar millatning koʻrki, millatning kelajagi hisoblanadi.
Qizlarning maʼnaviy yetuk,komil inson boʻlib oʻsishida taʼlim-tarbiyaning oʻrni nihoyatda katta.

💫11-oktyabr "Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan ijod maktabining 10-sinf oʻquvchi qizlari oʻrtasida oʻzbek shoiralari ijodi yuzasidan "Mushoira" kechasi oʻtkazildi.

📕 Mushoirada oʻquvchilar Zulfiya Isroilova,Halima Xudoyberdiyeva,Oydin Xojiyeva kabi nafis qalam sohibalarining sheʼrlarini maroq bilan oʻqishdi. Oʻtkazilgan mushoira juda qizgʻin va taassurotlarga boy tarzda oʻtib, oʻquvchilarning sheʼriyatga boʻlgan qiziqishlarini yana bir pogʻonaga oshirdi.

📙Mashgʻulot soʻngida ishtirokchilarimiz esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Mushoira

🏛 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚 O‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, she'riyatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Ogahiy hamda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktablarining 9-sinflari o‘rtasida mushoira tashkil etildi.

Ikkala maktab o‘quvchilari ham mushoirada juda faol ishtirok etishdi. Do'stlik g‘alaba qozondi. Mushoira so'ngida ikkala jamoa ham taqdirlandi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Tõra_Sulaymon_90_yoshda
#Mushoira

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🎓O'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida 8-"B" sinf o'quvchilari bilan To'ra Sulaymon ijodiga bag'ishlangan mushoira o'tkazildi. Dastlab, tarbiyachi-pedagog shoirning hayoti va ijodiga oid 10 ta fakt aytdi.

🖇Rumiy bobomiz: "Qanday bo'lsang, shunday ko'rin, qanday ko'rinsang shundoq bo'l",— degan hikmatli fikr aytgan. Nazdimizda, To'ra Sulaymon xuddi shu "qoida"ga amal qila olgan.

📝O'quvchilar shoir qalamiga mansub "Iltijo" va "Armon" she'rlaridan parcha aytishdi. "Tavallo" she'rining audiomatnini tinglashdi.

📚Mashg'ulot so'nggida ijodkorning she'rlaridan bahr-u bayt aytishdi.

📝Bu mashg'ulot o'quvchilarda To'ra Sulaymonning xalqona she'riyatiga muhabbatni yanada oshirdi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#mushoira

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰 O‘zbek adabiyotida Chustiy taxallusi ostida ijod qilgan Nabixon Nurullohxo‘ja oʻgʻli tavalludining 120 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida g‘azalxonlik kechasi bo‘lib o‘tdi.

❇️ O‘quvchilar Chustiy asarlari asosida “Lolazor” va “Hayotnoma” nomlari bilan ikki guruhga bo‘linishdi hamda shoir g‘azallari asosida mushoira tashkil etildi.

Mushoirada ikkala jamoa ham faol ishtirok etishdi. So‘nggi natijaga ko‘ra kichik farq bilan “Lolazor” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Faol ishtirok etgan o‘quvchilar taqdirlandi.

♻️ Mushoira barcha o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I🌐 Veb-sayt | 🌐Instagram I 📹YouTube
#Mushoira
#Muhammad_Yusufning_70_yilligi

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

   O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning 70 yilligi munosabati bilan ijod maktabining 11"A"-sinf o‘quvchilari o‘rtasida shoirning qalamiga mansub she'rlari tahlil qilinib,  mushoira o‘tkazildi.
    O‘quvchilardan Davronbekova Shahlo, Eshqulova Gulsanam, Hamraqulova Shahzoda, Turgʻunboyeva Gulsanam shoirning she'rlarini ifodali o‘qib o‘zaro bellashishdi. Qizg‘in bellashuv natijasiga ko‘ra, Hamraqulova Shahzoda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
    Bundan tashqari Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda barcha o‘quvchilar shoir hayoti va ijodi haqida bilimlarini mustahkamlashdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   
Telegram| Instagram| Facebook|
Veb-sayt| YOU TUBE
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
#Mushoira

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Bugun ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari va Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchilari bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan mushoira o‘tkazildi.

Mushoira davomida o‘quvchilar shoirning qalamiga mansub eng mashhur va xalqchil she'rlar asosida bahr-u bayt uyushtirishdi.

Har ikkala maktab o‘quvchilari ham she'rlarni ifodali aytishdi.

🏆Mushoira so‘nggida ikkala jamoa ham teng qatnashib o‘rtoqlik g‘alaba qozondi va maktab ma'muriyati tomonidan esdalik sovg‘alar berildi.

Bunday hamkorlikdagi tadbirlar o‘quvchilarni yanada bir-biriga yaqinlashtiradi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube
#Halima_Xudoyberdiyevaning_77_yilligi
#Mushoira

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Bugun ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari va Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining o‘quvchilar o‘rtasida Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligiga bag‘ishlangan mushoira o‘tkazildi.

Sherxonlik davomida o‘quvchilar shoira ijodidan eng mashhur she'rlardan o'qishdi. Ikkala maktab o‘quvchilari ham bellashuvda faol ishtirok etishdi.

❇️Halima Xudoyberdiyeva she'riyatini o‘rganar ekanmiz, shoiraning o‘zbek ayoli jasorat timsoli ekanligiga amin bo‘lamiz.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube
#Mushoira_tanlovi
#Ğoliblik_muborak

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📖 Bugun Yoshlar markazi binosida 🖐 Besh tashabbus olimpiadasi doirasida 🖌Mushoira tanlovining Sirdaryo viloyat yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolaridan iborat hakamlar hay’atining xulosasiga ko‘ra Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi, “Yosh ijodkorlar” to‘garagi a’zosi Zulhayo Mingboyeva 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va tashkilotchilar tomonidan g'oliblik diplomi bilan taqdirlandi.

🍀Muvaffaqqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I