Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
665 subscribers
11K photos
1.7K videos
143 files
2.87K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz
#insholar_tanlovi

🏢Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabining 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Korrupsiya - adolat kushandasi" mavzusida insholar tanlovi o'tkazildi.

O'quvchilar nafaqat korrupsiya, balki unga qarshi kurashishdagi chora-tadbirlar haqida ham o'z insholarida bayon qilishdi.

Insholar tanlovi 10-sinflar o‘rtasida o‘tkazild.
Natijalarga ko‘ra
🥇1-o‘rinni 10-"A" sinf o‘quvchisi Rustamova Shaxzoda
🥈2-o‘rinni 10-"B" sinf o‘quvchisi Qo'zibekova Gulbahor
🥉3-o‘rinni 10-"A" sinf o‘quvchisi Karimova Marjonalar qo'lga kiritishdi.

🏆G‘oliblar maktab ma'muriyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Bizni kuzatishda davom eting 👇

Telegram | Instagram | Vebsayt |FacebookYouTube
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz.

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi

🏫Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️ Korrupsiya - jamiyat rivojini ortga suruvchi, insonlar ishonchini yo'qqa chiqaruvchi mudhish jinoyatdir. Shu sababdan ham yurtimizda ushbu jinoyatning kelib chiqish xavfini oldini olish va unga qarshi kurashish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. 

📌 Ijod maktabining 8-"A" sinf oʻquvchilari bilan "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida " Ma'naviyat va ma'rifat soati" tashkil etildi. Ushbu mashg'ulot jarayonida o'quvchilar korrupsiya qanday jinoyat ekanligi, uning salbiy oqibatlari jamiyat taraqqiyotiga qanchalik xavf tug'dirishi hamda insonlar qalbini vayron qilishi haqida o'z fikr-mulohazalarini  bayon qildilar.  Barcha o'quvchilar bahs-munozaralarda faol qatnashdilar. "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida ijodiy ishlar tsqdim etildi.


🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Biz_korrupsiyaga_qarshimiz
#Davra_suhbati

🏢 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
🏫Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️ Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi.  Shu sababdan ham mamlakatimizda ushbu jinoyatning kelib chiqish xavfini oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.  Ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan.

📌  Ijod maktabining 9-"A" sinf oʻquvchilari o'rtasida maishiy korrupsiyaga qarshi davra suhbati o'tkazildi. Ushbu davra suhbatida o'quvchilar korrupsiya qay davralarda, qay hollarda uchrashi haqida misollar keltirdilar va unga qarshi qanday chora-tadbirlar qo'llanilishi mumkinligi haqida o'z fikr-mulohazalarini qizg'in tortishuv tarzda bayon qildilar.  Barcha o'quvchilar tadbirda faol qatnashdilar.



🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating.

| Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube