Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
668 subscribers
11K photos
1.7K videos
137 files
2.85K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

PREZIDENT MAKTABLARI O'QUVCHILARI "ISI JUNIOR-2022" OLIMPIADASI G'OLIBI

1-7-iyul kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha "ISI Junior-2022" olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

❗️Mazkur olimpiadada O'zbekiston terma jamoasi jami 4 ta medalni qo'lga kiritdi. Ular orasida Prezident maktablari o'quvchilari ham bor:

🥇Andijon shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Dilyor Valijonov - oltin medal,

🥈Namangan shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi Husanboy Mansuraliyev kumush medalni qo'lga kiritdi.

❗️Shuningdek, “Profi school” maktabining 10-sinf o‘quvchisi Otabek Jo'rabekov oltin medal va
Xalqaro Westminster universiteti akademik litseyi 2-bosqich o‘quvchisi Kim Svyatoslav bronza medali sohibi bo'lishdi.

✔️Olimpiada gibrid shaklda tashkil etilib, unda O'zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Turkmaniston, Rossiya, Ozarbayjon, Hindiston, Xitoy va Kuba kabi davlatlardan 20 ta jamoa ishtirok etdi.
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Ijod_maktablari

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi bitiruvchi o'quvchisi Ne'matov Ahmadjon Burxon o'g'li Yangi O'zbekiston universiteti tomonidan tashkil etilgan "Buyuk allomalar izidan" nomli kimyo va fizika fanlari olimpiadasining fizika fani yo'nalishida ishtirok etib, final bosqichida 2
million so'm pul mukofoti hamda bakalavriat yo'nalishida grand asosida o'qish imkoniyatiga sazovor bo'ldi.

💐Ne'matov Ahmad Burxon o'g'lini ushbu muvaffaqiyati bilan ijod maktabi jamoasi muborakbod etadi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube