Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
664 subscribers
10.8K photos
1.69K videos
136 files
2.82K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Sónggi_qónĝiroq
#Vatan_nomi_dillarda

💐💐💐 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida “Vatanga xizmat-oliy saodat” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilarning ota-onalari, viloyat hokimligi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirni maktab direktori P.Axmedjanova kirish so‘zi bilan ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning maktablarni bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbirning badiiy qismi ham rang-barangligi bilan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. "Navbahor" raqs to'garagining sahnalashtirgan raqs kompozitsiyasi, o'quvchilar tomonidan ijro etilgan qo'shiqlar, she'rlar, jarchilarning jo'rligi tadbirga o‘zgacha kayfiyat va ko‘tarinkilik ulashdi.
O‘z navbatida, viloyat hokimining ko‘plab xalqaro, respublika va mahalliy tanlov, musobaqa va bellashuvlarda yuqori o‘rinlarni band qilgan, o‘z iste’dod va mahoratini ko‘rsatgan shunday o‘g‘il-qizlarni tarbiyalab o‘stirgan, to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirgan o‘quvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalarni topshirildi.
Direktor o‘rinbosarlari T.Mamatxalikova va Z.Tuychiyevlar joriy o‘quv yilida ijodiy, fan, sport va boshqa turli yo‘nalishlarda e’tirof etilgan o‘quvchilarni diplom, kitob jamlanmalari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. Shuningdek, Agentlik tomonidan o'tkazilgan "Mening Prezidentim - mening faxrim" respublika tanlovi g'olibi F.Yigitaliyeva ham taqdirlandilar.
Qirg'iziston Yozuvchilar uyushmasi a'zoligiga qabul qilingan S.Naimjonova hamda D.G'afurovalarni tabrikladilar.
"Ko'ngil qo'shiqlari" nomli ijod maktabining ijodkor o'quvchilari she'rlari kitobi taqdimoti tadbir shukuhiga shukuh qo'shdi.

✍️ Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🔰Bizni kuzatishda davom eting

🔹Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I