Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
662 subscribers
10.4K photos
1.66K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Yangi_hayot_uchun_yangi_Õzbekiston_uchun

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


⚡️Yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida "Birinchi qo'ng'iroq" tadbiri tantanali va ko'tarinki ruhda tashkil etildi.
    Tadbirni maktab direktori Axmedjanova Pokiza Shavkatovna ochib berdi.
    Tadbirda O‘zbekiston  Davlat Jahon tillari universiteti tarjimonlik kafedrasi dotsenti Begoyim Xolbekova ,katta o‘qituvchisi Alisher To‘rayev, Maktabgacha va maktab ta’limi    boshqarmasi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedagogik-psixologik  sho‘ba rahbari  Gulchiroy Rahmonova hamda  davlat va jamoat ishlari faollari ishtirok etdi.
     Birinchi qo'ng'iroq sadolari ostida o'quvchilar sinf xonalariga kuzatib qo'yildi.

Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I ✔️YouTube
#Yangi_hayot_uchun_yangi_Õzbekiston_uchun

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktab
💫Xuddi shu shior ostida bugun yurtimizning barcha o'quv maskanlarida "Bilimlar kuni" keng nishonlanmoqda.
🎗Jumladan, ijod maktabida ham "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun! " shiori ostida"Vatanga xizmat-oliy saodat" mavzusida 11-"B" sinfida tashkil etilgan Mustaqillik darsiga taklif etilgan mehmonlarning ham taassurotlari o'zgacha.
🏵Mustaqillik bayrami sharafiga tashkil qilingan mazkur darsda Jahon tillari universiteti professori Begoyim Xolbekova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist, "Yangi Sirdaryo" gazetasi bo'lim boshlig'i, "Saodat" jurnalining viloyat muxbiri Xolida Pardaboyeva o'zlarining tajribalari, ijodlari bilan o'rtoqlashdilar.
📝Iste'dodli o'quvchilarga esdalik sovg'alarini taqdim etishdi.
🔰Bizni kuzatishda davom eting

🔹Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube I
#Yangi_hayot_uchun_Yangi_Õzbekiston_uchun

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim  muassasalari agentligi tizimidagi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun 8-'' A '' sinf o'quvchilari dars avvalida mustaqillik haqida va mustaqillikga erishguncha yurtimiz boshidan o'tgan qiyinchiliklar haqida so'zlashishdi va undan so'ng turli xildagi o'yinlar o'ynashdi. Bular : '' Meni top '' va '' Iboralar '' deb nomlanadi .

❇️ O'yindan so'ng o'quvchilar ''yangi'' so'zining tushunchasi va yurtimizda olib borilayotgan o'zgarishlar haqida so'zlashishdi.

🟢 Keyin darsni yanada qizg'inlashtirish maqsadida o'quvchilar guruhlarga bo'linib , o'z guruhlariga kasb yo'nalishidagi sohalarni bo'lib olishdi va shu soha bo'yicha qanday o'zgartirishlar kiritish haqida o'z fikrlarini bo'lishishdi.

Sinf rahbar : Qalandarova Mavjuda

🔰Bizni kuzatishda davom eting ✔️
#Telegram_Instagram_You tube
#Facebook_Veb-sayt
#Yangi_hayot_uchun_Yangi_Õzbekiston_uchun
☀️Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Ruziyeva O'g'ilnor Egamberdiyevna 10-"B" sinf o'quvchilari bilan O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligiga bag'ishlangan "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida mustaqillik darsi tashkil qildi.
💫Mashg'ulot davomida jumlalar jilvasi rukni ostida  o'tkazilgan "Koshki....", "Kuz keldi, men esa hali ham...." o'yinlari , "So'zlar sinonimiyasi" kabi topshiriqlar o'quvchilar ruhiyatini ko'tardi.
Ushbu mashg'ulotda  "Vatan" kinofilmidan qo'yib berilgan parcha tahlilga tortilib o'quvchilarning fikrlari tinglandi.
🏵Dars davomida o'quvchilar Vatanni tarannum etuvchi qo'shiqlar va she'rlar ijro etishdi.
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Yangi_hayot_uchun_Yangi_Õzbekiston_uchun
🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasi agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabining 8-sinf o'quvchilari bilan "Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun" shiori ostida mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan Vatanni madh etuvchi she'rlar yuzasidan mushoira bo'lib o'tdi.Ushbu tadbirda Vatan haqidagi mashhur shoirlarning ijodidan va o'zlari yozgan she'rlarini yoddan aytib berishdi.

💫Tadbir davomida o'quvchilar "Yosh shoiralar" va "Yosh iste'dodlar" guruhiga bo'linib bahr-u bayt o'tkazildi. Bahr-u bayt juda qiziqarli o'tdi. Ikki guruh ham faol qatnashishdi va do'stlik g'alaba qozondi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Yangi_hayot_uchun_yangi_Õzbekiston_uchun

🔰 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🦅Yangi o'quv yili boshlanishi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida bugungi kunda Prezidentimiz tamonidan 5 ta muhum tashabbus qabul qilinganligi yoshlarimizda kitobga, sportga, musiqaga, san’atga va axborot texnologiyalari qiziqishlarini ortishiga sabab bo’lmoqda.

4️⃣Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha ijod maktabida ham tizimli ishlarni tashkil etib kelinmoqda.
7️⃣-🅱️ sinf o'quvchilari ijod maktabining kutuxonaga tashrif buyurishdi. U yerda o'quvchilar badiy, ilmiy tadqiqot, O’zbekistonning siyosiy, Yuridik adabiyot manbalari, Ilmiy avtoreferat, dissertatsiyalar, jurnallar manbalaridan foydalanish, xorijiy adabiyotlar axborotini o’rganish oynalarini va axborot kommunikatsiya vositalaridan yani, kompyuter elektron smart display, WiFi lardan foydalanish ko’nikmasini tarbiyachi ishtirokida o’rganishdi va kutubxonaga a’zo bo’lishdi.

👨‍🏫 O'quvchilarimiz kutubxonani yuksak did bilan kelajak avlod uchun yaratilgan sharoitlarni qulayliklarni ko’rib, bir olam zavq olishdi.

📚Ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda kutubxonaning o‘rni nihoyatda beqiyos.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

🕊Telegram I📱Facebook I🌏 Veb-sayt I📱Instagram I📺Youtube
#mushoira
#Yangi_hayot_uchun_yangi_Õzbekiston_uchun

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🔰Bugun o‘quvchilarda vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida ijod maktabining 9-"B" sinf o‘quvchilari bilan "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori asosida ochiq osmon ostida mushoira o‘tkazildi. Mushoirada o‘quvchilar ustoz shoirlar hamda o‘z ijodiga mansub Vatanni madh etuvchi she‘rlardan namunalar o‘qidilar.

Mushoira qiziqarli va mazmunli bo‘lib o‘tdi. Barcha o‘quvchilarda katta taassurot uyg‘otdi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |
#Zakovat_intellektual_õyini
#Yangi_hayot_uchun_yangi_Õzbekiston_uchun

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


❇️ Bugun ijod maktabining 8-9-sinf o'quvchilari o‘quvchilari o‘rtasida "Yangi Hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida "Zakovat" intellektual turniri o'tkazildi. Turnirda 8-sinfning "Victory" va "Yangi hayot" jamoalari, 9-sinf o'quvchilarining "Yangi O‘zbekiston" va "Evrika" jamoalari o‘zaro bellashdilar.

O'yinda "Victory" jamoasi 60 ball, "Yangi hayot" jamoasi 40 ball, "Yangi O‘zbekiston" jamoasi 70 ball, "Evrika" jamoasi esa 50 balni qo'lga kiritishdi. So'ngi natijaga ko‘ra, "Yangi O‘zbekiston" jamoasi g‘olib deb topildi va diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

♻️ O'yin juda qiziqarli va mazmunli bo‘lib o'tdi. Barcha o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

🌐Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
| Telegram | Facebook | Instagram | You tube |