Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
670 subscribers
10.9K photos
1.69K videos
137 files
2.83K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Navroʻz_yangilanish_ayyomi
#Ekopatrul

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🌿Obod yurtga bayramlar, shodiyonalar yarashadi. Ayni shu maqsadda mamlakatimizda har yili Navro‘z umumxalq bayrami oldidan hashar uyushtirish, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish anʼanaga aylangan.
🌱Shu maʼnoda ijod maktabi 9-sinfining koʻngilli oʻquvchilaridan iborat "Ekopatrul" guruhi tomonidan taʼlim muassasasi hovlisida obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Bunda oʻquvchilar maktab bogʻboni boshchiligida hovlidagi daraxtlarga shakl berdilar, manzarali oʻsimlik va gullar tagini yumshatdilar, ariqchalarni xazonlardan tozaladilar.
Bu kabi yumushlar oʻquvchilarda xalqimizga xos saronjom-sarishtalik, tabiatni sevish va asrash kabi fazilatlarni yanada mustahkamlaydi.

Biz ijtimoiy tamoqlarda👇
Bizni kuzatishda davom eting!   

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube