Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
668 subscribers
11K photos
1.7K videos
137 files
2.85K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Navoiy_ijodiga_oshiqmiz
#Navoiy_tavalludining_584_yilligi
🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
💫Bugungi Ma'naviyat va ma'rifat soati darsi o'zgacha taraddud, o'zgacha metod asosida o'tdi.
📝 So'z mulkining sultoni deya ta'riflanuvchi Navoiy tavalludining 584 yillik sanasi 11-"B" sinfida sahna darsi tarzida tashkil etildi.
☀️11-"B" sinfining o'quvchilari Oybekning "Navoiy" romanidan parcha sahnalashtirdilar. Navoiy to'g'risida rivoyatlar so'zladilar.
🏵 Sinf o'quvchilari ikki guruhga bo'linib, Ulug' ustoz g'azallari va ruboiylari asosida bahru bayt tashkil etishdi.
🎗 Sahna ko'rinishida Navoiyning Astrabodda hokimlik qilgan faoliyati o'quvchilar tomonidan mohirona ijro etildi.


🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

https://t.iss.one/hxudoyberdiyeva I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Navoiy_tavalludining_584_yilligi
#Xazoyin_ul_maoniy

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Ijod maktabining 11-"B" sinf oʻquvchilari ishtirokida Navoiy tavalludining 584 yilligiga bagʻishlab ulugʻ allomaning "Xazoyin ul-maoniy" asari yuzasidan mashgʻulot boʻlib oʻtdi.

📗Ushbu asar oʻz davridagi maʼnaviy hayotning oʻziga xos qomusi boʻlib,shoir sheʼrlarida hayotni,insonni,uning olijanob tuygʻu va intilishlarini ulugʻlagan.

⚡️Tarbiyachi-pedagog tomonidan Navoiy sheʼriyatida badiiy sanʼatlarning qoʻllanilishi toʻgʻrisida ham maʼlumotlar keltirildi.
⚡️Mashgʻulot davomida oʻquvchilar devonda keltirilgan gʻazallar va tuyuqlarni tahlil qilishib sheʼriy sanʼatlarni topishdi.
Tariximizda oʻchmas iz qoldirgan,turkiy adabiyotning soʻnmas mashʼalasi Alisher Navoiy ijodini oʻrganish,uni targʻib qilish barchamiz uchun buyuk sharafdir.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
🌐Telegram I🌐 Instagram I Veb-sayt I YouTube I Facebook
#Navoiy_tavalludining_584_yilligi
#Viktorina

🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.

Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiydan buyuk meros boqiy qoldi. Xoʻsh, mutafakkirning asarlari nechta va qanaqa janrlarda ijod qilgan?
Ijod maktabining 11-sinf oʻquvchilari bilan A.Navoiy tavalludiga bagʻishlab "Navoiy asarlarini bilamizmi?"shiori ostida viktorina tashkil etildi.
Viktorina shartlari II qismdan iborat boʻlib, ishtirok etayotgan "Tavhid" va "Qaqnus" jamoalari I qismida buyuk arbobning asarlari, ularda nechta soʻz ishlatgani,qanaqa janrlarda ijod qilgani, asarlarining bosh gʻoyasi kabi savollarga javob berishdi.
II qismda berilgan gʻazal va tuyuqlarni tadbil qilishib, shʼeriy sanʼatlarni topishdi.
Musobaqada oʻquvchilar Hazratning 31janrda naq 4 ming 585 ta asar bitgani boʻyicha bilimlarini mustahkamlashdi.Bunday yuksak miqyos jahon sohibi qalamlaridan kamdan-kamigagina nasib etishi haqida fikr almashdilar.

🟢TelegramFacebook🌐Web-sayt🌐Instagram
#Navoiy_tavalludining_584_yilligi
🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

💫Halima Xudoyberdiyeva nomidagi Ijod maktabi 8-"B" sinfida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi  Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag'ishlangan ma'naviyat-ma'rifat darsi tashkil etildi.
☀️ O'quvchi-yoshlar ongiga ularning bebaho ijodiy-ilmiy merosini chuqur singdirish maqsadida  "Buyuk mutafakkir saboqlari" mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi, g'azallaridan namunalar o'qildi.

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
💫
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

https://t.iss.one/hxudoyberdiyeva I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I