Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi
#Zakovat

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabi o'quvchilari oʻrtasida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi.
📚Avvalo, o'quvchilarga zullisonayn shoirning boy ma'naviy merosi va hozirgi kunda olib borilayotgan tadqiqotlar haqida umumiy maʼlumotlar berildi.
⚡️Soʻng buyuk mutafakkir ijodi yuzasidan "Zakovat" oʻyini uchun tayyorlangan 13 ta savollar 8-"A" sinfning "Tavhid", 9-"A" sinfning "Tafakkur", 10-"A" sinf oʻquvchilaridan shakllangan "Iqtidor" guruhlari oʻrtasida oʻynaldi. Bilimdonlik va chaqqonlik koʼrsatgan 9-"B" sinfning "Tafakkur" jamoasi intellektual oʻyin gʻolibi boʻldi.
⚡️Tayyorlangan loyiha Navoiy ijodi va faoliyatining yangi qirralarini ochib, oʻquvchilarda buyuk ajdodimizga bo'lgan qiziqishini yanada ortishiga xizmat qildi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I🌐 Veb-sayt | 🌐Instagram I 📹YouTube
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi
#Buyuklarni_yod_etib

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

O'zbek xalqi ma'naviy dunyosining shakllanshiga g'oyat kuchli va samarali ta'sir ko'rsatgan mutafakkir - Alisher Navoiydir.
9-fevral bobokalonimiz tavallud topganligining 583 yilligini munosib nishonlash maqsadida sinflar kesimida "Buyuk allomalar hayoti - ibrat namunasi" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soatlari tashkil etildi.
Mashg'ulot jarayonida o'quvchilar shoir hayoti va ijodiga oid ma'lumotlar, she'r va g'azallarni ijro etishdi, qiziqarli savol-javoblar o'tkazishdi. Navoiiy dostonlaridan parchalar sahnalashtirildi.

Buyuk mutaffakir haqidagi hujjatli film namoyish etildi.

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi

🗺 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
    Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

7 - "A" sinfda tashkil etilgan ma'naviyat va ma'rifat soati g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlandi.

📕O'quvchilarga sinf rahbari X. Sotvoldiyeva tomonidan buyuk shoir, atoqli jamoat arbobi, ulug' shaxs Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida keng ma'lumot berildi.

📗O'quvchilar Alisher Navoiyning  g'azal va ruboiylaridan yod  o'qib, shoir ijodi naqadar teran va mushohadaga undovchi ekanligini angladilar.

📚 Navoiy va Guli siymosi o'quvchilar ijrosida talqin etildi.   Ulug' mutafakkir ijodini o'rganish va targ'ib etish har birimizning burchimizdir. Bugungi ma'naviyat va ma'rifat soati ana shu yo'ldagi kichkina bir qadamdir.


🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

https://t.iss.one/hxudoyberdiyeva I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I