Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
663 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Yosh_ijodkor
#Hikoya
JARIMA

…Avval hushtak ovozini eshitdi, keyin o‘zi tarafga qizil tayog‘ini o‘qtalgancha yugurayotgan DAN xodimiga ko‘zi tushdi. “Ufff”, – dedi u rulni kafti bilan asabiy urarkan. “Axir hech kim yo‘q edi-ku, endi aniq ishga kech qolaman”.
–Kapitan Ulug‘bekov, – chest bergancha dedi o‘rta yoshli, qorachadan kelgan va formasi o‘ziga xiyla torroq patrul xodimi. –Iltimos, hujjatlaringizni ko‘rsating.
U yana o‘sha asabiy holatda mashina tortmasidan hujjatlarni olib ko‘rsatarkan, qancha puli borligini xayolida chamalab oldi.
–Qizil chiroqda o‘tib ketdingiz. Menimcha, bu birinchisi emas-a? – dedi u hujjatlarni qaytarib berarkan quv ko‘zlari bilan.
–Kamandir, – dedi u yig‘lagandan battar holatda kularkan. –Bir safar kechirsa bo‘lar…
–O‘tgan safar ogohlantirgandim sizni, – dedi Ulug‘bekov. –Jarima yozaman, boshqa iloji yo‘q. Menga gap tegadi.
–Men o‘tayotgan payti zebrada hech kim yo‘q edi, – o‘zini oqlashga tushdi. –O‘lib ketay agar, hech kim yo‘q edi. Ishga kech qolmay deb, o‘tib ketgandim.
–Uzr, uka. Yozmasam, bo‘lmaydi. Tushuning men ham ishdagi odamman. So‘z bilan hal bo‘lmasligini tushungan haydovchi mashinadan tushdi va cho‘ntagidagi bor pulini (biroz achinish bilan) xodimning cho‘ntagiga soldi.
–Aka, bir safar yozmay tursangiz, rozi qilardik, – dedi qo‘lini ko‘ksida qovushtirgancha tirjayarkan.
–Yo‘q, yo‘q, unaqa qilmang. Ishdagi odamman, uka, – cho‘ntagini kovlay boshladi xodim.
–Ob qo‘yavering, akajonim. Bilamiz, sizlargayam osonmas. Issiqni issiq, sovuqni sovuq demay turasizlar.
Xodim noiloj ruchka va qog‘ozni ich cho‘ntagiga soldi. Haydovchi esa yana qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha u bilan quyuq xayrlashdi. Ishlariga omad tiladi.
…Mashina tezlik bilan ko‘zdan tobora uzoqroqqa ketarkan, Ulug‘bekovning ichini it tirnardi. “Esiz, bekor oldimda. Axir halol ishlayman deb, qasam ichgandim… Lekin… Oylik tushishiga yana bir hafta bor, uyda yog‘, un yo‘q. Qizimning kontrakti turibdi hali. Kreditimiz ham bor. Amal-taqal qilib, shu haftani o‘tkazvolsak… Oylik oshadi degan gaplar yuribdi. Oshirishmasayam, mayli. Non qimmatlashib ketadi…” Patrul xodimi shu o‘ylar bilan trotuar bo‘ylab yura boshladi. “Hozir buni olmasam, uydagilar och qolardi. Xudoyim, bandangni o‘zing kechir…”
Mashinadagi odam idora eshigidan kirishi bilan kotiba so‘z qotdi:
–Ish so‘rab kelishibdi, Tohir Akmalovich.
–O‘zingiz bilasiz-ku, bo‘sh ish o‘rni yo‘qligini, – baqirdi u.
Kotiba unga yaqinroq kelib qulog‘iga bir nimalarni shipshidi. U esa boshini asabiy chayqab, xonasiga kirib ketdi. Birozdan keyin xonaga yoshi yigirma-yigirma uchlar atrofidagi yigit qo‘lida hujjat bilan kirib keldi. U bilan qo‘sh qo‘llab ko‘risharkan dedi:
–Bo‘limingizda bo‘sh o‘rin bor ekan. Ma’lumotim oliy. Agar ishga olsangiz, jon-jahdim bilan…
–Siz yanglish eshitgan ko‘rinasiz, uka, – dedi u iloji boricha muloyimlik bilan. –Bizda o‘rinlar to‘la. Kechirasiz. Bo‘shab qolsa sizga, albatta, xabar beramiz.
–Uzr, – yigit nim tabassum bilan stol ustiga oq konvert qo‘yarkan. –Akajonim, qiyin payti turib beradiganlardanmiz. Ishga olsangiz, afsuslanmaysiz…
Yigit hamon jilmayib turar, u esa o‘g‘lining kontrakt to‘lovi, bir dunyo to‘lanmagan kreditlari va yaqinda qizini uzatishi kerak ekanligini o‘ylardi…

Subhidam Abdulhamidova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 10-sinf o‘quvchisi


Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
ТАФАККУР № 19.pdf
4.2 MB
#Yosh_ijodkor
#Maqola
#Hikoya

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝Ijod maktabi “YOSH IJODKORLAR” to‘garagi a’zosi Gulzoda UMMATOVAning "MEHNATSEVAR MUALLIMA" nomli maqolasi va Dilnoza JABBOROVAning "ILINJ" nomli hikoyasi “TAFAKKUR VA DUNYO” gazetasining 2024-yil 19-sonida nashr etildi.

🍀Muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Yosh_ijodkor
#Hikoya

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝  Ijod maktabi o'quvchisi, "Yosh ijodkorlar" to'garagi a'zosi Subhidam Abdulhamidovaning "JARIMA" nomli hikoyasi “TAFAKKUR VA DUNYO” gazetasining (2024-yil 5-dekabr) 23-sonida nashr etildi. 

🍀Muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐Veb-sayt
ТАФАККУР-23.pdf
4.1 MB
#Tarjima
#Hikoya

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝  Qardosh ozar shoiri Namiq Delidag‘lining turkum she’rlari ijod maktabi o'qituvchisi Husniddin Hayit tarjimasida va "Yosh ijodkorlar" to'garagi a'zosi Subhidam Abdulhamidovaning "JARIMA" nomli hikoyasi "TAFAKKUR VA DUNYO” gazetasining (2024-yil 5-dekabr) 23-sonida nashr qilindi. Gazetaning pdfi tahririyat tomonidan taqdim etildi.

🍀Muvaffaqiyat bilan tabriklab qolamiz!

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook 🌐Veb-sayt