Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
667 subscribers
10.9K photos
1.69K videos
137 files
2.83K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#xalqaro_tinchlik_kuni
#tinchlikka_shukronalik_yarashadi

🏛Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

"Tinchlikka shukronalik yarashadi"- deydi bobolarimiz. Darhaqiqat, bugungi tinch-osoyishta hayotimiz uchun katta-yu kichik shukrona aytmog‘i kerak.

Tinch, osuda osmon ostida o‘qib, bilim olayotgan farzandlar qalbida ham ana shu tinch hayotimiz qadriga yetmoqlik tuyg‘ulari bor.

Bugun 21-sentabr "Xalqaro tinchlik kuni" munosabati bilan 8-"A" sinf o'quvchilari tinchlik ramzi bo‘lgan kabutarni yasashdi.

Tinchlik, vatanparvarlik, yurtga sadoqat mavzusidagi o‘z she‘rlaridan o‘qib, ba'zi davlatlarda kechayotgan notinchliklardan jabr chekayotgan yosh bolalar taqdiri haqida ham suhbatlashishdi.

Tarbiyachi-pedagog N.Normurodova tomonidan tashkil etilgan bu suhbatdan o‘quvchilar yurtimiz tinchligini ko‘z qorachig'idek asrash
lozimligini anglab olishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇

Telegram I Instagram I Veb-sayt YouTube I Instagram