Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
669 subscribers
11K photos
1.7K videos
137 files
2.85K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Yangi_spektakl
#TAQDIMOT
Joriy yilning 17- dekabr kuni
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida davlat buyurtmasiga asosan O‘zbekiston Xalq shoirasi H.Xudoyberdiyevaning hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi, teatr bosh rejissyori Nigora G‘oyibnazarova tomonidan  sahnalashtirilgan “HALIMA” (A.Yo‘ldoshevning "Yuragida yo‘lbars yotgan ayol" asari asosida) spektaklining O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi badiiy kengashiga taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 
Spektaklda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 9-8-sinfning iqtidorli o'quvchilari Zulhayo Mingboyeva, Dilnoza Eshqulova, Xonzoda Sattarova, Lola Asqaraliyeva, Zinnura Ortiqaliyeva, Mushtariy Muhammadjonova, Shaxruza Rustamjonovalar o'ziga xos obraz yaratdi.
Mutaxassislar tomonidan spektakl yuqori baholandi . Berilgan tavsiyalar asosida tomoshabinlarga namoyish etishga ruxsat etildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube