Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
666 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Mahorat_darsi

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

🏝Joriy yilning 16-fevral kuni Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mazkur mashg‘ulot O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi – taniqli shoir Rustam Mirvohid tomonidan o‘tildi. Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan mahorat darsida bilim maskanining ijodkor o‘quvchilariga she'r o‘qish san'ati va adabiy til haqida tushunchalar berildi. Taniqli shoir tomonidan o‘qib berilgan she'rlardan ilhomlanib, ijodkor o‘quvchilar ham o‘z ijod namunalaridan o‘qib berishdi. Rustam Mirvohid tomonidan maktab kutubxonasi hamda eng yaxshi she'r o‘qigan o‘quvchilarga kitoblar sovg‘a qilindi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Mahorat_darsi

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Joriy yilning 6-mart kuni ijod maktabining 7-sinf o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi a'zosi, adabiyotshunos olim Baxodir Karimov ishtirokida onlayn tarzda mahorat darsi tashkil etildi.
Darsda dastlab adabiy turlar va hikoya tushunchasi haqida gaplashildi.
Bundan tashqari o‘zbek hikoyachiligi asoschilari Cho‘lpon, A.Qodiriy, 60-yillar vakillari Shukur Xolmirzayev, Said Ahmad, Erkin A'zam, Xayriddin Sulton kabi adiblarning ijodi bilan tanishdilar.
Dars so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Mahorat_darsi
#Tashrif
#Problems_of_terminology

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️Bugun ijod maktabimizga O'zbekiston jahon tillari universiteti ingliz tili tarjima nazariyasi kafedra mudiri Abduganiyeva Jamila Rustamovna, professor o'qituvchilari Kenjayeva Adolat Asrorovna, Alimova Kamola Tursunovnalar tashrif buyurib, "Problems of terminology" mavzusida o'quvchilarga mahorat darsi tashkil etdilar.

💫Mashg'ulot davomida o'quvchilar bilan atroflicha suhbat o'tkazilib, o'zaro fikr almashildi va o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mahorat_darsi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⚡️Bugun ijod maktabimiz o'quvchilari uchun "Yozuvchining badiiy mahorati" mavzusida navbatdagi mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Mahorat darsida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Norinsa Qosimova va O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Ozoda Abdullayeva ishtirok etdilar.
🔼Badiiy asar qahramonlarini yaratish hamda uni sahnada ijro etish haqida olib borilgan qizg‘in suhbatda o‘quvchilar juda faol ishtirok etdilar. Dars davomida Ozoda Abdullayeva tomonidan Maksim Karimovning "Insonlikka nomzod" asaridan parcha ijro etib berildi.
Yozuvchi va san'atkor ishtirokidagi ekskluziv mahorat darsi o‘quvchilarda juda katta taassurot qoldirdi.

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Mahorat_darsi

🔰Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Joriy yilning 4-aprel kuni Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilariga adabiyotshunos olim, publitsist, filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Zuhriddin Isomiddinov ishtirokida "Badiiy asar g‘oyasi" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi. Onlayn tarzda tashkil etilgan darsda badiiy asar g‘oyasi, shuningdek, she'riyat haqida fikr almashilindi.
A.Qodiriyning "O‘tkan kunlar", "Mehrobdan chayon" asarlari g‘oyasi haqida ma'lumot berildi.
🔼XX asr o‘zbek adabiyotining eng yirik namoyondalaridan bo‘lgan Said Ahmadning "Ufq" asari hamda O‘tkir Hoshimov va Abdulla Qahhor asarlari haqida tushunchalar berildi.
Dars davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb_sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Mahorat_darsi
#Kitobn_taqdimoti

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📙📙📙 Bugun ijod maktabida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida GulDU o‘qituvchisi, filologiya fanlari doktori, dotsent Ixtiyor Ermatov tilshunoslikning onomastika sohasiga doir fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Shuningdek, mashg'ulot davomida olimning yaqinda nashr etilgan "SIRDARYO VILOYATI TOPONIMLARINING IZOHLI LUG'ATI" kitobi haqida, uning yaratilish ehtiyoji, monografiyaning mazmun-mohiyati borasidagi ma’lumotlar berildi. Yakunda o'quvchilar qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan javob olishdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Mahorat_darsi
#Kitob_taqdimoti

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📙📙📙 Bugun ijod maktabida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida GulDU o‘qituvchisi Ma’ruf Qambarov “XX asr 30-yillari nasriy asarlarining tili xususida” mavzusidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Shuningdek, mashg'ulot davomida o‘quvchilarga tarixiy so‘zlarning badiiy asardagi o‘rni, tarixiy asarlar yaratishdagi ahamiyatiga oid ma’lumotlar berildi. Mashg‘ulot so‘ngida ijodkor pedagog "AZIZLARIM..." kitobi haqida, uning yaratilish ehtiyoji borasidagi fikr-mulohazlari bilan yakunladi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#mahorat_darsi

🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📝Bugungi mahorat darsimiz mehmoni O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, "Adabiyot va zamon" gazetasining bosh muharriri, iste’dodli shoir Alisher Nur bo'ldi.

🟡Shoir Alisher Nur bugungi darsda o'quvchilarga "Badiiy asar asosida taassurot yozish" mavzusida mahorat saboqlarini berdi. Asar asosida taassurot yozish uchun avvalo nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida tushunchalar berdi.
🟡Birinchidan, asarni yaxshilab o'qib chiqish;
🟡Ikkinchidan; yozuvchi g'oyasini anglash
🟡Uchinchidan; boshqa shu taassurot yozmoqchi bo'lgan asarlarga o'xshash asarlar bilan tanishib chiqish muhim ahamiyatga egaligini uqtirib o'tdi.

🔺Ayniqsa, ko'plab badiiy asarlar o'qish o'quvchi dunyoqarashini kengaytirish uchun xizmat qilishini ta'kidladi. Alisher Nur tomonidan o'tkazilgan mahorat darslari o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

🔔Bizi kuzatishda davom eting👇

Telegram I 📱Facebook I 📱Veb-sayt I 📱Instagram I 📱YouTube
#mahorat_darsi

🏨 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

⭐️Sheʼriyat uchun voqea va tafsilotlar tasviri emas, balki inson ruhiyati ifodasi muhimdir.
📜 Ijod maktabida "O'zbek she'riyatida ramziy obrazlarning qo'llanilishi"mavzusiga bag'ishlangan, o'quv yilinig dastlabki mahorat darsi tashkil qilindi. Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari Norinisa Qosimova mehmon sifatida taklif etildi. O'quvchilar bilan o'tkazilgan davra suhbati davomida: obraz va uni she'riyatda qo'llash mahorati, obrazni jonlantirish, ifodalash borasidagi fikr mulohazlarini bildirdi.

👨‍💻 Mahorat darsida ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Husniddin Hayit, o'quvchilarga ustoz shoir To'ra Sulaymon ijodidagi  ramziy obrazlardan misollar keltirdi.
Ijodkor o'quvchilar ham o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube
#mahorat_darsi

🏨Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida
🏛Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-147-sonli qaroriga asosan
🏢Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining,  professor o'qituvchilari:Nodirov Farxod hamda Saodat Qambarova ishtirokida ijod maktabining 10-sinf o'quvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan mahorat darsi tashkil etildi.
📜Mahorat darsi davomida o'quvchilar Gomer qalamiga mansub yunon epik dostoni "Odisseya" haqida ko'plab qiziqarli ma'lumotga ega bo'lishdi.
👨‍💼Dars yakunida o'quvchilar ushbu doston  va undan olgan taasurotlari haqida so'zladi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Mahorat_darsi

🏨Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir, jurnalist Zohidjon Olov bilan birgalikda "She'riyatda shaklning o'ziga xosligi" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Dars davomida she'riyat shakllari va ularni shoir o'z she'rlarida qo'llashi haqida so'z yuritdi. Shoir busiz she'rni yaratib bo'lmasligi, har bir shoir bilishi kerak bo'lgan muhim she'riy shakllarni sanab o'tdi.
Shoir dars so'ngida o'zining "Bir kunda bir soat kitob o'qinglar" nomli she'rini o'qib berdi. Bundan ilhomlangan o'quvchilar ham o'z ijodidan she'rlar o'qishdi.
Faol qatnashgan o'quvchilarga shoir she'riy kitobidan estalik sifatida sovg'a qildi.


🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube
🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#Mahorat_darsi

🏨Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida "Jadid" gazetasining bosh muharrir o'rinbosari, shoir, tarjimon Humoyun Akbarov bilan birgalikda "She'riyat nazaryasi" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

Dars davomida she'rning tuzulishi, uning yaratilishi, janri haqida so'z yuritildi.

Shoir o'zining rus va nemis tillaridagi tarjima asarlari va undagi she'riy san'atlar haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni keltirib o'tdi.

Shoir dars so'ngida o'quvchilarga o'z ijodidan she'r o'qib berdi. Bundan ilhomlangan o'quvchilar ham o'zlari yozgan she'rlarini o'qishdi.

Faol qatnashgan o'quvchilarga, shoir o'z imzosi bilan she'riy kitoblaridan  estalik sifatida sovg'a qildi.


🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube
#mahorat_darsi_ijod_maktabi

🏨 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


📜 Ijod maktabida "Ssenariy va hikoya tuzish san'ati"mavzusiga bag'ishlangan,  mahorat darsi tashkil qilindi. Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Hasan Abduvohidov taklif etildi.

O'tkazilgan davra suhbati davomida: Ssenariy yozishning qonun qoidalari, undagi boshlovchilarning badihago'ylik mahorati , borasidagi fikr mulohazlar tinglandi.

Suhbat jarayonida o'quvchilar ko'plab qisqa hikoyalarni tahlil qilishdi.


👨‍💻 Mahorat darsi yakunida ijod maktabining o'quvchilari o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi hamda ajoyib she'rlar bilan yakunlashdi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutuben