Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
666 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#asar_va_kino_loyihasi

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📗Oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, ularning kitobga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida 7-sinf oʻquvchilari G.Gulom ijodi bilan yaqindan tanishdilar.

⚡️Tarbiyachi pedagog Nigora Esanova tomonidan oʻzbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ijodkor Gʻofur Gʻulomning boy ijodiy merosi haqida maʼlumotlar berildi. Oʻquvchilar tomonidan "Vaqt","Sogʻinish","Bilib qoʻyki seni Vatan kutadi" kabi sheʼrlari ifodali oʻqildi.

⚡️Shuningdek, oʻquvchilar barchaning qalbidan chuqur joy olgan "Shum bola" asari yuzasidan turli maʼlumotlarni keltirib oʻtishdi.

⚡️Yakunida esa oʻquvchilar "Shum bola" filmini maroq bilan tomosha qilishdi.


Tarbiyachi-pedagog:
Esanova Nigora

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Vatan_uchun_jon_fido_qilganlar
#Millatimiz_qahramonlari

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏫 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📔Oʻquvchilarni millatimiz ravnaqi, erki uchun kurashgan va bu yoʻlda jonini fido qilgan ajdodlari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "Millatimiz qahramonlari" nomli mashgʻulot tashkil etildi.

📖Mashgʻulotda jadidchilik harakati, jadidlarning asosiy g‘oyalari, maqsadlari:Turkistonni o‘rta asrlar qoloqligidan olib chiqish, xalqni ma’rifatli qilish, Turkistonda muxtoriyat hokimiyatini o‘rnatish, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy parlament, demokratik respublika tuzumini o‘rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish boʻlganligi taʼkidlandi, A. Qodiriy ,Choʻlpon, Fitrat kabi namoyondalar asarlari tahlil qilindi.

📗Oʻquvchilar millatparvar bobolari yodi doimo qalblarda yashashi, ularning qahramonliklaridan faxrlanishini taʼkidladilar.

➡️ Bizni kuzatishda davom eting

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda

Telegram|Facebook|Veb-sayt| Instagram|Youtube
#Teatr_ibratxona

⚜️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Ijod maktabining 9-10-sinf o‘quvchilari Sirdaryo viloyati Musiqali drama teatrining yangi 50-mavsumi ochilishiga bag‘ishlangan tadbirni tomosha qilishdi.

🎭Dastavval, Sirdaryo teatri tarixiga oid videorolik namoyish etildi.Bunda teatrning 50 yillik tarixi, ustoz aktyorlarning teatr rivojiga qo‘shgan hissasi  bilan tanishdilar.
Tomosha davomida "Arshin Mal alan", "Insonlikka nomzod", "Nodirabegim", "Inson o‘zing..." spektakllaridan va "Maysaraning ishi" musiqali komediyasidan parcha namoyish etildi.
O‘quvchilar "Yarim asr" nomli (teatrlashtirilgan musiqali kompozitsiya)dan katta taassurot bilan qaytishdi.

Tarbiyachi-pedagog:
Tuychiyeva Dildora , Abdullayeva Umida
Xolmatova Maxsuda
, Musurmonqulova Feruza,

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#psixologiya
#trening
#Halima_Xudoyberdiyeva_nomidagi_ijod_maktabi

8-sinf o’quvchilari bilan ochiq havoda trening mashg’uloti🌈

☀️Trening “Ruhiyatni sog’lomlashtirish” mavzuda o’tkazildi. O’quvchilarning energiyalari hamda o’qishga motivatsiyasini oshirish maqsadida turli xil o’yinlardan foydalanildi.

🌟Treningda noodatiy tanishuv mashqlari hamda harakatga undaydigan “Botqoqlik” o’yini, “Yashirin liderni top” o’yinlari o’tkazildi. Trening so’nggida esa barcha ishtirokchilar “Shirin tilak” aytish orqali bir-birlariga ijobiy emotsiya ulashishdi. Ishtirokchilarning kayfiyatlari a’lo darajada ko’tarildi.

⚡️Trening ijod maktabi psixologi Sevinch Ergasheva tomonidan olib borildi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTu