Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
666 subscribers
10.4K photos
1.65K videos
133 files
2.71K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#kino_vaqti

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” romani bolalarning eng sevimli asarlaridan sanaladi. Unda bolalikning sodda va samimiy, quvnoq va zavqli onlari ziyrak va teran nigoh, o‘ziga xos mahorat bilan ochib berilgan.

Shu bois mazkur asar dunyoning ko‘plab xalqlari tillariga tarjima etilib, o‘quvchilar mehrini qozongan.

Kitobning birinchi qismi asosida suratga olingan “Sehrli qalpoqcha” filmini ijod maktabining 7-"A"sinf oʻquvchilari, tinib-tinchimas, sho‘xligidan hatto qo‘shnilar ham bezor bo‘lgan Hoshimjonning sarguzashtlarini koʻtarinki kayfiyatda tomosha qilishdi.

Tarbiyachi-pedagog:
Abduraxmanova Irodaxon


🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇
Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#ijod_maktabida_kitob_taqdimoti

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏨 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

↪️ Kitob —bilimlar targʻiboti va tarbiya quroli, badiiy, ilmiy asar, ijtimoiy adabiyot, insoniyatni nafosatga chorlovchi yo'lboshchidir.

📢 Ijod maktabida o'tkazilgan "Xayol mavjlari" kitobi taqdimoti o'quvchilar va ularning ota-onalari uchun ajoyib tuhfa bo'ldi.

📖 Ushbu kitobda 62 nafar yosh ijodkorlarning nazm, nasr va publisistika yo'nalishidagi ijodiy ishlari jamlangan bo'lib, ijod maktabi kutubxonasi yana bir xazina bilan boyitildi.

Bunday kitob taqdimotlari maktabda ta'lim olayotgan yosh ijodkorlarni ilhomlantiradi.

✨️ Tadbir davomida so'zga chiqqan ota-onalar maktab jamoasiga tashakkurlarini bildirib, farzandlariga berilayotgan imkoniyatlardan mamnunligini ta'kidladilar.

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram IYoutube
#psixologiya
#trening
#Halima_Xudoyberdiyeva_nomidagi_ijod_maktabi

8-sinf o’quvchilari bilan do’stona muhitni yaratish uchun trening mashg’uloti🌈

☀️Treningdan maqsad jamoani ahillashtirish, jamoadagi samimiy muhitni oshirish.

🌟Treningimiz yuqori kayfiyatda o’tkazildi. Garchi kunning oxirida o’tkazilgan bo’lsada, o’quvchilarning energiyasiga ta’sir qilmadi.

⚡️Trening ijod maktabi psixologi Sevinch Ergasheva tomonidan olib borildi.

Bizni kuzatishda davom eting:
📱Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
#asar_va_kino_loyihasi

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📗Oʻquvchilar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, ularning kitobga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida 7-sinf oʻquvchilari G.Gulom ijodi bilan yaqindan tanishdilar.

⚡️Tarbiyachi pedagog Nigora Esanova tomonidan oʻzbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ijodkor Gʻofur Gʻulomning boy ijodiy merosi haqida maʼlumotlar berildi. Oʻquvchilar tomonidan "Vaqt","Sogʻinish","Bilib qoʻyki seni Vatan kutadi" kabi sheʼrlari ifodali oʻqildi.

⚡️Shuningdek, oʻquvchilar barchaning qalbidan chuqur joy olgan "Shum bola" asari yuzasidan turli maʼlumotlarni keltirib oʻtishdi.

⚡️Yakunida esa oʻquvchilar "Shum bola" filmini maroq bilan tomosha qilishdi.


Tarbiyachi-pedagog:
Esanova Nigora

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube