#Avgust_ilhomlari
SAMOLYOT...
Burgutlarga o‘rtoqday bo‘lib,
Osmon bag‘rin sayr etasan.
Yuksaklarda quvchonchga to‘lib,
Manzil tomon uchib ketasan.
Qanotlaring yozgancha har yon,
Go‘yo samo quchog‘in quchar.
Ko‘zim senga tushgani zamon
Orzularim sening-la uchar.
Ulkan togʻ-u toshlarni oshib,
Choʻqqilarni magʻlub qilasan.
Va parvozda viqor-la toshib,
Shijoatni dilga ilasan.
Nasib etsa, ko‘k uzra uchib,
Maqsadlarga bir-bir yetaman.
Va she’riyat osmonin quchib,
Men ham senday parvoz etaman...
Marjona Ilhomjonova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi
✅Telegram I ✅Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
SAMOLYOT...
Burgutlarga o‘rtoqday bo‘lib,
Osmon bag‘rin sayr etasan.
Yuksaklarda quvchonchga to‘lib,
Manzil tomon uchib ketasan.
Qanotlaring yozgancha har yon,
Go‘yo samo quchog‘in quchar.
Ko‘zim senga tushgani zamon
Orzularim sening-la uchar.
Ulkan togʻ-u toshlarni oshib,
Choʻqqilarni magʻlub qilasan.
Va parvozda viqor-la toshib,
Shijoatni dilga ilasan.
Nasib etsa, ko‘k uzra uchib,
Maqsadlarga bir-bir yetaman.
Va she’riyat osmonin quchib,
Men ham senday parvoz etaman...
Marjona Ilhomjonova,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabi 8-sinf o‘quvchisi
✅Telegram I ✅Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I