Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
667 subscribers
10.9K photos
1.69K videos
137 files
2.83K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Navoiy_582_yilligi
#namunali_ochiq_dars

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫 Ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi O'g'ilnor Ruziyeva 7-"B" sinf o'quvchilari bilan "Istadim sayr aylamakni men g'azal bo'stonida" mavzusida namunali dars tashkil qildi.

📚Mashg'ulot davomida "Xotira mashqi", "Mumtoz lug'atlar arxivi", "To'g'ri yo noto'g'ri" kabi metodlardan foydalandi.

📝 Navoiyning "Jong'a chun dermen" hamda o'nlab ijodkorlar nazira yozgan "Yor ollida" radifli g'azallari tahlil qilindi. O'quvchilar she'r san'atlari bo'yicha olgan bilimlarini mustahkamlashdi, qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lishdi.

Kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan ustozlar darsning tashkiliy va ilmiy nuqtayi nazardan yutuqlarini e'tirof etishdi.

🔰Bizni kuzatishda davom eting!

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#navoiy_iftixorim
#Navoiyni_har_kim_har_kuni_o‘qishi_kerak

💥She'riyat mulkining sultoni
Hazrat Mir Alisher Navoiyning
582 yilligi munosabati bilan

🏢Halima Xudoyberdiyeva
nomidagi ijod maktabi oquvchilari
Naimjonova Sitora hamda
Mingboyeva Zulhayo tomonidan ijro etilgan "laling ayo" va "Kelgay" g
azali.

🖥 Bizni kuzatishda davom eting!  

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#navoiy_iftixorim
#Navoiyni_har_kim_har_kuni_o‘qishi_kerak

💥She'riyat mulkining sultoni
Hazrat Mir Alisher Navoiyning
582 yilligi munosabati bilan

🏢Halima Xudoyberdiyeva
nomidagi ijod maktabi oquvchilari
Naimjonova Sitora hamda
Mingboyeva Zulhayo tomonidan ijro etilgan "laling ayo" va "Kelgay" g
azali.

🖥 Bizni kuzatishda davom eting!  

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
Forwarded from Umida Sultan
#Navoiy_asarlarini_õrganamiz
#Navoiy_582_yilligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

💫💫💫Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Umida Sultonova bugun - 9-fevral sanasida 10-"b" sinf o'quvchilari bilan "Navoiy asarlarini o'rganamiz" mavzusida ochiq dars tashkil qildi.

☀️☀️☀️Mashg'ulot davomida "Xotira mashqi", "Davomi menda" kabi metodlardan foydalanildi. Navoiyning "Sab'ai Sayyor", "Hayrat ul-abror" dostonlari, "Muhokamat ul lug'atayn", "Arbain" asarlari tahlil qilindi.

🎗🎗🎗Ushbu darsga kuzatuvchi sifatida tashrif buyurgan ustozlar darsning tashkiliy va ilmiy nuqtayi nazardan yutuqlarini  e'tirof etishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇🏻

Telegram I Facebook I Veb-sayt I Instagram I YouTube
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi
#Zakovat

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🌐Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Bugun ijod maktabi o'quvchilari oʻrtasida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan "Zakovat" intellektual oʻyini tashkil etildi.
📚Avvalo, o'quvchilarga zullisonayn shoirning boy ma'naviy merosi va hozirgi kunda olib borilayotgan tadqiqotlar haqida umumiy maʼlumotlar berildi.
⚡️Soʻng buyuk mutafakkir ijodi yuzasidan "Zakovat" oʻyini uchun tayyorlangan 13 ta savollar 8-"A" sinfning "Tavhid", 9-"A" sinfning "Tafakkur", 10-"A" sinf oʻquvchilaridan shakllangan "Iqtidor" guruhlari oʻrtasida oʻynaldi. Bilimdonlik va chaqqonlik koʼrsatgan 9-"B" sinfning "Tafakkur" jamoasi intellektual oʻyin gʻolibi boʻldi.
⚡️Tayyorlangan loyiha Navoiy ijodi va faoliyatining yangi qirralarini ochib, oʻquvchilarda buyuk ajdodimizga bo'lgan qiziqishini yanada ortishiga xizmat qildi.

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I🌐 Veb-sayt | 🌐Instagram I 📹YouTube
#OAV_biz_haqimizda
#Navoiy_navolarda

📺"Diyor Yangiliklari"

🎥 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida
Alisher
Navoiy tavalludiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

🗺Guliston shahar
💿LAVHA (07.02.2024)
📡Sirdaryo telekanali👇🏼
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFhJY3ZQcM-JpbSCRg

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Navoiy_navolarda

📺"Diyor Yangiliklari"

🎥 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida
Alisher
Navoiy tavalludiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

🗺Guliston shahar
💿LAVHA (07.02.2024)
📡Sirdaryo telekanali👇🏼
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFhJY3ZQcM-JpbSCRg

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi
#Buyuklarni_yod_etib

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

O'zbek xalqi ma'naviy dunyosining shakllanshiga g'oyat kuchli va samarali ta'sir ko'rsatgan mutafakkir - Alisher Navoiydir.
9-fevral bobokalonimiz tavallud topganligining 583 yilligini munosib nishonlash maqsadida sinflar kesimida "Buyuk allomalar hayoti - ibrat namunasi" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat soatlari tashkil etildi.
Mashg'ulot jarayonida o'quvchilar shoir hayoti va ijodiga oid ma'lumotlar, she'r va g'azallarni ijro etishdi, qiziqarli savol-javoblar o'tkazishdi. Navoiiy dostonlaridan parchalar sahnalashtirildi.

Buyuk mutaffakir haqidagi hujjatli film namoyish etildi.

🟢Bizni kuzatishda davom eting!   

➡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi

🗺 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
    Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

7 - "A" sinfda tashkil etilgan ma'naviyat va ma'rifat soati g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag'ishlandi.

📕O'quvchilarga sinf rahbari X. Sotvoldiyeva tomonidan buyuk shoir, atoqli jamoat arbobi, ulug' shaxs Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida keng ma'lumot berildi.

📗O'quvchilar Alisher Navoiyning  g'azal va ruboiylaridan yod  o'qib, shoir ijodi naqadar teran va mushohadaga undovchi ekanligini angladilar.

📚 Navoiy va Guli siymosi o'quvchilar ijrosida talqin etildi.   Ulug' mutafakkir ijodini o'rganish va targ'ib etish har birimizning burchimizdir. Bugungi ma'naviyat va ma'rifat soati ana shu yo'ldagi kichkina bir qadamdir.


🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

https://t.iss.one/hxudoyberdiyeva I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Navoiy_navolarda

🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📚 Ijod maktabi "Jurnalistika" to‘garagi rahbari Ahmadali Shernazarovning ijod maktabida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbir haqida "O‘quvchilar Navoiy g‘azallarini tadbil qilishni ham o‘rganishyapti" nomli maqolasi “Xalq so‘zi” gazetasining 2023-yil 10-fevral 31 (8654) sonida chop etildi. 


🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube
#Yangi_Oʻzbekiston_manzaralari
#Navoiy

🏢 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏫Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

Yoshlarni keyingi yillardagi bunyodkorlik ishlari bilan
yaqindan tanishtirib borish,ular qalbida oʻz yurtidan faxrlanish, yurt rivojiga dahldorlik tuygʻularini mustahkamlash maqsadida 11-sinf oʻquvchilari bilan "Yangi Oʻzbekiston manzaralari" mashgʻuloti tashkil etildi.
⚡️Mashgʻulot Navoiy viloyatidagi bunyodkorlik ishlariga bagʻishlandi.
⚡️1982-yil 20-aprelda Buxoro va Samarqand viloyatlari hududlaridan tashkil etilgan bu viloyatda joriy yilda 1trln.72 mlrd. so’mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilganligi, 5007 ta xonadonga ega78 ta ko’p qavatli uylar foydalanishga topshirilgani, “Yangi O’zbekiston” massivida 400 xonadonli 18ta ko’p qavatli uy-joylar qurilgani ham aytib oʻtildi.

⚡️Yakunda oʻquvchilar viloyatdagi bunyodkorlik ishlarini aks ettiruvchi qisqa rolik tomosha qilishdi.

⚡️Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

🟢TelegramFacebook🌐Web-sayt🌐Instagram📹YouTube
#Navoiy_ijodiga_oshiqmiz
#Navoiy_tavalludining_584_yilligi
🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
💫Bugungi Ma'naviyat va ma'rifat soati darsi o'zgacha taraddud, o'zgacha metod asosida o'tdi.
📝 So'z mulkining sultoni deya ta'riflanuvchi Navoiy tavalludining 584 yillik sanasi 11-"B" sinfida sahna darsi tarzida tashkil etildi.
☀️11-"B" sinfining o'quvchilari Oybekning "Navoiy" romanidan parcha sahnalashtirdilar. Navoiy to'g'risida rivoyatlar so'zladilar.
🏵 Sinf o'quvchilari ikki guruhga bo'linib, Ulug' ustoz g'azallari va ruboiylari asosida bahru bayt tashkil etishdi.
🎗 Sahna ko'rinishida Navoiyning Astrabodda hokimlik qilgan faoliyati o'quvchilar tomonidan mohirona ijro etildi.


🔰Bizni kuzatishda davom eting!   

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

https://t.iss.one/hxudoyberdiyeva I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Navoiy_tavalludining_584_yilligi
#Xazoyin_ul_maoniy

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Ijod maktabining 11-"B" sinf oʻquvchilari ishtirokida Navoiy tavalludining 584 yilligiga bagʻishlab ulugʻ allomaning "Xazoyin ul-maoniy" asari yuzasidan mashgʻulot boʻlib oʻtdi.

📗Ushbu asar oʻz davridagi maʼnaviy hayotning oʻziga xos qomusi boʻlib,shoir sheʼrlarida hayotni,insonni,uning olijanob tuygʻu va intilishlarini ulugʻlagan.

⚡️Tarbiyachi-pedagog tomonidan Navoiy sheʼriyatida badiiy sanʼatlarning qoʻllanilishi toʻgʻrisida ham maʼlumotlar keltirildi.
⚡️Mashgʻulot davomida oʻquvchilar devonda keltirilgan gʻazallar va tuyuqlarni tahlil qilishib sheʼriy sanʼatlarni topishdi.
Tariximizda oʻchmas iz qoldirgan,turkiy adabiyotning soʻnmas mashʼalasi Alisher Navoiy ijodini oʻrganish,uni targʻib qilish barchamiz uchun buyuk sharafdir.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda 👇
🌐Telegram I🌐 Instagram I Veb-sayt I YouTube I Facebook
#Navoiy_tavalludining_584_yilligi
#Viktorina

🏢Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi

🏛Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi.

Soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiydan buyuk meros boqiy qoldi. Xoʻsh, mutafakkirning asarlari nechta va qanaqa janrlarda ijod qilgan?
Ijod maktabining 11-sinf oʻquvchilari bilan A.Navoiy tavalludiga bagʻishlab "Navoiy asarlarini bilamizmi?"shiori ostida viktorina tashkil etildi.
Viktorina shartlari II qismdan iborat boʻlib, ishtirok etayotgan "Tavhid" va "Qaqnus" jamoalari I qismida buyuk arbobning asarlari, ularda nechta soʻz ishlatgani,qanaqa janrlarda ijod qilgani, asarlarining bosh gʻoyasi kabi savollarga javob berishdi.
II qismda berilgan gʻazal va tuyuqlarni tadbil qilishib, shʼeriy sanʼatlarni topishdi.
Musobaqada oʻquvchilar Hazratning 31janrda naq 4 ming 585 ta asar bitgani boʻyicha bilimlarini mustahkamlashdi.Bunday yuksak miqyos jahon sohibi qalamlaridan kamdan-kamigagina nasib etishi haqida fikr almashdilar.

🟢TelegramFacebook🌐Web-sayt🌐Instagram
#Navoiy_tavalludining_584_yilligi
🗺Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

💫Halima Xudoyberdiyeva nomidagi Ijod maktabi 8-"B" sinfida buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi  Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag'ishlangan ma'naviyat-ma'rifat darsi tashkil etildi.
☀️ O'quvchi-yoshlar ongiga ularning bebaho ijodiy-ilmiy merosini chuqur singdirish maqsadida  "Buyuk mutafakkir saboqlari" mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o'tkazildi, g'azallaridan namunalar o'qildi.

🌎Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
💫
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

https://t.iss.one/hxudoyberdiyeva I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I
#Navoiy_dunyo_tan_olgan_mutafakkir

🗺 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

🏨 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📜 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabida gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "Navoiy- dunyo tan olgan mutafakkir" shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

📜 Tadbirni ijod maktabining direktori Pokiza Ahmedjanova ochib berdi.

🕯Bayram dasturini maktabning " She'riyat gulshani" toʻgaragi a'zolari Navoiy qalamiga mansub bahr-u bayt hamda g'azallari bilan boshlab berdi.

🎼 "Soʻz demay", "Savti suvora" kabi maftunkor raqslarni maktabning "Navbahor" raqs ansamblining qizlari ijro etdi. "Koʻcha bogʻi" qoʻshigʻi, maktab yigitlari ijrosidagi doira sadolari bayramga goʻzal yakun yasadi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram  I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram 📹YouTube I