Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
657 subscribers
10.5K photos
1.67K videos
134 files
2.73K links
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tadbirlar, ijodiy tanlovlar va e'lonlar!
Download Telegram
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

FARYOD

*Ko'rmay yashab ketganlar bor baxtiyor,
Bilmay yashab ketganlar bor baxtiyor*
Tillariga chok tushgan-u, qalbini
Tilmay yashab ketganlar bor baxtiyor.

Hayqirarlar: "Cho'lponning avlodiman,
Qonidagi isyonning avlodiman"
Tomiridan chirt uzilib, yana der:
"Boshim — osmon, osmonning avlodiman"

Barmoqlarni kishanlagan baxtmidi?
Bu dunyoda o'lik faqat ahdmidi?
Ro'yolarda buzib butun olamni,
Uyg'onganda uyqudagi shaxdmidi?

Tanglayimda tomir otganida so'z,
Dorlariga boshni sotganida so'z.
Bog'bonliging sira unutma, Turon,
Gulzoringda gullab yotganida so'z.

*Muhammad Yusuf satrlari

Zulhayo Mingboyeva
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi

🌟Bizni ijtimoiy tarmoqlarda👇🏻

Telegram | Instagram | Facebook
Websayt | You Tube
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

QUSHLAR HAM YIG‘LAR

Ayvon uchun ustun bo‘lay deb,
Terakzorni tark etdi terak.
Endi bizning bu ishimiz deb,
*Tunda qushlar yig‘lasa kerak*

Zir aylanib ona chumchuq ham
Bolalarin qidirar halak.
Ko‘kda parvoz qilib u har dam,
*Tunda u ham yig‘lasa kerak*

Yangi inni qurmoqlik uchun
Xas tashiydi tinimsiz beshak.
Yuragim ham bugun bir tugun,
*Tunda u ham yig‘lasa kerak*

*Muhammad Yusuf satrlari

Ruxshona Abdullajonova
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 9-sinf o‘quvchisi

🌟Bizni ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram | Instagram | Facebook Websayt | You Tube
#Tanlovga
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

YURAGIMGA...

*Bir kecha behosdan uyg'onib ketsam,
Yig'lab o'tiribdi yuragim yum-yum.
,,So'zla, tasalliga ko'milay" degan
Dardkashim boshida dardlar bir uyum.

Ne bo'ldi, qay xanjar nimta bag'ringni,
Tilka-tilka qilib otdi olovga.
Ayt, qaysi vijdondan judo bo'lgan zot
Seni hamroh qildi hijrondek yovga.

,,Charchadim tasalli bermoqqa hatto"
So'zlayman, so'zlarim chiqmas tilimga.
Men dardni ichimga ko'marman, ammo
Bu mushkul kul bo'lgan, xasta dilimga.

Bo'ldi, yig'lamagin, mavhum bir dardga
Chalinib, tunlarga dardisar yurak.
Seni g'arq aylagan ko'zyoshlar bir kun,
Meni ham butunlay cho'ktirsa kerak.

Tabassum degani yuzlarga oro,
Bizga-chi, istehzo bo'lar bu balkim.
Kel, tunlar yig'iga ko'milsin, kunlar
Istehzolar bilan o'tsin, yuragim!


*Muhammad Yusuf satrlari

✍️DILNOZA JABBOROVA
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇🏻

Telegram | Instagram | Facebook
Websayt | You Tube
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
#Mushoira

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Bugun ijod maktabining 9-sinf o‘quvchilari va Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchilari bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan mushoira o‘tkazildi.

Mushoira davomida o‘quvchilar shoirning qalamiga mansub eng mashhur va xalqchil she'rlar asosida bahr-u bayt uyushtirishdi.

Har ikkala maktab o‘quvchilari ham she'rlarni ifodali aytishdi.

🏆Mushoira so‘nggida ikkala jamoa ham teng qatnashib o‘rtoqlik g‘alaba qozondi va maktab ma'muriyati tomonidan esdalik sovg‘alar berildi.

Bunday hamkorlikdagi tadbirlar o‘quvchilarni yanada bir-biriga yaqinlashtiradi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt| 🌐Instagram I 📹YouTube
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

🏢Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi


Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlab ijod maktabining 11-"A"sinf oʻquvchilari bilan mashgʻulot tashkil etidi.

Mashgʻulot davomida oʻquvchilar tomonidan xalq dardini baralla aytgan ,yurt muhabbatini hech kimga oʻxshamagan misralarda taʼriflagan shoir ijodi toʻgʻrisida maʼlumotlar aytildi.

Shundan soʻng oʻquvchilar Muhammad Yusuf Oʻzbekiston xalq shoiri unvoni va Doʻstlik ordeni bilan mukofotlanganligi haqida ham bilib olishdi.

Oʻtkazilgan mashgʻulot oʻquvchilarda oʻzbek sheʼriyati rivojiga samarali hissa qoʻshgan shoirning ijodiga muhabbatini yanada oshirdi.

🔔Bizi kuzatishda davom eting👇

🟢 Telegram I Facebook I 🌐Veb-sayt I 🌐Instagram I 📹YouTube